Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Solixa Husniddinova: jarohat, jarrohlik amaliyoti, xorij safari va termaga chaqiruv haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Ayollar futboli / Futbol chempionati
Rukn: Intervyular
A A A

Chiroyli texnikasi, takrorlanmas fintlari, to‘pni raqibidan olib qo‘yish va raqibga topshirib qo‘ymaslikning ustasi farangi, kuchli xarakteri bilan ancha-muncha muxlis orttirgan, “Bunyodkor” va milliy terma jamoaning mohir chap qanot yarim himoyachisi sifatida tan olingan Solixa Husniddinova o‘tgan mavsum birorta jamoada ko‘rinish bermadi. Kimdir uni chet elga ketgan desa, boshqasi ota-onasi futbol o‘ynashiga qarshi ekan, deyishdi.

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra uch nafar futbolchi qizimiz omadini sinab ko‘rish uchun Turkiyaga ketgan edi. “Sevinch” a’zosi Shahrizoda Zayniddinova, “Metallurg” vakili Setora Taqabayeva va AGMK futbolchisi Kamila Zaripova ayni paytda Turkiyaning “Trabzonsport” ayollar jamoasida to‘p surishyapti. Shularning qatorida Solixaning ham Turkiya ayollar chempionatida faoliyat yuritayotganidan xabar topdik. Uni surishtirib, izlab topgunimizcha, uning o‘zi qarshimizda paydo bo‘ldi. “Chig‘atoy” sport bazasida mashg‘ulot o‘tkazayotgan ayollar terma jamoasi tarkibida u ham mashq bajarayotgan jarayonda uchrashdik. Ayollar terma jamoamizda ish boshlagan yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga Solixani ham taklif etgan ekan. Fursatdan foydalanib, uni savolga tutdik.

- Solixa, 2019-2020 yillarda bir necha bor jarohat olib, ancha-muncha o‘yinlarni o‘tkazib yuborganingizdan xabarimiz bor. Lekin 2021 yilgi mavsumda butunlay “yo‘qolib qoldingiz. Nima bo‘ldi?

- Hammasi 2019 yilgi “CAFA” turnirida boshlangandi. Toshkentda o‘tgan musobaqaning Eron termasiga qarshi uchrashuvi 22-daqiqasida raqib o‘yinchisi bilan to‘qnashib ketishim natijasida oyog‘imning tizzasidan jarohat oldim. Uzoq vaqt davolandim. Bu orada navbatdagi chempionat boshlanishi ham cho‘zildi – pandemiya boshlanib ketdi. Bilasiz, o‘sha yili mavsumimiz Zominda Superkubok bilan boshlangan edi. “Bunyodkor” safida “Sevinch”ga qarshi maydonda ehtiyotkorlik bilan 90 daqiqa o‘ynadim, jamoa bilan Superkubokni sohibiga aylandik. Keyin chempionatning yana beshta uchrashuvida to‘liq harakat qildim. Bu degani, sog‘ayib bo‘lganimdan darak edi. Afsuski, navbatdagi turda “Navbahor”ga qarshi o‘yinda raqib bilan to‘qnashdim, yana eski jarohat qo‘zg‘aldi. Ikki oy davolandim. 3 noyabr kuni “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushdim, hatto gol ham urdim. Biroq, yana jarohat. Oxirgi o‘yinim shu ekanligini o‘shanda tasavvur ham qila olmayotgan edim. Shu bilan boshqa maydonga tushmadim.

- Ota-onangiz futbolni bilan shug‘ullanishni to‘xtatishingizni, to‘p tepishingizni ta’qiqlashgani rostmi?  

- Rost. Qayta-qayta jarohat olaverganimdan, jonim qiynalganidan, ular shu xulosaga kelishgan edi. Jarohatimni ozgina davolagandek bo‘ldimda, suzish xavzasiga va fitnesga qatnay boshladim. Uyimdagilar esa futbolga ruhsat berishmadi. Hatto “Bunyodkor” bilan yana bir yilga mo‘ljallangan shartnomamni ham bekor qilishga, futbolni umuman tashlashga undashdi.

- Futboldan uzoqlashish oson bo‘lmagandir?

- Ha, ikki oyni futbolsiz o‘tkazdim. Ko‘p siqildim, to‘p tepishni juda qo‘msadim. Futbol hayotimning mazmuniga aylanib bo‘lganligiga ishonch hosil qildim. Va buni ota-onamga ham yotig‘i bilan tushuntirdim. Ularning ham ko‘ngillari biroz yumshadi, yakka o‘zimning to‘p bilan mashg‘ulot qilishimga ruxsat berishgandek bo‘lishdi. To‘p bilan ishlashni davom ettirdim. Afsuski, 2 fevral kuni mashg‘ulot chog‘ida tizzamni qayrib oldim, yana eski jarohat takrorlandi. Tizzamni MRT qildirdim, shifokor agar tizzamdan jarrohlik amaliyotini o‘tkazmasam, boshqa futbol o‘ynolmasligimni tushuntirdi. Jarrohlik uchun kichkina bo‘lmagan mablag‘ kerak edi, menda esa bunday mablag‘ yo‘q edi. Ota-onamga aytishning esa umuman imkoni bo‘lmagan, ularni qo‘rqitib yuborishim aniq edi. Nima qilish kerak? Maslahat olish uchun O‘FAga qo‘ng‘iroq qildim. Ularning maslahati bilan klinikadan jarrohlik uchun hujjatlarni olib keldim, O‘FA mablag‘ o‘tkazib berdi. 3 mart kuni ertalabdan jarrohlik qilishga tayyorlashdi. Rosti, juda qo‘rqdim. Oldimda ota-onam, yaqinlarim yo‘q, chunki ularga bildirmagan holda qilyapman bu ishlarni. Nima bo‘lgan taqdirda ham tushkunlikka tushmaslikka, hammasi yaxshilik bilan tugashiga o‘zimni ishontirishga urindim. Ko‘zimni ochsam reanimasiya xonasidaman. Og‘riqning kuchidan baqirib yubordim, dodlab yig‘ladim. Yana ukol qilishdi. Keyin palataga olishdi. Shifokor kelib, jarrohlik yaxshi o‘tganligini, oyog‘im sog‘ayib ketishini, endi bemalol futbol o‘ynashim mumkinligini aytganida og‘riqdan emas, quvonganimdan yig‘ladim. Uch kun yotdim. Og‘riq yo‘qolmagandi, lekin “Bunyodkor”dagi dugonalarim meni yolg‘izlatishmadi, murabbiylarim qo‘ng‘iroq qilib, dalda berib turishdi, O‘FAdan vakil sifatida Akmal Qoraboyev xabar olib turdi. Shularning daldasi bilan og‘riqlarga chidadim. Kasalxonadan chiqib ham uyga bormadim. Onamning mazalari yo‘q edi. Mening tashvishim vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin edi. Shuning uchun ularga musobaqadaman, deb qo‘ya qolardim. Meni shu ahvolda ko‘rishlarini istamas edim. Dugonalarimga ming rahmat, bir oy meni asrab-avaylashdi, tashvishimga sherik bo‘lishdi. Shifokor maslahati bilan  maxsus mashqlar bajardim, sekin-sekin avvaliga hassalarda, keyin dugonalarimning yordamida hassasiz yurishni boshladim. Bu orada akam uylanadigan bo‘lib qoldi. Yangi uy olgan edik, ta’mirdan chiqarishgan edi. Ayniqsa, to‘y kunlari ish ko‘payib ketdi. Jarrohlikdan ko‘p o‘tmaganmi, tizzam bukilmaydi, yurishim qiyin, oqsoqlanaman, so‘raganlarga jarohatim bilinyapti, deb qo‘yaman.  Xullas, o‘zimdan o‘tganini o‘zim bildim. To‘y yaxshi o‘tdi. Keyin yana suv havzasiga qatnadim, velosiped minish mashqlarini bajardim.

- Shu holda ham futbolni o‘yladingizmi, yana maydonga tushishga ishonarmidingiz?

- To‘p tepmaganimga 7-8 oy bo‘ldi, hatto televideniyada futbol ko‘rmadim ham, yaram yangilanmasin deb. Lekin biror kun, biror soat yo‘q ediki futbolni o‘ylamagan, sog‘inmagan bo‘lsam. Hayolimda faqat futbol edi. Bu holatimni uydagilarimga ham singdira oldim. Futbolsiz yashay olmasligimni, buning uchun Turkiyaga ketishim, o‘sha yerda ishlab, o‘zim jamoa topib, o‘z maqsadlarimga erishishimning yagona yo‘li ekanligiga ularni ishontira oldim.

- Nima uchun aynan Turkiya variantini tanladingiz? Yoki tanishlaringiz bormidi?

- Aslida oldindan Yevropa klublarida o‘ynash niyatim bor edi. Bu borada Turkiyani yoqtirar edim, chunki tilini yaxshi bilaman. Qolaversa, jarohatdan keyin ancha ruhan cho‘kkandim, havo almashtirishim zarurligini his qildim. Hammasini boshidan boshlashni xohladim. Aniq rejam bo‘lmasada, tavakkal qilishimga to‘g‘ri keldi. Qo‘rquv bo‘lmadi, ko‘nglim xotirjam edi. Yaratganga tavakkal qildim.

 

- Turkiya hayoti qanday boshlandi? Futbol bilan qay tariqa bog‘landingiz?

- Turkiyada xolam yashasada, men bormoqchi bo‘lgan Istanbuldan ancha uzoqda edi, shuning uchun uni bezovta qilmadim. Maxliyo opam yordam berdi, uning yaqin tanishi meni Istanbulda kutib olib, joylashtirdi. Bir oy o‘tib o‘zim mustaqil boshqa uyga ko‘chdim. Yashash uchun kurashish kerak edi, uydagilarga og‘irim tushmasligi kerak edi. Kuniga olti soatli, veterinariya sohasida ish topdim. Tushgacha shu yerda ishladim, tushdan keyin sport zalda shug‘ullandim. Yaxshi odamlar bilan tanishdim, ular ham barchasi yaxshi bo‘lishiga ishontirishdi. Tizzam sog‘aya boshlagan sari mashg‘ulotlarga ko‘proq vaqt zaruriyati tug‘ildi. Endi ham ish, ham mashg‘ulotni birga olib borishga vaqt yetmay qoldi. Tirikchilik uchun esa Toshkent bilan onlayn savdoni boshladim – tanishlarim buyurtma berishadi, men yuboraman, o‘zim uchun yetarli mablag‘ ishlab topardim. Oktyabr oyiga kelib nihoyat maydonga chiqdim, yugurdim, to‘p bilan ishlay boshladim. Qarangki, shu maydonda ayollar chempionatining 2-ligasida jamoasi bor ekan. O‘sha qizlar bilan birga mashg‘ulotlar olib bordim. Ular menga, men esa ularga yoqib qoldim. Shunday mashg‘ulotlarning birida bir murabbiy meni kuzatib turdi va oxirida “bizda o‘ynaysizmi” deb qoldi. O‘ylash uchun ozgina muddat so‘radim, sababi bu jamoani o‘rganishim kerak edi. Ma’lum bo‘lishicha, murabbiy taklif qilgan jamoa asosan yangi kadrlar izlab topar, o‘ynatar va boshqa klublarga sotar ekan. O‘zimni reklama qilish uchun ayni muddao edi. Orada o‘zimga agent ham topdim. Agentim “Trabzonsport” jamoasiga taklif qildi. O‘zimni ko‘rsatsam olib qolishini aytdi. Lekin bu jamoa yangi ochilgani uchun u haqida ma’lumot topa olmadim, yakunda boshqa jamoaga o‘tdim. “Kojayeli Bayan” jamoasi bilan til topishdim. Ko‘p o‘tmay uning asosiy tarkib a’zosiga aylandim. O‘zimni ko‘rsatish uchun bor kuchim bilan harakat qildim. Bir-ikki klublardan takliflar bo‘ldi. Murabbiyim hech bo‘lmasa bir yil shu jamoada o‘ynashimni, barchasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, uning o‘zi eng kuchli jamoaga tavsiya etishini aytdi.

 

- Shartnoma ham tuzdingizmi? Turkiya ayollar chempionati qanday ekan?

- Ha, bir yillik shartnomaga imzo chekdim. Bu mamlakatda ayollar futboli bo‘yicha bir nechta ligalar bor. “Kojayeli Bayan” oliy ligada ishtirok etadi. 24 jamoa qatnashadigan chempionatning  kuchli o‘ntaligida boryapti.

 

 

- Turkiyada sizdan tashqari yana uch nafar qizimiz faoliyat yuritishyapti. Ular bilan ko‘rishdingizmi?

- Bilaman. Lekin hali ko‘rishganimizcha yo‘q, chunki ular uzoqda joylashgan, jamoalarimiz hali ro‘baro‘ kelmadi.

 

- O‘zbekiston ayollar termasiga chaqiruv qay tariqa ro‘y berdi?

- O‘FAdan telefon qilib, taklif qilsak tayyormisan, deb qolishdi. Ikki yil ikki oylik tanaffusdan keyin bunday taklifni eshitish juda huzurli edi. O‘ylab ham o‘tirmay roziligimni aytdim. Hammani – ota-onam, yaqinlarim, jamoadoshlarim, murabbiylarimni sog‘ingandim. Ikki hissa ko‘proq mashq qilib, tayyorlandim. Oradan qancha suvlar oqib o‘tdi, ko‘p voqealar bo‘ldi. Lekin afsuslanmayman. Dunyoqarashim, fikrlashim o‘zgardi. Menga ishonmaganlar, “endi oyoqqa turolmaydi, futbol o‘ynolmaydi” deganlar qancha edi. Irodam kuchli ekanligiga ishondim. Yaratganga shukur aytaman. Shuncha yo‘lni bosib o‘tdim, shu yergacha keldim, hali-beri to‘xtash niyatim yo‘q. Ishlashda davom etaman.

 

 

- Termadan-ku chaqiruv bo‘libdi, O‘zbekistondan boshqa jamoalar taklif bilan chiqishmadimi?

- Chiqishdi. Lekin hozircha Turkiyadagi yangi hayotimni endi boshladim. Balki vaqti kelib qaytarman ham.

 

-  Futbolga kirib kelishingiz tarixidan ham ikki og‘iz gapirib o‘tsangiz.

- 7-sinfda jismoniy tarbiya darsida sinfdosh bolalar bilan futbol o‘ynar edim. Bir kuni darsda o‘tirsam, meni direktor xonasiga chaqirishdi. “Qushbegi” ayollar jamoasidan vakil kelib, meni jamoaga taklif etishayotgan ekan. Dadam bilan gaplashgan ekanlar, rozi bo‘libdilar. Bir yildan keyin onam “qiz bolasan” deb, qarshilik qildilar, dadam ham “bir yil o‘ynading, yetar” dedilar. Shu paytda meni 16 yoshlilar termasiga taklif qilib qolishdi. Shri-Lanka mamlakatiga borishimiz lozim edi. Shu-shu bo‘ldiyu, futbolni davom ettirdim. Futbolda birinchi murabbiyim Shuhrat Fayziyev bo‘ladi.

Solixaning o‘zbekning oddiy, samimiy, xushfe’l qizi sifatida qanchadan qancha otalarning, aka-ukalarning “o‘zbek qizi futbol o‘ynashi mumkin emas” degan tushunchalarini chippakka chiqarishda yaxshi vosita bo‘lganligini bilar edik. Uning ota-onasini ayab, og‘riqdan azob chekib, musofirchilikni bo‘yniga olib, yo‘lida duch kelgan barcha qiyinchiliklarga dosh berib, yagona maqsad sari dadil intilishiga guvoh bo‘lar ekanmiz, unga baralla ovozda tasannolar aytsa arziydi.    

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:27, 10.02.2022. O'qildi: 1518 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.