Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • 7:1
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • 2:2
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • 1:0
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 1 1
2 Yaponiya 1 1
3 Shvesiya 0 0
4 Tunis 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Surxon» katta o‘zgarishlar ostonasida, jamoaga «Real Madrid» tarbiyalanuvchisi taklif etildi

Baho:
+1 | -1
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/pflclubs/surxon
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hozirda Superliga va Pro-liga klublari yangi mavsum uchun allaqachon tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan. Faqat «Surxon» klubi bundan mustasno. Bu jamoadagi sukunat negadir cho‘zilib ketdi.

Ushbu klubga yangi homiy egalik qilishi munosabati bilan endilikda yangicha qiyofaga kirishi kutilayotgan «Surxon» aynan qanday ko‘rinishda bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgani rost. Lekin yanvarning yarmi ham ortda qoldiki, hali-hanuz jamoadan sado chiqmayotgandi. Bu esa turli savollarni keltirib chiqardi. Qolaversa, o‘tgan yildan qarzdorliklarning mavjudligi borasida ham ma’lumotlar bor. Buning ustiga hozirda jamoaning aksar o‘yinchilari boshqa klublarga o‘tib ketishdi. Ko‘rinib turibdiki, «Surxon» yangidan shakllantiriladi.

Ma’lum bo‘lishicha, klub 19 yanvardan Toshkentda mashg‘ulotlarni boshlaydi. www.sports.uz sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, «Surxon»ni ispaniyalik mutaxassislar boshqarishadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jamoada ishlaydigan murabbiylar hamda yangi takliflar etilayotgan legionerlar ham ma’lum bo‘lgan.

«Surxon»ning sport direktori lavozimida ispaniyalik Xuan Manuel Barroso ish boshladi. U faoliyati davomida «Eybar» klubi sport direktori, shuningdek, «Rayo Valyekano»da ham sport direktori hamda akademiya direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Endi u «Surxon»da o‘z ishini boshladi.

Klubni ham ispaniyalik mutaxassislar boshqarishadi. «Surxon» jamoasi bosh murabbiyi lavozimini 61 yoshli ispan mutaxassisi Xordi Fabregat Valmanya egallaydi. U futbolchilik faoliyati davomida himoyachi bo‘lgan. Valmanyaning oxirgi ish joyi mahalliy «Ordino» klubi hisoblanadi. Bundan tashqari, “Kuenka, “Arandina”, “Gixuelo”, “Amposta” va yana bir qator nomi unchalik tanish bo‘lmagan jamoalarda faoliyat olib borgan. Uning yordamchilari ham Ispaniyadan, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha Xorxe Erediya Ruiz ishlaydi. Uning boshqa yordamchilari ham shu kunlarda oydinlashib qoladi.

Jamoaga taklif etilayotgan yangi legionerlarga kelsak, to‘rt nafar ispaniyalik futbolchi yangi mavsumda «Surxon» sharafini himoya qilishi kutilmoqda.

Xaver Ximenes Kamarero – 1987 yil 8 iyunda tug‘ilgan, ampluasi – darvozabon. «Alaves» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Faoliyati davomida “Valyadolid”, “Mursiya”, “Levante”, “Alkorkon”, “Elche”, “Ueska”, “Salamanka” singari jamoalar darvozasini qo‘riqlagan.

Serxio Rodrigez Sidonya – 1989 yil 5 oktyabr kuni tavallud topgan. Ampluasi chap qanot himoyachisi. U ham Ispaniyaning qator klublarida o‘ynagan. “Levante B”, “Granada”, “Ovyedo”, “Marbelya”, “Melila”, “Ekstramadura”, “Lorxa Deportivo” va yana boshqa jamoalar. Asosan Ispaniya ikkinchi divizionida o‘ynagan.

Aytor Monroy Rueda – 1987 yil 18-oktabrda dunyoga kelgan. Ampluasi – yarim himoyachi. Bu futbolchi Ispaniyadan tashqari boshqa chempionatlarda ham to‘p surgan. U Madridning “Atletiko B” jamoasida, shuningdek, “Logronyes” klubida o‘ynagan. 2011 yildan 2014 yilga qadar Ruminiya chempionatida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, u yerda “Chaxleul” hamda ”CHFR Kluj” jamoalarida to‘p surdi. So‘ngra Moldovaning “Sherif” klubi tarkibida ham ma’lum vaqt harakat qilgan. 2015-2017 yilgi mavsumlarda Isroilning “Makkabi” klubida faoliyat olib bordi. Futbolchining oxirgi klubi Hindistonning “Jamshedpur” jamoasi bo‘ldi.

Luis Migel Kesada Sanches – 1996 yil 11 fevral kuni tavallud topgan. Ampluasi – qanot himoyachisi. U Ispaniya va Donimikan Respublikasi fuqaroligiga ega. 26 yoshli o‘yinchi «Real» Madrid futbol klubi tarbiyalanuvchisidir. 2013-2015 yillar davomida Luis Sanches «Real»ning U-17, U-18 va U-19 jamoalarida to‘p surgan. So‘ngra «Real Madrid Kastilya»da o‘ynadi. Shuningdek, “Kordova” va “Kadis” klublari sharafini ham himoya qilgan. Oxirgi klubi aynan “Kadis” sanaladi. Bu futbolchi o‘z vaqtida «Real»ning asosiy mashg‘ulotlarida ham muntazam ishtirok etgan. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, universal o‘yinchi sifatida ham nom qozongan.

Yangi rahbariyat murabbiylar shtabi va legionerlarni aniqlashtirib oldi. Ammo tarkibni yana qaysi o‘yinchilar bilan to‘ldiradi? Asosiy tarkib a’zolari deyarli ketishgan va o‘rniga boshqa mahalliy futbolchilarni jalb etish zarur. Klub rahbariyati bu borada ham ishlarni olib boryapti. 

“Turon” bilan xayrlashgan himoyachi Davron Umirov hamda «Andijon»da to‘p tepgan yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov katta ehtimol bilan yangi mavsumni «Surxon»da boshlaydi. Shuningdek, «Bunyodkor»dan ketgan Sanjar Rashidovga Termizliklarda qiziqish bor. Legionerlar bilan birga mahalliy o‘yinchilar ham yangi yig‘inda qatnashadi.

Manba: minsport.uz, interfutbol.uz
Kiritildi: 18:00, 19.01.2022. O'qildi: 6401 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Германия Kay Xavers 2
3 Германия Jamol Musiala 1
4 Германия Nataniel Braun 1
5 Германия Deniz Undav 1
6 Қатар Bualem Xuxiy 1
7 Мексика Xulian Kinyones 1
8 Мексика Santyago Ximenes 1
9 Германия Feliks Nmecha 1
10 Кюрасао Livano Komenensiya 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик