Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • 1:0
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • 1:0
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • 3:6
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • 0:1
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • 0:0
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • 5:0
      • Buxoro
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Dinamo
      • -:-
      • Andijon
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
  • La-liga
      • 13.09.2025 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Elche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3874 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1624 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      08:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      10:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      14:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      16:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      18:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      20:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      22:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      00:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      02:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      04:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 11.09.2025

      05:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Гонка преследования.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 "География спорта". Йошкар-Ола.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 "Культовые".
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Финальный этап в Пестово, Россия.
      18:40 "Страна спортивная".
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 "Что за спорт?".
      21:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:15 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
      00:30 "Культовые".
      01:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка.
      03:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка.
  • MATCH-TV
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 6 на автодроме "Игора Драйв".
      07:00 Д/ф "Защита Валерия Васильева".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Амкал" (Москва) - "Салют" (Белгород). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Леон Сатурн" (Раменское) - "Broke Boys" (Одинцово). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:30 Смешанные единоборства. UFC 318 в Новом Орлеане, США. Макс Холлоуэй против Дастина Порье. Реванш 2.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:35 Специальный репортаж.
      03:55 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Финальный этап на трассе Монца, Италия. Гонка.
      07:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 3 в Праге, Чехия. Обзор.
      08:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      11:30 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      12:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      13:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      14:00 Конный спорт. "Большой шлем" в Калгари, Канада. Конкур.
      15:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      17:45 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      22:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      23:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 4 эп.
      23:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Benzema, Pogba, Kante, Abraxam va Balotelli yoxud Afrika kubogida o‘ynashi mumkin bo‘lgan, ammo Yevropa terma jamoalarini tanlagan mashhur futbolchilar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Afrika Millatlar Kubogi-2021musobaqasining yakunlanishiga ham oz fursatlar qolmoqda. Biz barcha pley-off ishtirokchilarining nomini bilib oldik va ba’zi jamoalar hattoki turnirning chorak finaliga chiqishdi.

Ko‘pchilik muxlislar ushbu musobaqani TOP turnir deb bilishmaydi. Ammo, aslida, bu juda qiziqarli va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan chempionat hisoblanadi.

Bu yil Afrika kubogiga yulduz futbolchilardan iborat butun jamoa yo‘l oldi: Ashraf Xakimi, Sadio Mane, Muhammad Saloh, Sebastyan Aller, Riyad Maxrez va boshqalar.

Ammo, bugun biz Kamerunga ketganlar haqida emas, balki ushbu qit’a davlatlaridan birining fuqaroligini olishga rozi bo‘lgan taqdirda Afrika kubogida o‘ynashi mumkin bo‘lganlar haqida gapiramiz.

 

Jazoir: Karim Benzema (“Real Madrid”, Fransiya)

O‘tgan yil Karim Benzema uchun faoliyatidagi eng yaxshi yillardan biri bo‘ldi. Ha, hujumchi “Real Madrid” bilan birorta ham yirik sovrinni qo‘lga kiritmagan, biroq ijobiy tomonlari ham bor. Birinchidan, Lionel Messi va Serxio Ramos La Ligadan ketganidan so‘ng, nihoyat Benzema o‘zini Ispaniya chempionatining asosiy yulduzi sifatida ko‘rsatdi. Ikkinchidan, u “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Uchinchidan, Karim Fransiya terma jamoasi yetakchilaridan biri unvonini qaytarib oldi. Yozda u terma jamoaga qaytdi va uning tarkibida Millatlar ligasida g‘olib chiqdi. Biroq, Karim “uch ranglar” sharafini emas, baki boshqa jamoa safida o‘ynashi mumkinligini kam odam biladi. Gap shundaki, hujumchi jazoirlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan va agar xohlasa, ota-onasining vatani terma jamoasini kuchaytirishi mumkin edi.

 

Gambiya: Jo Gomes (“Liverpul”, Angliya)

Gomes “Liverpul”ning asosiy yulduz emas. To‘g‘rirog‘i, u  rotasiya futbolchisi hisoblanadi. Agar kerak bo‘lsa, u Matip yoki van Deykning o‘rnini bosa oladi va markaziy himoyachi pozisiyasini vaqtincha yopa oladi.

Jo Gambiya terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi (uning ota-onasi o‘sha yerlik), lekin yoshligida ham u o‘zini Angliya terma jamoasi safida sinab ko‘rishga qaror qildi.

 

Gana: Mario Balotelli (“Adana Demirspor”, Italiya), Kallum Xadson-Odoi (“Chelsi”, Angliya), Eddi Nketiya (“Arsenal”, Angliya), Jeremi Frimpong (“Bayer”, Gollandiya), Timoti Fosu-Mensa (“Bayer”, Niderlandiya), Memfis Depay ( “Barselona”,   Niderlandiya), Niko va Inyaki Uilyams (“Atletik”, Ispaniya)

Gana kutilmaganda o‘z gruhida so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqani erta tark etdi. Endi tasavvur qiling-a, bu jamoada Balotelli, Xadson-Odoi, Depay va Fosu-Mensa o‘ynaganidamidi?!.

Bu o‘yinchilarning barchasi, agar faoliyatining qaysidir bosqichida o‘z millati terma jamoasiga qaytishga qaror qilishsa, “qora yulduzlar” tarkibi chindan ham dahshatli ko‘rinishga kelgan bo‘lardi.

Keling, Balotellidan boshlaylik. Afsonaviy Marioning juda ta’sirli hikoyasi bor. U Italiyada tug‘ilgan. Shuning uchun millati ganalik bo‘lgan ota-onasi uni ta’lim olishi uchun italyan oilasiga berishga majbur bo‘lishdi. 18 yoshga to‘lganining ertasiga Mario Italiya pasportini oldi va keyinchalik ushbu mamlakat sharafini himoya qilishga qaror qildi.

Xadson-Odoi allaqachon Angliya terma jamoasida debyutini o‘tkazgan, ammo bu uning sport fuqaroligini o‘zgartirishni xohlasa, “qora yulduzlar” o‘yinchisi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Hammasi oddiy – FIFAning yangilangan reglamentida futbolchilarga ma’lum bir terma jamoada o‘ynagan bo‘lsa ham, terma jamoani o‘zgartirishga ruxsat beruvchi band bor.

Agar, futbolchi kattalar terma jamoasi safida uchtadan ortiq o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa va bu uchrashuvlarning hech biri Jahon kubogi yoki qit’a musobaqasining final turniriga hisoblanmasa, sport millatini o‘zgartirishi mumkin. Ikkinchi imkoniyat esa, eski terma jamoa uchun so‘nggi va yangi jamoasi safidagi birinchi o‘yin o‘rtasida uch yillik farq bo‘lishi kerak. Kallum inglizlar safida so‘nggi bor 2019 yilning noyabr oyida o‘ynagan, demak u jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasiga o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Depay, Nketiya, Frimpong, Fosu-Mensa va aka-uka Uilyamslar ham Gana terma jamoasini kuchaytirishlari mumkin. Ularning ota-onalari 1990 yillarda Afrikadan hijrat qilishgan va agar xohlasalar, bu futbolchilar Gana pasportini bemalol olishlari mumkin edi.

 

Gvineya: Pol Pogba (“Manchester Yunayted”, Fransiya)

Pogba ham akalari izidan borib, ota-onasining vatani bo‘lmish Gvineya terma jamoasida o‘ynashga rozi bo‘lganida Afirka kubogi yanada qiziqarli o‘tishi mumkin edi. Ammo, Pol Matias va Florentindan farqli o‘laroq, Fransiyani tanladi.

Yarimhimoyachi xalqaro maydonda Fransiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasidan boshlab, barcha turdagi “uch ranglilar” sharafini himoya qilgan. 2018 yilda esa Pol Desham jamoasi safida jahon chempionatida g‘alaba qozonishga ham erishgan.

 

Gvineya-Bisau: Dayo Upamekano (“Bavariya”, Fransiya), Danilo Pereyra (PSJ, Portugaliya), Ansu Fati (“Barselona”,   Ispaniya)

PSJ himoyachisi va “Barselona” hujumchisi Gvineya-Bisau poytaxtida tug‘ilgan va ular tug‘ilgandan keyin Yevropaga ko‘chib ketgan. Ammo, Upamekano Fransiyada tug‘ilgan. Uchalasi ham o‘zini Afrika qit’asi terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi, ammo ular buning o‘rniga Yevropada o‘z omadlarini sinab ko‘rishga qaror qilishdi.

Buning sababi ham bor - Danilo Pereyra uzoq vaqtdan beri Portugaliya terma jamoasida o‘ynab kelgan, Upamekano Fransiya tarkibida Millatlar ligasida g‘olib chiqqan, Fati esa Ispaniya terma jamoasining asosiy yulduzi rolida o‘ynaydi.

 

Misr: Stefan El-SHaaravi (“Roma”, Italiya)

Stefanning otasi Sabri El-SHaaravi 1990 yillar boshida og‘ir iqtisodiy sharoit tufayli Misrni tark etishga majbur bo‘lgan. Italiyada u Lyusi degan qiz bilan uchrashdi va tez orada er-xotin Shaarvi ismli o‘g‘il ko‘rdi.

El-SHaaravi Misr terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi, ammo u Italiya terma jamoasini tanladi.

 

Kabo-Verde: Jelson Martines (“Monako”, Portugaliya), Renatu Sanches (“Lill”, Portugaliya)

Kabo-Verde — Afrikaning g‘arbiy qismidagi orol davlat. Uning maydoni bor-yo‘g‘i 4033 kvadrat kilometrni tashkil etadi, ammo kichik o‘lchamiga qaramay, bu yer dunyoga iqtidorli futbolchilarning tarqalishiga yordam berdi.

Bugun biz Kabo-Verdeni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan, ammo ma’lum sabablarga ko‘ra boshqa terma jamoada o‘ynashga qaror qilgan ikki futbolchi nomini aytamiz. Ulardan biri, bolaligida orollarni tark etib, Portugaliyaga ko‘chib o‘tgan vinger Jelson Martines.

Ikkinchisi esa Portugaliyada tug‘ilgan Renatu Sanches hisoblanadi. Bularning ikkisi ham Kabo-Verde terma jamoasining sharafini himoya qilishi mumkin edi. Ammo...

 

Kamerun: Samuel Umtiti (“Barselona”, Fransiya), Orelyan Chuameni (“Monako”, Fransiya), Uilyam Saliba (“Marsel”, Fransiya), Breel Embolo (“Borussiya M”, Shveysariya)

Kamerun ham bir qancha top-futbolchilarni “yo‘qotdi”. Keling, hozirda Fransiya terma jamoasida o‘ynayotgan (yoki o‘ynagan) Umtitidan boshlaylik. Samuel Kamerun poytaxti Yaunde shahrida tug‘ilgan, ammo ikki yoshida u Fransiyaga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. Chunki, uning ota-onasi rivojlangan mamlakatga ko‘chish, farzandlarining kelajagini yaxshi ta’minlashga yordam beradi, deb ishonishgan.

Qanday bo‘lmasin, Umtiti terma jamoa tanlashda muvaffaqiyatsizlikka uchramadi. Sababi, Fransiya terma jamoasi tarkibida Yevro-2016 kumush medali sohibiga aylandi va JCH-2018da oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Embolo ham Yaunde shahrida tug‘ilgan, ammo Umtitidan farqli o‘laroq, uning oilasi Fransiyaga emas, balki Shveysariyaga ko‘chib o‘tgan. Breel hali o‘z terma jamoasi safida sovrinlarni qo‘lga kiritmagan, lekin allaqachon yetakchilardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘lgan. U 25 yoshida 47 o‘yin o‘tkazib, oltita gol urgan. Chuameni va Salibaga kelsak, ularning oilalari Kamerundan boshqa davlatga hijrat qilganidan keyin dunyoga kelgan.

 

Kot-d’Ivuar: Natan Ake (“Manchester Siti”, Niderlandiya), Dan-Axel Zagadu (“Borussiya Dortmund”, Fransiya), Jonatan Ta (“Bayer”, Germaniya), Moyze Kin (“Yuventus”, Italiya), Timeu Bakayoko (“Milan”, Fransiya)

Kot- d’Ivuar Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri. 1990 yillardan beri, bu jamoada butun o‘yin natijasini hal qila oladigan kamida bir nechta o‘yinchi bo‘lgan. Ayni paytda bu jamoada Frank Kessi, Serj OrYE, Jeremi God va Vilfrid Zaxani kabi yetakchi futbolchilar o‘ynamoqda

Biroq, “fillar” Ake, Zagadu, Ta, Kin va bir paytlar Kot-d’Ivuardan pasport olishi mumkin bo‘lgan Bakayoko kabi futbolchilar bilan ham kuchayishi mumkin edi.

 

Mali: Ngolo Kante (“Chelsi”, Fransiya), Ibrahim Konate (“Liverpul”, Fransiya), Mussa Diabi (“Bayer”, Fransiya), Alassan Plea (“Borussiya M”, Fransiya), Djibril Sidibe (“Monako”, Fransiya)

Malida bunday yulduzli tarkib yo‘q, shuning uchun Kante va bizning ro‘yxatdagi boshqa futbolchilar “burgutlar” tarkibini albatta kuchaytirardi. Aytgancha, Ngolo Parijda tug‘ilgan, ammo Malining fuqaroligini osongina olishi mumkin edi, chunki u ushbu mamlakatdan kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan.

Ushbu ro‘yxatdagi boshqa qahramonlarning ota-onalari ham farzandlari tug‘ilgunga qadar Malidan Yevropaga ko‘chib o‘tishgan.

 

Marokash: Braim Dias (“Milan”, Ispaniya), Mateo Genduzi (“Marsel”, Fransiya)

Marokash Ispaniya yaqinida joylashgan bo‘lib, o‘tmishda bu mamlakatni Fransiya boshqargan. Shu bois, marokashliklar bu davlatlar bilan eng kuchli iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarga ega bo‘lsa, ajabmas.

Dias va Genduzining ota-onalari Yevropaga hijrat qilganidan keyin dunyoga kelishgan. Braim Ispaniya terma jamoasi, Mateo esa Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi.

 

Nigeriya: Karim Adeyemi (“Zalsburg”, Germaniya), Manuel Akanji (“Borussiya D”, Shveysariya), Temmi Abraxam (“Roma”, Angliya), Arno Danjuma (“Vilyarreal”, Niderlandiya)

Yosh hujumchi Karim Adeyemi Myunxenda nigeriyalik va ruminiyalik ota-onadan tug‘ilgan. Shu sabab, u o‘zining iqtidori bilan Germaniya terma jamoasida o‘ynash mumkin bo‘lganda, bu Nigeriyani tanlashi ahmoqlik edi, albatta.

Akanji hikoyamizning aksariyat qahramonlaridan farqli o‘laroq, badavlat oilada tug‘ilgan. Otasi Nigeriyani tark etmasdi, chunki, u taniqli moliyachi edi, shuning uchun unga pul kerak emas edi.

Ammo, Manuel o‘z vatanini Izabel ismli shveysariyalik tennischiga bo‘lgan muhabbati tufayli tark etgan. Akanjida faoliyatini Afrika yoki Yevropa termasida boshlashni tanlash imkoniyati bor edi. U ikkinchi variantni tanladi.

 

Senegal: Malang Sarr (“Chelsi”, Fransiya), Issa Diop (“Vest Xem”, Fransiya), Ferland Mendi (“Real”, Fransiya)

Senegalni ham top darajadagi bir nechta futbolchilar - Malang Sarr, Issa Diop va Ferlan Mendi kuchaytirishi mumkin. Lekin, bu ish bermadi. Har uchala futbolchi ham Yevropa terma jamoalarida o‘ynashga qaror qilishgan.

 

Syerra-Leon: Antonio Ryudiger (“Chelsi”, Germaniya), Trevor Chaloba (“Chelsi”, Angliya)

Taniqli markaziy himoyachi Antonio Ryudiger Germaniyada tug‘ilgan, biroq uning ota-onasi afrikalik edi. Bir necha kun oldin himoyachi ushbu mamlakatdan kelgan bolalarning operasiyalari uchun pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, u Germaniya terma jamoasida o‘ynash variantini tanlagan.

“Chelsi”ning yana bir himoyachisi Trevor Chaloba bevosita Syerra-Leon bilan bog‘liq. U Fritaun shahrida (mamlakat poytaxti) tug‘ilgan va Yevropaga juda kech - 8 yoshida ko‘chib o‘tgan. Trevor o‘z vataninifuqaroligini olishga unchalik harakat qilmadi.

Imkoniyat paydo bo‘lgach, u darhol Angliya o‘smirlar jamoasi tarkibida o‘ynashga rozi bo‘ldi. Trevor “uch sherlar”ning asosiy jamoasi safidagi debyutini 2018 yilda Ispaniyaga qarshi o‘yinda boshlagan edi. O‘shandan beri u boshqa maydonga tushmadi.

 

Tunis: Karim Rekik (“Sevilya”, Niderlandiya), Vissam Ben Yedder (“Monako”, Fransiya)

Himoyachi  Karim Gollandiyada tug‘ilgan va shu sabab, bu mamlakatda o‘ynashga qaror qilgan bo‘lsa ajab emas. Bundan tashqari, yigitcha ancha yoshligida (19 yosh) Gollandiya terma jamoasida debyut qildi. Ammo, u faqatgina 4 martagina “apelsinlar” sharafini himoya qilgan.Balki,Rekik Karim endi o‘zining tarixiy vatani sharafini himoya qilishni xohlar.

Ben Yedder ham xuddi shunday hikoyaga ega. Uning ota-onasi Djerbadan (Tunis) vaFransiyaga ko‘chib o‘tdi. Vissam “uch sherlar” taklifini uzoq kutdi, lekin baribir Fransiya terma jamoasida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Debyut paytida u 27 yoshda edi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 08:00, 26.01.2022. O'qildi: 3844 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.