Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Manchester Yunayted”ning ba’zi futbolchilari rahbariyatdan norozi. Klubdan kimlar ketishi mumkin?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Manchester Yunayted” kiyinish xonasida butun mavsum nosog‘lom muhit hukmronlik qildi, ammo so‘nggi voqealar vaziyat kutilganidan ham yomonroq ekanligini ko‘rsatmoqda. Bosh murabbiy Ralf Rangnik jamoa ichidagi yomon muhit tufayli “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasiga yo‘llanmasini qo‘ldan chiqarishdan xavotirda ekanligini, shuningdek, ba’zi futbolchilar klubini tark etmoqchiligi haqida ma’lumot berdi. Qolaversa, Rangnik qo‘l ostida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilar mutaxassisning prinsiplaridan norozi.

Vaziyatga Krishtianu Ronaldu ham “olov qo‘yib” yubordi va u OAV orqali jamoadoshlarini tanqid qildi. Portugaliyalik mashg‘ulotdan so‘ng, yolg‘iz o‘zi qolishi va qolganlardan ko‘ra ko‘proq shug‘ullanishini aytgan. Biroq, KriRo jamoaning qolgan a’zolari shunday ish tutmayotganidan norozi. Klub vakillari “Manchester Yunayted” qishki transfer oynasida faol bo‘lmasligini aytishdi. Ralf Rangnik tarkibni mustahkamlash ortiqcha pul sarf qilmaydi. Biroq, munosib takliflar bo‘lgan taqdirda, “qizil iblislar” bir qancha sotuvlarni amalga oshirishii mumkin. Chunki, klub yozda tarkibni jiddiy ravishda kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri qishki transfer oynasida MYUni kimlar tark etishi mumkinligi haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildi.

 

Pol Pogba
Transfer narxi: 55 mln yevro

Qayerga borish mumkin: PSJ, “Real Madrid”

Fransiyalik yarimhimoyachining shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Pogba keyingi mavsumda ham “Manchester Yunayted”da qolishi noma’lum. So‘ngi transfer oynasida Pol deyarli PSJga o‘tgan edi, ammo Messining xaridi bu voqeaga nuqta qo‘di. Sababi, Parij klubi uchun Pogba bilan shartnoma imzolash moliyaviy jihatdan imkonsiz edi. “Manchester Yunayted” vaziyatdan kelib chiqib, futbolchini qo‘yib yuborish vaqti keldi deb hisoblamoqda. Biroq, “qizil iblislar” uni yaqin kunlarda sotmasa, fransuz olti oy ichida jamoadan bepul ketadi. Shu sabab, mankunianliklar qishda Pogbani sotishga urinib ko‘rmoqchi. Bu summa taxminan 55 million yevro tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, fransiyalik futbolchining o‘zi ham Manchesterda baxtsiz ekanini, Turinda o‘ynash qulayroq bo‘lganini bir necha bor ta’kidlagan.

 

Antoni Marsyal

Transfer narxi: 32 mln yevro


Qayerga borish mumkin: “Barselona”,   “Sevilya”, “Nyukasl”, “Atletiko”, “Yuventus”

Marsyalning Rangnik bilan munosabatlari yomon ekanligini “Aston Villa” – “Manchester Yunayted” o‘yini oldidan sodir bo‘lgan voqealar ko‘rsatib turibdi. Nemis mutaxassisi Marsyalning nega tarkibda yo‘qligi haqidagi savolga: “U tarkibda bo‘lishni istamadi”, - deb javob berdi. Futbolchi esa “Men hech qachon “Manchester Yunayted”da o‘ynashni rad etmaganman”, - deya murabbiyning so‘zlariga javob qaytardi. Marsyal joriy mavsum Premyer-ligada 20 ta o‘yindan atigi 7 tasida maydonga tushdi. Na sobiq, na hozirgi murabbiylar Antonini asosiy markaziy hujumchi sifatida ko‘rishmaydi. “Qizil iblislar” 26 yoshli forvardni sotishga qarshi emas. Qolaversa, futbolchiga da’vogarlar ham yetarlicha. Xaridorlarning barchasi fransuzni ijaraga olmoqchi. Ammo, ushbu jamoalar orasida faqatgina “Barsa” sotib olish sharti bilan 40 million yevrolik taklif jo‘natgan.

 

Jessi Lingard

Transfer narxi: 20 mln yevro

Qayerga borish mumkin: “Tottenxem”, “Nyukasl”

“Manchester Yunayted” o‘tgan yozda Lingardni sotmoqchi edi, ammo klub ingliz futbolchisi uchun foydali taklif olmadi. Hujumkor yarimhimoyachi mankunianliklar uni asosiy tarkibda kitishmagani sabab, faoliyatining katta qismini ijarada o‘tkazdi. Jessining o‘zi ham bundan charchaganga o‘xshaydi. 2021 yilda u MYUning yangi taklifini rad etdi va klubini o‘zgartirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. “Tottenxem” Lingardni yozda tekinga qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda, ammo “Nyukasl” ham Jessini qo‘ldan chiqarmoqchi emas va qishdayoq “qizil iblislar”ga foydali taklif yubormoqchi. Chunki, “qarg‘alar” chempionshipga tushib ketmaslik uchun jamoani kuchaytirishga harakat qilmoqda. Futbolchining narxi unchalik katta emas, shuning uchun unga Angliyadan boshqa xaridorlar ham bo‘lishi mumkin.

 

Markus Reshford

Transfer narxi: 85 mln yevro

Qayerga borish mumkin: PSJ

Murabbiylar shtabi oxirgi paytlarda Reshfordning yomon sport formasidan xavotirda, ammo “Manchester Yunayted” rahbariyati futbolchi bilan xayrlashishni istashmayapti. Mankunianliklar Markus operasiyadan tuzalib ketguncha kutishga tayyor. Joriy mavsumda hujumchi 11 uchrashuvda atigi 2 ta gol urgan. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ko‘rinishidan, futbolchi ham, klub ham hamkorlikni yakunlamoqchi emas. Ammo, birdaniga Reshford PSJning qisqa ro‘yxatidan joy olgani ma’lum bo‘ldi. Gap shundaki, Pochettino Markusning o‘yiniga qoyil qoladi. Agar, Mbappe “Real”ga ketsa, parijliklar Reshfordni qo‘lga kiritishga harakat qilishmoqchi.

 

Edinson Kavani

Transfer narxi: 4 mln yevro

Qayerga borish mumkin: “Barselona”, “Sevilya”, “Yuventus”, “Korintians”

Edinson Kavani, Meyson Grinvud va Garri Maguayr “Manchester Yunayted” rahbariyati Ronalduga ko‘proq e’tibor berayotganidan norozi. 34 yoshli urugvaylik hujumchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi. Joriy mavsumda u Premyer-ligada 9ta o‘yinda 2ta gol urdi. Yoshi katta bo‘lishiga qaramay, Kavani ko‘plab klublar qiziqish bildirgan. Dekabr oyida “Barselona” hujumchi bilan 1,5 yillik shartnoma borasida kelishib olgani, ammo “qizil iblislar” bilan transfer borasida to‘liq kelishmagani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, urugvaylik futbolchiga “Barsa” taklif qilganidan ko‘ra ko‘proq maosh to‘lashga tayyor bo‘lgan “Korintians” ham kurashga qo‘shildi. Biroq, Edison hali Yevropada o‘ynash niyatida ekanligini bildirgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:38, 18.01.2022. O'qildi: 8051 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.