Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Real” 4 marta, “Barsa” va “Korintians” 3 marta g‘alaba qozongan turnir, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha g‘oliblarini eslaymiz

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Boshqa rasmiy turnirlar / Klublar o‘rtasida JCh
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

FIFAning klublar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqasi o‘zining eng qiziqarli bosqichiga kirib bormoqda, Chempionlar ligasi va Libertadores kubogi g‘oliblari bosh sovrin uchun asosiy da’vogar hisoblanishadi. Yarim finalda “Chelsi” “Al-Hilol”ga, “Palmeyras” esa “Al-Ahli”ga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu turnirning barcha g‘oliblarining barchasini eslaymizmi? Nega endi yo‘q! Albatta, yodga olamiz. Keling, avval Braziliyadan boshlaymiz!

 

Birinchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2000 yilning yanvar oyida mamlakatlarning eng kuchli klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Unda “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Vasko da Gama”, “Korintians”, Meksikaning “Nekaxa”, Avstraliyaning “Melburn”, Marokashning “Raja” va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klublari ishtirok etishdi. Ikki guruhga bo‘lingan holda, bir-biriga qarshi o‘ynadi va guruh g‘oliblari finalga yo‘l olishdi.

Tabiiyki, hal qiluvchi bahsda mezbon jamoalar to‘qnash kelishdi. O‘yinning asosiy, hamda ekstra taymlarida hisob ochilmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotareyada “Korintians” jamoasi g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi zarbani Edmundo amalga oshira olmadi. Ha, o‘sha Skotina laqabli Edmundo.

2005 yil

Keyin bu musobaqada uzoq vaqt tanaffus bo‘ldi, ammo Qit’alararo kubok bekor qilingandan so‘ng, turnir 2005 yilda yangi formatda qaytdi: yangi format guruhlarsiz bo‘lib, darhol pley-offdan boshlanadi. Yangicha ko‘rinishdagi klublar o‘rtasidagi JCHning finaliga “San-Paulu” “Liverpul” jamoalri yetib kelishdi va unda Braziliya klubi mersisaydliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ha, aytgancha, bu turnir Yaponiyaning Yokogama shahrida bo‘lib o‘tgan.

2006 yil

2006 yilda ham Braziliya vakili bo‘lgan “Internasional” klubi finalga chiqdi. Ularning raqibi esa biroz jiddiyroq “Barselona” edi.  Ammo, Janubiy Amerika vakillari bu safar ham kubokni uylariga olib ketishdi.

2007 yil

2007 yilda “Milan” ko‘hna qit’a vakillari orasida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan birinchi jamoa bo‘ldi. Karlo Anchelotti shogirdlari Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi — 4:2.  

2008 yil

2008 yilda “Manchester Yunayted” Yevropa futboli qolgan qit’alardan ancha ilgarilab ketganini isbotladi va mankunianliklar Ekvadorning “LDU Kito” jamoasini mag‘lub etdi. 73-daqiqada Ueyn Runi yagona golga mualliflik qildi.

2009 yil

Pep Gvardiola boshchiligidagi “Barselona” ham dunyoning eng yaxshi jamoasi unvonidan bebahra qolmadi. Kataloniya klubi 2009 yilgi klublar o‘rtasidagi JCHda Argentinaning “Estudiantes” jamoasini qo‘shimcha daqiqalardagina mag‘lub etdi. Yagona golga esa albatta, Leo Messi mualliflik qildi — 1:0.

2010 yil

2010 yilda Afrikaning “Mazembe” klubi qora qit’a vakillari orasida ilk bor finalga chiqdi. “Inter” Kongo Demokratik Respublikasi klubini osonlikcha mag‘lub etdi — 3:0. Gollarga Goran Pandev, Samuel Eto’o va Jonatan Biabiani mualliflik qilishdi.

2011 yil

2011 yilda “Barselona” birinchi ikki karra klublar o‘rtasidagi jahon chempioni bo‘lgan klub bo‘ldi. “Ko‘k-anorranglilar” finalda Neymar boshchiligidagi “Santos”ni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi — 4:0.

 

2012 yil

Chamasi, “Korintians” “Barselona”ni oldinga o‘tib ketishini istamagan ko‘rinadi. Chunki, braziliyaliklar Kataloniya klubi ikkinchi marta g‘olib chiqqanlaridan bir yil o‘tib, o‘zlarining ikkinchi chempionligini nishonlashdi. Ular finalda Rafa Benites boshchiligidani “Chelsi”ni mag‘lub etib, ikkinchi chempionligini qo‘lga kiritishdi.

 
2013 yil

2013 yilda Afrikaning ikkinchi jamoasi “Raja” finalga chiqdi, ammo bunda ham oldingi ssenariy takrorlandi. Lekin, bu safar ushbu qit’a vakillari Yevropaning boshqa jamoasi – “Bavariya”ga imkoniyatni boy berdi. “Bavariya” — “Raja” – 2:0.

 

2014 yil

2014 yilning may oyida Serxio Ramos “Real”ga Chempionlar ligasi bosh sovrini qo‘lga kiritishda katta yordam bergandi va xuddi shu ishni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham takrorladi. “El-kapitano” Argentinaning “San-Lorenso” klubi darvozasiga gol urib, “qaymoqranglilar”ni g‘alabaga yaqinlashtirgan bo‘lsa, 51-daqiqada Garet Beyl yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa, “Real Madrid” ham bu sovrinni boshi uzra ko‘tarish baxtiga nihoyat sazovor bo‘ldi.  



2015 yil

2015 yilda “Barselona” so‘nggi xalqaro kubogini qo‘lga kiritdi. Messi va Suaresning gollari “River Pleyt”ni mag‘lub etishga yordam berdi. Ushbu g‘alaba hozircha “ko‘k-anorranglilar” uchun Yevropa va jahon arenalaridagi oxirgi sovrin bo‘lib turibdi. Ko‘ramiz, ushbu mavsum Yevropa ligasida g‘alaba qozonib, ushbu seriyaga nuqta qo‘yishar!

 
2016 yil

Oradan bir yil o‘tib, 2016 yilda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Real” ikkinchi bor jahon chempionatida g‘alaba qozondi. Portugaliyalik futbolchi “Kashima Antlers” darvozasiga naqd uchta gol urishni uddaladi. Yakuniy hisob – 4:2.


2017 yil 

2017 yilda “Real Madrid” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chempionligini himoya qilgan birinchi jamoaga aylandi. Bu safar Krish bitta gol bilan cheklandi, ammo shuning o‘zi “Gremio”ni finalda mag‘lub etish uchun yetarli bo‘ldi.

 
2018 yil

2018-yilda Ronaldu “Yuventus”ga yo‘l oldi, biroq “Real” BAAning “Al-Ayn” klubini portugaliyaliksiz ham mag‘lub etdi – 4:1.
Bu safar gollarni Ramos, Lyorente, Modrich kabi futbolchilar kiritdi. Shuningdek, arabliklar futbolchisi Nader Madrid klubining 4-goliga “mualliflik” qildi.  


2019 yil 

2019 yilda kubok yana Angliyaga ketadigan bo‘ldi. Finalda “Liverpul” “Flamengo”ga qarshi maydonda saf tortdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga mersisaydliklar hujumchisi Roberto Firmino mualliflik qildi.


2021 yil 

2021 yilning fevralida Benjamin Pavardning yagona goli “Bavariya”ga Meksikaning “Tigres” jamoasi ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. Shu tariqa “nemis mashinasi” o‘z tarixida ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha Yevropa jamoari 13 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Janubiy Amerikada atigi 4 ta chempionlik bor. 2022-yilda qaysi qit’a klubi g‘alaba qozonadi deb o‘ylaysiz?

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Ҳозиргача Европа жамоари 13 та чемпионликни қўлга киритган бўлса, Жанубий Америкада атиги 4 та чемпионлик бор. 2022-йилда қайси қитъа клуби ғалаба қозонади деб ўйлайсиз?

 

Kiritildi: 23:21, 08.02.2022. O'qildi: 4504 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик