Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tanishing — «yangi Levandovski»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Polsha futbolida yangi kumir bosh ko‘tarmoqda. Savol - u chindan ham, «Yangi Levandovski» maqomiga munosibmi? Polsha milliy termasining Yevro-2020 paytidagi mashg‘ulotidan keyin jamoa yetakchisi Robert Levandov­ski va sobiq bosh murabbiy Paulu Souza «Brayton»ning yangi xaridi - Kasper Kozlovskini so‘roqqa tutishadi. Jumladan, portugaliyalik mutaxassis yigitchadan unga taqdim etilgan videotahlil bilan tanishib chiqqan-chiqmaganini so‘raydi. Kasper bunga javoban kompyuteri yo‘qligi tufayli topshiriqni bajarolmaganini aytadi... Footballhd.ru sayti ma’lumotlari asosida tayyorlangan quyidagi maqola aynan «Yangi Levagol» haqida.

Polsha milliy jamoasi bosh insayderi Mixal Zaxodni keyinchalik voqea qanday rivojlanganini oshkor qildi: «Souza shundan so‘ng darhol Robertga yuzlanib, Kasperga kompyuter olib berishini tayinladi. «Aytilgan gap - otilgan o‘q!» - futbolda turli avlodlar vakillari o‘rtasidagi bunday munosabat tahsinga sazovor. Xullas, Robert murabbiy iltimosini yerda qoldirmadi. Umuman, Kozlovskiga nisbatan katta e’tibor borligi tabiiy hol. Zero, unga Polsha futbolining yangi umidi sifatida qarashmoqda». Yoqimli e’tirof, lekin amalda Levagoldek afsonaga tenglashish haqida o‘ylashning o‘zi ham qiyin. Aslida-ku, navqiron yarim himoyachi hozirning o‘zida ayrim jihatlar bo‘yicha «Bavariya» to‘purarini ortda qoldirishga ulgurdi. «Kasperdan hayratomuz mo‘’jizalar kutishmoqda. Chunki u terma jamoa tarkibiga juda barvaqt qo‘shilib, Yevropa chempionati final bosqichida o‘ynashga ham muvaffaq bo‘ldi. Qisqasi, Levandovski bir necha yillik mashaqqatli mehnat evaziga erishgan maqomga o‘ta qisqa vaqt ichida ega bo‘ldi», - deydi Zaxodni.

«Brayton» Kasper uchun talab etilgan 8 mln. funt (11 mln. yevro)ni «Pogon Shesin»ga qurtdek sanab berib, mavsumning qoq o‘rtasida o‘z tarkibini salohiyatli ijrochi bilan boyitdi. Vaholanki, Kozlov­skiga «Liverpul», «Borussiya» D., «Barselona» va «Ayaks» kabi katta klublar ham befarq qaramayotgandi. Fakt shuki, kamtarin «Brayton» polshalik yarim himoyachi bilan birdaniga 4,5 yillik shart­nomani rasmiylashtirdi. Qiziq, Kasper nega shu jamoani tanladi? Birinchidan, Angliya klubi yosh iqtidorlar salohiyatini yuzaga chiqarish borasida ulkan tajribaga ega. Xususan, ijodiy ishlarga «Brayton» texnik direktori Den Eshvortning shaxsan o‘zi bosh-qosh. «Nyukasl» anchadan buyon uni o‘z tizimiga jalb etish harakatida va bu bejiz emas. Qolaversa, «Brayton» - polshaliklarga yaxshi tanish klub. Deylik, 2020 yilning oktyabrida «Lex»dan o‘tgan Yakub Moder ayni payt Grem Potter jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan. Shuningdek, Mixal Karbovnik ham yaqin-yaqingacha Moder bilan yonma-yon to‘p surdi va hozir «Olimpiakos»da ijara muddatini o‘tamoqda. «Agar shu uch futbolchini taqqoslasak, Kasper yaqqol ustunlikka ega. U ham «8-raqam», ham «10-raqam» pozisiyasida samarali to‘p surishga qodir. Asosiysi, Kozlovski hujumga qo‘shilish, to‘p bilan muomalada bo‘lish, raqiblarni aldab o‘tish, reydlar uyushtirishni o‘rniga qo‘yadi. To‘g‘ri, yigitcha faqat ichki his-tuyg‘usiga tayanib to‘p suradi, taktikaga tobi yo‘q. Ya’ni maydonda cheklovlarga rioya qilmaydigan o‘yinchilar toifasiga kiradi. Umuman, cheklovlarni xayoliga keltirmasligi ham o‘ta jasur futbolchi ekanligidan dalolat. Deylik, Kasper maydonda qaltis qarorlar qabul qilishdan cho‘chimaydi» - bu jurnalist va tahlilchi Mixal Zaxodnining e’tirofi.

Kozlovski Yevro-2020dan o‘rin olgan Ispaniya termasiga qarshi o‘yinda maydonga tushish bilan nufuzli turnir tarixidagi eng yosh futbolchi maqomini angliyalik Jud Bellingemdan tortib oldi. Zaxodni mazkur uchrashuvdan keyin rekordchi-debyutantdan o‘yinning yuksak shiddati nechog‘li ta’sir qilgani xususida so‘raganida, futbolchi xotirjam holda javob qaytardi: «Yo‘q, qandaydir toliqish yoki bosimni sezmadim. Ha, biz asosan uzun uzatmalarga tayandik. Agar to‘p bilan tez-tez ta’minlab turishganida, aqlni shoshiradigan qandaydir hiyla o‘ylab topardim, albatta». Qarang, yosh futbolchiga xos bo‘lmagan dadillik. Aytishlaricha, Kasper «Pogon»dagi dastlabki mash­g‘ulotlardanoq jamoadoshlariga ko‘rsatma bera boshlagan, ulardan ko‘proq uzatma bilan ta’minlashni so‘ragan. O‘sha payt yigitchani bor e’tiborini o‘yinga qaratishga o‘rgatishgan, endi saboqlar yuksak saviyaga ko‘tarilishiga yordam bermoqda.

Zaxodni polshalik «javohir» o‘z salohiyatini yaqqol namoyish etgan uchrashuvga alohida to‘xtalib o‘tdi. Voqea 2019 yili Angliya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan Syrenka Cyp turniri o‘yinida yuz bergandi: «O, o‘sha bahs­ni ko‘rganingizda edi! Kasper o‘z goli bilan avvalroq 2ta to‘p o‘tkazib yuborgan Polsha termasini jarlikdan olib chiqdi. To‘g‘ri, inglizlar yakunda g‘olib chiqishdi, baribir. Lekin penaltilar seriyasida. O‘shanda Kasperning ideal o‘yi­niga ilk bor guvoh bo‘lgandik. Murabbiylar ham uning tug‘ma iqtidor ekanligini tasdiqladilar. Jamoa qaysi uslubda to‘p surishidan qat’iy nazar, Kozlovski hamisha sheriklariga bir xil ohangda dangal murojaat qilardi: «To‘pni menga uzating, u yog‘ini o‘zim eplayman».

Yigitcha Polshaning shimoli-g‘arbida faoliyat yurituvchi «Pogon» klubi asosiy tarkibidan o‘tgan mavsum joy olgandi. Klubda akademiya va yosh iqtidorlarga katta e’tibor qaratiladi. «Pogon» bosh murabbiyi lavozimiga germaniyalik Kosta Runyaich ta­yinlangach, tezda ijobiy o‘zgarishlar sezildi. To‘g‘ri, hattoki, Kozlovski ham o‘tgan yilning iyul oyida Yevropa Konferensiya Ligasida «Osiyek» (Xorvatiya) to‘sig‘ini yengishni ta’minlay olmadi. Aytish o‘rinli, joriy mavsum «Yangi Levandovski» o‘yinlaridan bahra olish imkoni yo‘q - «Brayton» uni mavsum oxiriga qadar ijara kelishuvi asosida Belgiyaning «Yunion» klubiga jo‘natdi. E’tiborli tomoni, bu jamoa ayni payt Belgiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Yuni-on» qisman «Bray-ton» sohibi Toni Blumga tegishli. Shunday ekan, Kozlovskini ne-ga aynan Belgiya­ga yuborishganida ajablanadigan tomoni yo‘q - yigitcha navbatdagi noyob iqtidor sifatida avvalo, «Yunion»da toblanishi kerak. Aytgancha, Yaponiya terma jamoasi vakili Kaoru Mitoma ham hozirda shu jamoada ijara muddatini o‘tamoqda. Avvalroq Janubiy afrikalik hujumchi Persi Tau va yosh himoyachi Aleks Kokreyn ham «Yunion»da tajriba oshirishgandi. Eks­pertlarning xulosalariga ko‘ra, Kasper Kozlovski ularga nisbatan muvaffaqiyatliroq to‘p surish imkoniyatiga ega. Demak, kutamiz...

ma’lumot uchun

Kasper KOZLOVSKI

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 2003 yil 16 oktyabr (18 yosh), Koshalin (Polsha)

Bo‘yi:182 sm.

Pozisiya bo‘yicha: yarim himoyachi

Klublari: «Pogon Shesin» (Polsha) - 2016—2019; «Brayton» (Angliya) - 2022-...; «Yunion» (Belgiya) - 2022—..., ijara

Polsha milliy jamoasining 6ta o‘yinida maydonga tushgan

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:01, 11.02.2022. O'qildi: 3301 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.