Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldo: «Romario o‘rnimni egallash uchun meni ataylab charchatgan...»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

Braziliyalik afsona Ronaldo o‘z davrida ko‘plab yetuk futbolchilarga haqiqiy namuna edi. Hozirgi aksariyat o‘yinchilar ham unga o‘ziga xos mayoq sifatida qarashadi. Umuman, Ronaldo bejiz «fenomen» maqomini olmagan. «So‘yloq»­ning butun futbol ommasi mehrini birdek qozongani sabablardan biri - bu yuksak texnik salohiyati. Ronaldo bir gapni tez-tez takrorlaydi: «Aslida o‘sha darajadan ancha yaxshiroq o‘ynash salohiyatiga ega edim». «Valya­dolid» va «Kruzeyro» klublarining ayni paytdagi sohibi Bobo TV kanaliga bergan intervyusida ham shu haqda to‘xtaldi.

- Aytishlaricha, futbol olami Ronaldodek mukammal futbolchini ko‘rgan emas. Bunga qanday qaraysiz?

- Futbolda hammasini sinab ko‘rdim, chunki bolaligimdayoq boshqalardan kuchli ekanligimni anglagandim. 3-4 nafar raqibni aldab o‘tish asnosida gollar urganim - mashg‘ulotlarda o‘rganadigan narsa emas. Hammasi tabiiy. O‘zi bizning davrda mashg‘ulotlar o‘ta og‘ir bo‘lardi: futbolchilardan har kuni 6-7 kilometr yugurish talab etilardi. Men esa ortiqcha yugurishga ehtiyoj sezmasdim, zero, tug‘ma sprinter bo‘lganman. Deylik, har bir o‘yin davomida 30-35 marta sprint amalga oshirardim. Hattoki, tezkor yurishlar sonini 40taga yetkazish haqida o‘ylardim, ammo murabbiylarni bunga ishontirolmaganman. Oddiy misol, Ektor Kuper qo‘l ostida shunchaki, qizib olish uchun 3 kilometr masofaga yugurardik. Endi esa hammasi boshqacha...

- Leo Messi fenomenini ta’riflay olasizmi?

- Leo o‘zgacha yigit, unda quvvat, tezlik va jismoniy kuch mujassam. Asosiysi, Messi gollarga o‘ta chanqoq, shuning barobarida hozirgi avlodning ko‘plab vakillari kabi maydondan tashqarida ham kun tartibiga to‘liq rioya qiladi. Hozirgilarning bizdan farq­li tomoni - shu. O, agar menda Messi yoki Ronalduning boshi bo‘lganidami, gollarim sonini naq ikki baravarga oshirarmidim...?

- Neymar iqtidoriga ham baho bersangiz...

- Neymarning Braziliya terma jamoasi bilan barchasiga erishishini istardim. Loaqal men uddalagan ishlarni takrorlashi kerak. Jumladan, jahon chempionatida g‘olib chiqishidan umidvorman. Mana, Neymar hozirning o‘zida gollar soni bo‘yicha mendan ham, Ziko va Romariodan ham o‘zib ketishga ulgurdi. Oldinda birgina Pele qoldi. Ishonamanki, uni tez orada 2-qatorga suradi. Axir yana atigi 5ta gol ursa, bas. Qisqasi, Neymar ko‘p gol urmoqda va uni shaxsiy hayoti, individual sovrinlari kamligi tufayli tanqid qilishlariga qaramay, shaxsan men iste’dodini qadrlayman.

- Umuman, dunyo futbolining amaldagi eng kuchli hujumchisi kim?

- Menimcha, Benzema. Lekin Levandovski ham unga juda yaqin. Kelajakda Xoland ham kuchli bo‘ladi, balki birinchi raqamli hujumchiga aylanar... Lekin u Karim va Robert kabi yuksak texnik salohiyatga ega emas.

- Kilian Mbappe-chi?

- Juda kuchli, tezkor va xotirjam yigit. Bu sifatlar birinchi raqamli bo‘lish uchun muhim. Yaqinda Kilianning «Real» safiga o‘tayotgani va Madridda yiliga 50 million yevro olishi haqida o‘qidim. Eh, biz davr tanlashda xato qildik, afsuski, qachon tug‘ilish o‘z qo‘limizda emas... (kuladi). Zamonaviy futbol shu qadar tez rivojlanmoqdaki, sara yulduzlarning tobora ko‘p pul topayotganlari mutlaqo adolatdan. Bir narsa taskin beradi - bugungi kun futboli va yulduzlarini biz  ruhlantirganmiz. Demak, taraqqiyotda ulushimiz yo‘q emas.

- Yevropa Superligasi g‘oyasiga munosabatingiz...

- O‘ylaymanki, bu ertami-kech amalga oshadigan ish. Zero, futbol bir joyda to‘xtab turmayapti, u doimiy rivojlanish yo‘lida. Faqat hozirgi sur’at bizni qayerga olib borishini bilmaymiz. Tabiiyki, katta klublar qimmatbaho futbolchilarga ega bo‘lish uchun yana va yanada ko‘proq daromad xohlaydi. To‘g‘ri, Superliga hozir o‘ylaganlaridek bo‘lmaydi, chunki bu falokatga olib boradi. Lekin g‘oya amalga oshadi, baribir. Ayni payt futbol sanoatini yaxshilash uchun yetakchilar o‘rtasida muloqot yetarli emas. FIFA, UYEFA va turli ligalarning nega o‘zaro munosabat o‘rnatmayotgani sababini sira tushunmayapman.

- Braziliyada bo‘lajak Ronaldo paydo bo‘libdi...

- Endrik atigi 15 yoshda. Ha, iqtidori yetarli. Ammo hali uning professional futbolda qanday o‘sishini ko‘rish kerak. Yana bir yigit bor - San-paululik Kayo. Adashmasam, 2004 yili tug‘ilgan va salohiyati chakki emas.

- «Barselona» va «Inter»­dagi faoliyatingizni qanday eslaysiz?

- «Barsa»da eng yaxshisi bo‘lganligimga ishonchim komil emas, aslida o‘sha payt Ispaniya­da o‘ynash ancha oson edi. Italiyada esa Petro Verxovod kabi himoyachilarga qarshi o‘ynaganimni yaxshi eslayman, ular hattoki, suv ichish uchun chetga chiqqanimda ham, ortimdan qolishmasdi (kuladi). Qisqasi, «Inter»da betakror 2 yilni o‘tkazganman va o‘ylaymanki, muxlislar ham men kabi chinakamiga zavqlanishgan. Ba’zilar aynan o‘sha paytdagi o‘yinim tufayli meni haligacha ko‘chada to‘xtatishadi.

- Yakunda Romarioga ham to‘xtalsangiz...

- Romario men kabi g‘irt tentak edi: yoshlarni qahva olib kelish va butsalarini tozalashga majburlardi. Esimda, bir kuni menga yoqadigan taklifni o‘rtaga tashladi: «Tayyor bo‘l, bugun kechqurun sayrga chiqamiz, xavotirlanma, hammasini o‘ylab qo‘yganman». Xullas, mehmonxona devoridan oshib o‘tish uchun nar­von tayyorladi, ko‘chada bizni taksi kutib turardi. Ertalab soat 5da qaytdik va mashg‘ulotga o‘likday chiqdim. O‘shandayoq Romario o‘rnimni egallash uchun meni atayin charchatishga uringanini tushungandim...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:15, 11.02.2022. O'qildi: 8572 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.