Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«90min». Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi yarim himoyachilari o‘ntaligi bilan tanishing!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

APL uzoq yillardan buyon dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilar makoni hisoblanadi. U yerdan siz istalgan jamoaga, istalgan uslubga mos futbolchilarni topa olasiz. Raqib hujumini buzuvchi to‘rtinchi raqam deysizmi, pleymeykerlikni qoyillatadigan oltinchi, o‘yin dinamikasini ta’min etuvchi sakkizinchi yoxud gollar uradigan o‘n soni tushirilgan libos egalari, aynan mana shu pozisiyada harakat qilishadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: APLda kimlar bu borada yetakchi? Quyida ushbu savolning javobini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

10. Konor Gallaxer – «Kristal Pelas»

Konor o‘tgan mavsum «Vest Bromvich»dagi harakatlari orqali o‘zinining iste’dodini namoyish qilgandi. Uning nimalarga qodirligi esa, «Kristal Pelas»da ko‘rina boshladi. Gallaxer maydon markazida bitmas quvvat manbayiga aylana oldi. Biz buni uning gollari hamda golli uzatmalari orqali ko‘rib turibmiz. O‘ylaymizki, u keyingi mavsumdan boshlab «Chelsi»da yorqinroq porlaydi.

9. Meyson Mount – «Chelsi»

Hujumkor yarim himoyachilar ichida Meyson Mount kabi noyob iqtidorlarni topish juda ham mushkul ish. U maydonning istalgan nuqtasida faol o‘ynay oladi. Ayniqsa, hujumda, uning ta’siri yuqori darajada. Buni Mountning bu mavsumdagi 7ta goli hamda 8ta assistidan ham bilib olsak bo‘ladi. Ha, «Chelsi» so‘nggi paytlarda tarkibni kuchaytirish uchun ko‘p harajat qildi. Ammo klubning akademiya yoshlari ham katta yulduzlarga raqobat qila oladigan darajadagi saviyaga ega.

8. Fil Foden – «Manchester Siti»

Fodenning qila oladigan ishlarini APLda uncha-munchasi eplay olmaydi. Xususan, uning jozibador harakati, yuqori texnikasi va albatta tezligi, jamoasi uchun o‘ta muhim faktor bo‘lib xizmat qiladi. Aynan shunday xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun ham Fodenga qarshi himoyalanish juda murakkab ish bo‘lib qolgan. U «shaharliklar» maktabidan chiqqan. Bu ham Fodenning yutuqli tomonlaridan biridir.

7. Brunu Fernandesh – «MYU»

Brunu Fernandeshni ushbu ro‘yxatga kiritish uchun ancha o‘ylandik. Ammo futbolchining o‘tgan mavsum ko‘rsatgan fantastik harakatlari bizni bunga majbur qildi. Harxolda, bu yettinchi o‘rin uchun arzirli mehnat. Garchand, portugal bu mavsumda o‘zini u qadar ko‘rsata olmayotgan bo‘lsada, uning faoliyati hali oldinda. Shunday ekan, Brunu yaqin kelajakda ham «MYU» asosi bo‘lib qoladi.

6. Ilkay Gyundogan – «Manchester Siti»

2021 yil yakunlarini chiqarilayotganda ham Ilkay bizning ro‘yxatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgandi. Umuman olganda, u «Etihad»da muhim figuralardan biri sanaladi. Gol urishni yoqtiradigan va jamoasi o‘yinini bog‘lash bilan shug‘ullanadigan nemis futbolchisi o‘yinini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q, nazarimizda. U APLning eng yaxshilari qatorida bo‘lishga munosibdir.

5. N'Golo Kante – «Chelsi»

Kantening kuch-qudratiga klub miqyosida yaqin-yaqingacha shubha ko‘zi bilan qaraydiganlarning soni juda ko‘p edi. Ammo fransuz so‘nggi 12 oy ichida nimalarga qodir ekanini isbotlab bera oldi. Futbolchining, ayniqsa, himoyada tegadigan foydasi juda ham katta. Tuxel davrida esa Kante o‘z o‘yinida hujumkor unsurlarni ham namoyish eta boshladi. Bu esa uning gollar urishida o‘z isbotini topmoqda.

4. Deklan Rays – «Vest Xem»

Bir kun kelib, kelajakda, «Vest Xem» bu futbolchisini katta mablag‘ evaziga sotib yuboradi. Rays ingliz futbolchisi bo‘lgani uchun ham Angliyada uning bahosi ancha baland bo‘ladi, albatta. Tovon pulini aytmasa ham bo‘ladi. Negaki, u Premyer-ligadagi eng kuchli tayanch yarim himoyachilaridan biridir.

3. Rodri – «Manchester Siti»

Ushbu yarim himoyachiga yillar davomida tanqid toshini otuvchilar topilib kelayotgan edi. Ammo joriy mavsumdan uning qimmatbaho futbolchi ekaniga hech qanday shubha qolmadi hisob. «Man Siti»ning afsonaviy futbolchilaridan biri bo‘lmish, Fernandinyo o‘rnida harakat qilayotgan ispan futbolchisi davomiy ravishda barqarorlik ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida Rodri Pep Gvardiola jamoasining doimiy asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishini ta’minladi.

2. Bernardu Silva – «Manchester Siti»

Ochig‘i, Silvaning nomini ushbu ro‘yxatda e’tirof etmaslikning iloji yo‘q edi. Chunki uning maydonda bo‘lishi - o‘yin taqdirini o‘zgartira olishini hamma yaxshi biladi. Uning to‘pni nazorat qila olishi, epchilligi, hamda harakat tempi, jamoasiga katta ustunlik taqdim etadi. Silvaning ilg‘or ta’minlovi bilan doimo Pep jamoasi muvaffaqiyatli hujumni amalga oshira oladi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi bugungi kunda «shaharliklar» uchun suv va havo kabi zarur unsurga aylanib ulgurgan.

1. Kevin De Bryuyne – «Manchester Siti»

Mana, u qayerda! Shubhasiz, Kevin o‘ziga mos joyda. Chunki u APLning eng yaxshi yarim himoyachisidir. Belgiya termasi sardori haqida faqat bir narsa deyish mumkin – biz uning o‘yinlarini sevamiz va sevishda davom etamiz! Gvardiola - baxtli insonlardan biri. Chunki uning jamoasida Kevindek futbolchi to‘p suradi...

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:29, 31.01.2022. O'qildi: 3158 marta. Fikrlar: 21 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.