Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      •   Andijon
      • 0:0
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rekordchi — “YUventus”: A seriya tarixidagi eng qimmat 7 transfer

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qishki transfer oynasidagi eng shov-shuvli transferlardan biri bu hujumchi Dushan Vlaxovichning “Fiorentina”dan “Yuventus”ga o‘tishi bo‘ldi. Bu butun A seriya uchun muhim voqea edi, chunki “keksa sinyora” chempionatning eng yaxshi to‘purarlaridan birini qo‘lga kiritdi. Bu kelishuv Italiya futboli tarixidagi rekord transferlardan biri bo‘ldi deyish mumkin. Shu sabab, quyida A seriya tarixidagi eng qimmat 7 ta transfer haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Romelu Lukaku

Qayerdan: “Manchester Yunayted”
Qayerga: “Inter”
Qanchaga: 74 million yevro

Lukaku 2019 yilning yozida “Manchester Yunayted”dagi omadsiz o‘yinlaridan so‘ng “Inter”ga o‘tishga qaror qildi. Ko‘pchilik “neradzurrilar” nega APLda o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchi uchun bunday summani to‘laganligi haqida gapirishdi. Ammo... Ammo, Romelu barcha tanqidlarga o‘z o‘yini orqali javob berdi.

Belgiyalik futbolchi “Inter”da ajoyib ikki mavsum o‘tkazdi va “neradzurrilar”, ham Antonio Konte bilan birga skudettoni qo‘lga kiritdi. Lukaku tom ma’noda Milanda qayta tug‘ildi va A seriyadagi ikki mavsum davomida 47 ta gol urdi. O‘tgan mavsum so‘nggida futbolchi “Chelsi”ga o‘tdi. Ammo, bu qaror ko‘pchilikni hayratlantirdi. So‘nggi intervyulariga qaraganda, hujumchining o‘zi ham bundan afsusda. Ammo qaror qabul qilindi. Belgiyalik yana kimgadir nimanidir isbotlashi kerak bo‘ladi, ammo endi Milanda emas, balki Londonda.

 

Viktor Osimxen

Qayerdan: “Lill”
Qayerga: Napoli
Qanchaga: 75 million yevro

Osimxen “Lill”da 1 yil o‘ynadi. Viktor Liga—1 chempionatidagi debyut mavsumida 13 ta gol urishga erishdi va bu “Napoli” skautlari e’tiborini tordi. “Itlar” hujumchi ortidan yaxshigina foyda ko‘rishdi, chunki uni Belgiyaning “Sharlerua” klubidan 22,5 million yevroga sotib olib, Neapol klubiga 75 millionga sotishdi. Balki, “adzurrilar” futbolchi uchun ortiqcha pul to‘lagandir, ammo u jamoaga yaxshigina foyda keltirmoqda.

Nigeriyalik o‘zining A seriyadagi birinchi mavsumida 10 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 9ta gol urgan. Biroq, uning jarohati bo‘lmaganida, bu gollar yanada ko‘proq mumkin edi. Osimxen hozirda 23 yoshda. Demak, uning faoliyatining yorqin davrlari hali oldinda.

 

Artur

Qayerdan: “Barselona”
Qayerga: “Yuventus”
Qanchaga: 76 million yevro

Artur “Barselona”dan “Yuventus”ga, Miralem Pyanich esa Turindan Kataloniya poytaxtiga ketdi. “Byankonerilar” braziliyalik uchun 76 million yevro to‘lagan. Bu yosh markaziy yarimhimoyachi uchun juda munosib summa. Ammo, Artur Turinda “Barsa”dagi kabi o‘yin ko‘rsata olmayapti. Umuman olganda, Meloning “Yuventus”dagi kelajagi so‘roq ostida.

Yanvar oyida futbolchi boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqadi, biroq Massimiliano Allegri uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni istamadi. Hozircha Arturning transferi “keksa sinyora” uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi deyish mumkin. Biroq, barchasini vaqt ko‘rsatadi.

 

Dushan Vlaxovich

Qayerdan: “Fiorentina”
Qayerga: “Yuventus”
Qanchaga: 81,6 million yevro

Vlaxovich – “Yuventus”ning eng so‘nggi transferlaridan biri. “Byankonerilar” serbiyalik uchun salkami 82 million yevro sarflashdi, ammo bu pul yarim mavsumda 17 ta gol urgan yosh hujumchi uchun bu ajoyib narx.

Bu transfer haqida juda ko‘p gapirildi. Shuningdek, Dushan hali yangi jamoasi safida bitta ham o‘yin o‘tkazib ulgurmagan. Shuning uchun Vlaxovich haqida ko‘p gapirishga lozim topmadik.

 

Matteys de Ligt

Qayerdan: “Ayaks”
Qayerga: “Yuventus”
Qanchaga: 85,5 million yevro

De Ligt A seriyadagi eng qimmat uchta transferdan biri. Bundan tashqari, u dunyoning eng qimmat markaziy himoyachilari ichida ikkinchi o‘rinda turadi (Garri Maguayr,87 million yevro). So‘nggi paytlarda gollandiyalik futbolchi Turin klubini tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ko‘paymoqda.

Umuman olganda, de Ligtning faoliyatijuda  qiziq. 22 yoshida u “Ayaks” sardori bo‘lishga ham muvaffaq bo‘lgan. Matteysning Turin klubigi ishlarini yaxshi deb bo‘lmaydi. Sababi, u ba’zan zaxirada qolsa, ba’zida asosiy tarkibda tushib, to‘liq 90 daqiqa o‘ynaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, “Chelsi” gollandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ko‘ramiz, “Yuve” o‘z tarixidagi eng qimmat markaziy himoyachisini sotarmikan?!

 

Gonsalo Iguain

Qayerdan: “Napoli”
Qayerga: “Yuventus
Qanchaga: 90 million yevro

Iguain faoliyatining 3 yilini “Napoli”da o‘tkazdi  va ushbu yillar davomida argentinalik17, 18 va 36 ta gol urdi. 2016 yilda hujumchi o‘sha vaqtda rekord summa hisoblangan 90 million yevro evaziga “Yuventus”ga o‘tdi. Gonsalo u yerda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, biroq futbolchi “Napoli”dagi kabi futbolini namoyish eta olmadi.

Keyinchalik, futbolchi “Milan” va “Chelsi”da ijara asosida faoliyatini olib bordi, shundan so‘ng 2020 yilda erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o‘tdi. Gonsalo “Yuventus”da zo‘r o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, Italiya futboli tarixida o‘z nomini qoldirishga erishgan.

 

Krishtianu Ronaldu

Qayerdan: “Real Madrid”
Qayerga: “Yuventus”
Qanchaga: 117 million yevro

A seriyaning transfer bozorida deyarli barcha rekord shartnomalar “Yuventus” tomonidan amalga oshirilgan. Shu sabab, bu ro‘yxatda Turin klubi a’zosi birinchi o‘rinni egallashi ham ajablanarli emas. 2018 yilning yozida “keksa sinyora” Krishtianu Ronalduni “Real”dan 117 million yevroga sotib olgandi. Bu kelishuv ham “Yuventus” uchun, ham butun Italiya futboli uchun rekord transferhisoblanadi.

Krishtianu o‘ziga investisiya qilingan pulni “Yuventus”ga 101 ta gol urish orqali qaytardi. Futbolchi va Turin klubi o‘rtasidagi hikoya yaxshi yakun topmagan. Sababi, Italiya jamoasi Ronaldu bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish maqsadida taklif qilgan edi. Ammo, bu amalga oshmadi. Lekin nima bo‘lganda ham Ronalduning transferi “Yuventus”ga ham, butun Italiya futboliga ham katta foyda keltirgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 19:47, 05.02.2022. O'qildi: 3312 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик