Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qishki transferlar oynasida qanday xaridlar amalga oshirildi?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qishki transferlar oynasiga ajratilgan muddat ham o‘z yakuniga yetdi. Ushbu vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan eng e’tiborga molik transferlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal»dan «Barselona»ga erkin agent)

«Arsenal»ning bu mavsumdagi asosiy muammosi «Barselona»ning eng katta umidiga aylanishi mumkin. Obameyangning Kataloniyaga yo‘l olishi avvalroq hattoki, ikki klub vakillarining tushiga ham kirmagani aniq. Chunki u rasman erkin agent maqomida o‘ziga yangi klub tanlashi kerak edi va «ko‘k-anorrang» libosni tanladi. Maoshi kamaytirilganiga qaramasdan yuqori o‘yin amaliyoti Pyerni o‘zining avvalgi darajasiga qaytarishi mumkin.

Donni van de Bek («Manchester Yunayted» - «Everton», ijara shartnoma asosida)

Dele Alli («Tottenxem» – «Everton», 12 million yevro)

«Everton» Frank Lempard bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri transferlar bozorida ancha faol. Mersisayd klubi yarimhimoya zonasini kuchaytirish uchun darhol ikkita muhim transferni amalga oshirishga qaror qildi: jamoa «MYU»dan Donni Van De Bekni ijaraga oldi va «Tottenxem»dan Dele Allining xaridini to‘liq rasmiylashtirdi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, aynan Lempard ikkala kelishuvda o‘z pozisiyani namoyon etdi. Allining shartnomasidagi bonuslari hisobiga bitim miqdori 35-45 million yevrogacha borib yetishi ham mumkin.

Aaron Remzi («Yuventus» – «Reynjers», ijara shartnomasi asosida)

«Yuve»ning «Arsenal»dan erkin agent sifatida xarid qilgan uelslik futbolchisi Italiyada aytarli muvaffaqiyat qozona olmadi. Natijada, endi 31 yoshli Remzi mavsum oxirigacha ijaraga berib yuborildi. U yozgacha Shotlandiya chempioni «Reynjers» sharafini himoya qiladi.

Tanguy Ndombele («Tottenxem» - «Lion», ijara shartnomasi asosida)

Jovani Lo Chelso («Tottenxem» – «Vilyarreal», ijara shartnomasi asosida)

Brayan Xil («Tottenxem» - «Valensiya», ijara shartnomasi asosida)

«Tottenxem» Antonio Kontega foydasi bo‘lmagan futbolchilaridan yoppasiga qutuldi qo‘ydi. Ularning barchasi APLdan tashqariga ijaraga berib yuborildi. Ndombele va Lo Chelso Angliyada kamida bir mavsum o‘ynashgan edi, biroq Xilning Ispaniyaga qaytishi uchun atigi olti oy kerak bo‘ldi xolos.

Denis Zakariya (Borussiya M - Yuventus, 53 mln yevro)

Shveysariya terma jamoasining markaziy yarimhimoyachisi yozda erkin agent sifatida Gladbaxni tark etishi kutilgan edi (u bu yerda 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda). «Yuve» esa uni endi kulgili ko‘ringan 5 million yevro evaziga sotib oldi.

Ezekel Ponze («Spartak» - Elche, ijara shartnomasi asosida)

«Spartak» legioner futbolchilaridan qutulishni boshlab yuborgan. Yorrit Hendrixdan keyin endi Ezekel Ponzega ham chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi. Futbolchi Ispaniyaga mavsum oxirida sotib olish sharti bilan ijaraga berildi. U Moskvada 2,5 yil faoliyat olib borgan.

Vaut Vegxorst (Volfsburg - Byornli, 12 mln funt)

Vegxorst «Volfsburg»ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi va ushbu transfer APLda jon saqlab qolish uchun kurashayotgan «Byornli» uchun katta yutuq sifatida baholanishi mumkin. Gollandiyalik futbolchining hisobida Bundesligada «bo‘rilar» safida 59 ta gol mavjud. Shuningdek, u Yevro-2020da bitta gol ham urgan. Kris Vud «Nyukasl»ga ketganidan so‘ng, «Byornli» ajoyib hujumchi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi - va niderlandiyalik o‘yinchiga bu imkoniyat beriladi. Shartnoma uch yarim yilga mo‘ljallangan, narxi 12 million atrofida. Premyer-liganing eski jamoasi safini yangi hujumchi qanchalar bezab bera olishini yaqin oylar davomida kuzatamiz.

Romen Fevr («Brest» - «Lion», 15,2 mln yevro)

«Brest» yarimhimoyachisi yozda «Milan»ga o‘tishni juda ham xohlagan edi. Lekin Fevr Italiyaga yetib bora olmadi. U Fransiyada qolishga majbur bo‘ldi, biroq endi «Lion»da.

Mett Target (Aston Villa - Nyukasl, ijara shartnomasi asosida)

Lyuka Din «Aston Villa»ga kelganidan so‘ng, chap qanot himoyachisi Vilyaning zimmasiga katta yuk tushgan. Target jamoada o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun «Nyukasl»ga o‘tishga qaror qildi - u yerda, albatta, futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.

Goran Pandev («Jenoa» - «Parma», summasi noma’lum)

Goran Pandev B Seriyada «Parma» mavqeyini himoya qilish uchun Jiji Buffon bilan birga harakat olib boradi. Agar «Jenoa» joriy mavsum yakunida B Seriyaga tushib ketsa, u sobiq jamoasiga qarshi o‘ynash imkoniga ega bo‘ldi.

Nataniel Fillips («Liverpul» - «Bornmut», ijara shartnoma asosida)

Kloppning asosiy rotasiya quroliga aylangan shogirdi Nataniyel endi «Bornmut»ga yo‘l oldi. O‘tgan mavsumda u ancha foydali harakatlarni namoyish etgan edi, ammo van Deyk va Matipning qaytishi bilan u ancha kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.

Bruno Gimaraysh («Lion» – «Nyukasl», 42,1 mln yevro)

«Nyukasl» ushbu transferga ancha jiddiy pul sarfladi. «Lion» tarkibida Bruno doimo yaxshi sport formasida bo‘lgan. U raqib hujumlarini buzishda ham, uzoq paslar orqali oldinga o‘tishda ham sheriklariga katta yordam bera oladi. Bunday futbolchi bilan jamoa tezda yangi bosqichga ko‘tarilishi mumkin.

Reynildu («Lill» – «Atletiko», 3 million yevro)

«Lill»ning chap qanot himoyachisi bor-yo‘g‘i 3 yildan beri Fransiyaning yuqori divizionida to‘p surmoqda - va o‘tgan mavsumda u asosiy tarkibga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U 28 yoshda, Mozambik terma jamoasida safida ham o‘ynaydi va «Atletiko» tarkibiga 3 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi.

Kiritildi: 11:40, 01.02.2022. O'qildi: 5694 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик