Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xolandning oldida ikkita katta yo‘l qolgan. U qay birini tanlaydi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Erling Hollandning bo‘lajak transferi ayni dam Kilian Mbappenikidan ham qiziqroq tus olgan. Hozirda «PSJ» va «Real» fransuz uchun kurashayotgan bo‘lsa, norvegiyalik futbolchiga deyarli barcha top-klublar og‘iz solib ko‘rdi. Uning «Borussiya» bilan shartnomasi 2,5 yildan so‘ng tugaydi. Biroq Erling Dortmundda oxirigacha qo‘nim topishi juda qiyin.  talab juda yuqori. Quyida uning bo‘lajak manzili qayer bo‘lishi haqida qisqacha fikr yuritamiz.

«Barselona»

Kataloniyalikning Holand agenti bilan og‘zaki kelishuvi mavjud, lekin uni sotib olishga pul hozircha yetarli emas. Joan Laportaning shaxsan o‘zi Xolandni Kataloniyaga jalb qilmoqchi. Buni «Barselona»ning sobiq rahbarlaridan biri Luis Karrasko ham tasdiqladi: «Laporta Xolandni jamoamizda ko‘rmoqchi ekanini juda yaxshi bilaman. Qolaversa, Erlingning o‘zi ham YECHLni yutishi bo‘lgan jamoa tarkibida o‘ynashni maqsad qilganini rost», - deydi Karrasko.

Shuningdek, Laporta Erlingning agenti Mino Rayola bilan ham yaxshi munosabatlar o‘rnatgan. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning dekabrida ular norvegiyalikning «Barselona»ga o‘tishini muhokama qilishgan. O‘shanda matbuot hatto Rayolaning Laportaga Xolandni Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga va’da berganini yozishgan edi. Ammo bu jiddiy summa va yuqori urinishlarni talab qiladi.

Biroq bu yerdagi asosiy muammo aslida boshqa va kutilganidan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, La Liga rahbari Xaver Tebas bunga shubha bilan qaraydi. Xoland bilan shartnoma imzolash uchun «Barsa» mavjud bo‘lgan maosh fondini qisqartirishi kerak. «Biz hammamiz bu borada «Borussiya»ning qancha maosh so‘rayotganini juda yaxshi bilamiz. Bu holatda «Barsa» deyarli barcha kamomatlarni qoplashi kerak bo‘ladi va bu imkonsiz. Chunki men deyarli 500 million yevro haqida gapiryapman”, - deydi Tebas.
Shu jumladan, «Barsa» allaqachon klubga yangi homiy izlamoqda - ular Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirishni istamayapti (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu klubga yiliga 55 million yevro daromad olib kelmoqda va mutasaddilar tomonidan ancha kam deya baholandi). Jerar Romeroning aytishicha, endi klub uchun yanada kuchli va «baquvvat» kompaniyalarni topish vaqti kelgan.

«Real Madrid»

Madridliklarda vaziyat boshqacharoq. Klubda Xolandni sotib olish uchun yetarli pul bor, lekin jamoa unga ortiqcha to‘lamoqchi emas. Madridliklarning iqtidorli norvegiyalikning transferidan u qadar ham ko‘ngli to‘q emas. Marca nashrining xabar berishicha, «Real» Erlingning ehtimoliy transferiga nisbatan salbiy kayfiyatda. Jamoaning asl maqsadi esa Kilian Mbappe. Shunga qaramay, Xoland intervyularidan birida faoliyatini aynan «qirollik klubi»da davom ettirmoqchiligiga ishora qilgan.

Jurnalist Janluka Di Marsio hujumchining La Ligada o‘ynashni xohlayotgani haqida ko‘plab postlarni e’lon qildi. Mutaxassis uning ehtimoliy transferida «Real»ning ustunligini yuqori baholaydi. «Ayni dam Xolandni sotib olishga faqatgina «Real» yoki «Barselona»ning qurbi yetadi xolos. Hatto, u «Atletiko» yoki boshqa La Liga klubiga o‘tishni xayoliga ham keltirmagan. Balki shuning uchun ham u o‘z agentiga «Real»ga o‘tishini tashkillashtirishi borasida xabar bergandir.

Agar bu ish o‘xshamay qolsa, katta ehtimol bilan unga ikkinchi asosiy da’vogar «Barselona» bo‘lib qoladi. Shundan keyin esa «Chelsi», «Manchester Yunayted» va boshqalar bilan kurash olib borishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Xolandning o‘zi ham qachondir Ispaniyada o‘ynashini aytgan. U Marbelada o‘tkazgan Rojdestvo ta’tilida muxlislarga shuni ishora qilgan edi.

Hozirda «Real Madrid»ning moliyaviy ahvoli yaxshi. La Liga prezidenti Xavyer Tebas madridliklarda Xolandni ham, Mbappeni ham sotib olishga imkoniyat borligini aytdi. Ammo «Real» Mbappeni, «Barsa» esa Xolandni sotib olsa, ligaga avvalgi mavqe qaytishini ta’kidlagan.

«Borussiya» uni saqlab qola oladimi?

Bu yerda dortmundliklarning imkoniyatlari juda kichik. Erling ehtimol, 2022 yilning yozida Germaniyani tark etadi. Ammo forvard keyingi olti oyni albatta Dortmundda o‘tkazadi. «Xoland yanvarda hech qayoqqa ketmaydi. Variantlarning bo‘lishi ham mumkin emas. Yevropaning eng yaxshi hujumchisini qishki tanaffus vaqtida osongina sotib yuborishga kim ham rozi bo‘lardi? Mavsum oralig‘ida uni saqlab qolish albatta, qiyin. Lekin biz buni amalga oshirishga harakat qilamiz», - deydi klub bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske.

«Borussiya» jamoa yetakchisini  anchayin qoniqarli moliyaviy taklif bilan o‘zida ushlab qolishga harakat qilmoqda. Dekabr oyida Bild «Borussiya» uning maoshini ikki baravar oshirmoqchi (yiliga 8 million yevrodan 16 million yevrogacha) ekani haqida yozgan edi. Ammo La Liga yoki Premyer-ligada unga bundanda ko‘proq maosh to‘lanishi tayin. Voqealar rivojini esa birgalikda kuzatamiz.

Kiritildi: 01:09, 13.01.2022. O'qildi: 8012 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик