Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9918 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3082 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.11.2025

      05:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      08:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      19:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      04:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.11.2025

      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 "Непобедимый".
      21:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 1-й заезд.
      22:10 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 2-й заезд.
      22:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 1-й заезд.
      23:35 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 2-й заезд.
      00:20 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия.
      04:55 "Непобедимый".
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.11.2025

      05:20 Новости.
      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Локомотив" (Новосибирск) - "Белогорье" (Белгород). Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Перу. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Габриэль Бонфим против Рэнди Брауна.
      03:25 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Игокеа" (Босния и Герцеговина) - "Уралмаш" (Россия).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.11.2025

      05:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2012 в Лондоне.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Супергигант.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      17:30 Велоспорт. Женщины. Мировой тур. Обзор сезона.
      18:30 Велоспорт. Мировой тур. Обзор сезона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Вероне, Италия.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Piter Shmeyxel: «Futboldan butunlay voz kechmaganman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy darvozaboni Piter Shmeyxel World Soccer nash­riga intervyu berdi. Uning suhbatdoshi britaniyalik mashhur jurnalist Alister Kempbell bo‘ldi.

- Kitobingizni o‘qib, ko‘p narsalarni bilib oldim. Masalan, baraban, gitara chalishingizni, ovoz yozish studiyangiz borligini...

- Endi yo‘q. «MYU»dagi davr­larimda bo‘lgandi. Bu ajoyib edi, chunki musiqa meni bir necha soatga bo‘lsa-da ortiqcha bosimdan uzoqlashtirardi. Ayniqsa, o‘yinlardan keyin najot vazifasini o‘tardi, tanangizda adrenalin ko‘p bo‘lsa, dam olish juda qiyin.

- Chempionlar Ligasi haqida gaplashsak. Barselonadagi o‘sha o‘yinda bo‘lganman va maydonda ro‘y bergan voqealarni yaxshi eslayman. Lekin eng hayratlanarlisi - o‘yindan so‘ng, o‘g‘lingiz Kasper va Teddi Sheringemning farzandi Charli kiyinish xonasida paydo bo‘lishgandi...

- Aql bovar qilmaydi. Ular buni qanday uddalashganini bilmayman. Chempionlar Ligasining bunday yirik o‘yinlarida juda ko‘p qo‘riqchilar bo‘lishadi. Akkreditasiyada sakkiztalik raqam mavjud. Qaysi raqamingiz borligiga qarab, sizga ma’lum joylarga kirishga ruxsat beriladi. Kiyinish xonalariga faqat futbolchi va xodimlar kirishiga ruxsat etiladi, boshqalarga mumkin emas. Muvaffaqiyatni nishonlayotganimizda, to‘satdan ular kirib kelishdi. Kasper endigina 13 yoshda edi. Ajoyib! Albatta, biz hammamiz birga suratga tushdik, chunki uni yaqin atrofda ko‘rish juda yoqimli edi.

- Faoliyatingizda Gari Nevill va Jeymi Karrager urgan gollarini qo‘shib hisoblagandan ham ko‘p gol gol urganingizni aytgansiz. Ancha ta’sirli so‘zlar va bu menga yoqqandi.

- Aslida Jeymi Karragerning gollari soni meniki bilan teng, faqat ulardan sakkiztasini o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ygan.

- Daniya termasi bilan Yevroda qo‘lga kiritilgan g‘alaba ko‘proq ahamiyatga egami yoki «MYU» bilan erishilgan YECHL g‘olibligi va «trebl»mi?

- Hech biri. Kasper Premyer-ligada chempion bo‘lganida ko‘proq quvondim. Bu men uchun eng ta’sirlanarli voqea edi.

- Unda boshqacharoq so‘rayman: oldingi voqeliklarning qaysi biri muhimroq?

- Rosti, ayta olmayman. Ehtimol, uchinchi variantni tanlagan bo‘lardim, chunki 27 yil ichida «MYU» uchun birinchi chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoada edim. Buning bir qismiga aylanish ajoyib edi.

- «MYU»ga, sobiq jamoadoshlaringizga qarshi o‘yin oldidan tunnelda turib o‘zingizni qanday his qildingiz?

-  Dahshatning o‘zginasi. Nafaqat «Manchester Siti», balki «Aston Villa» uchun ham. O‘zimni ikkinchi toifa o‘yinchisidek his qildim. Bu mening jamoam edi va men unda bo‘lishim kerak edi. Shunchaki dahshat...

- Kitobda «MYU»dan noo‘rin ketish» deb nomlangan bo‘lim bor. Demak, ketganingizdan afsusdasiz?

- Hozir 58 yoshdaman. Bularning bariga yoshimga qarab shakllangan boshqacha nuqtai nazar bilan qarayman. Hayotimning o‘sha davrida shunday qarorga kelganman, lekin hozir bunday qadam tashlashga qodir emasligimni allaqachon tushunganman. Juda charchagandim, jumladan, ruhiy jihatdan: 1998 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan mundialdan Braziliyaga yutqazib erta qaytdim. APLda «MYU» bilan «Arsenal»dan keyin 2-o‘rinni egalladim, vaholanki, o‘sha paytlari Chempionlar Ligasiga g‘oliblar yo‘l olishardi. Demak, bizni avgust oyi boshida «pley-off» o‘yini kutardi: atigi to‘rt haftadan so‘ng. Yozda to‘pig‘imni va tirsagimni operasiya qildirdim. Butun ta’tilni tiklanishga sarfladim. Shunday qilib, biz butun mavsumni, keyin JCHni o‘tkazdik va ular menga: «Bir hafta dam olishing mumkin», deyishdi. Tiklanish uchun ikki yoki uch hafta kerak bo‘ladi. Tanam oldingi holatiga kelishi kerak. Bir haftadayoq qaytib keldim. Mashg‘ulotga ketayotib: «Qo‘limdan kelmaydi. Boshqa chidolmayman», deb o‘yladim. Har kuni shu ahvol takrorlanardi...

- Hech kim sizni bunday qarordan qaytarishga urinmadimi?

- Yo‘q, ishontirishga jiddiy harakatlar bo‘lmagan.

- Portugaliyadagi faoliyatingiz o‘zgacha tarzda kechdi.

- Menga Portugaliya juda yoqdi. «Sporting»dagi birinchi o‘yinim fantastik bo‘ldi. 18 yildan beri chempion bo‘lolmayotgan va tish-tirnog‘i bilan «oltin»ga intilayotgan klubga borgandim. O‘sha yili bosh sovrinni qo‘lga kiritdik. Ajoyib murabbiy va o‘yin­chilar borligiga qaramay, negadir asosan mening xizmatlarimni e’tirof etishdi, aslida esa muvaffaqiyat jamoaniki edi.

- Keyin «MYU»ga qaytishga qaror qildingizmi?

- Ha.

- Kitobda ser Aleks haqida juda yaxshi gapirasiz, lekin shunday tasavvur uyg‘onadiki, go‘yo sizga xiyonat qilishgandek.

- Balki o‘sha payt shunday tuyg‘uni boshdan kechirgandirman va ha, qaytib kelish haqida kelishuvimiz bor edi. Va keyin u meni taqdir hukmiga havola etdi. Futbol nuqtai nazaridan, bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri edi. Men borib, Portugaliyadagi shartnomamni bekor qildim, chunki «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma tuzishga kelishib oldim. Biz Aleks Fergyuson bilan ikki hafta davomida gaplashdik. Hammasi yaxshi bo‘ldi. Keyin shartnoma bekor qilindi. Men mashinaga qaytib bordim va unga qo‘ng‘iroq qildim, javob bo‘lmadi. Qayta urinib ko‘rdim. Yana javob yo‘q. Ushbu holat bir necha bor takrorlandi. Yakunda klub kengashi raisining oldiga borgandim, «Bu mening vakolatimga kirmaydi, menimcha, u boshqa ish bilan band», dedi. O‘shanda biz uyga yaqinlashib qolgandik va mashinamni beixtiyor itimning ustiga yurgizdim.

- IYE, qanaqasiga?!

- Shunaqa. Uni veterinarga olib borishdi, kasalxonada qoldirib, hammasi yaxshi bo‘lishini aytishdi. Ko‘nglim to‘q edi, lekin endi nima qilishim kerak? Yevroda qatnashayotgan Daniya terma jamoasi ixtiyoriga qo‘shilish uchun ketishga majbur bo‘ldim. Kopengagenga qo‘nganimda, do‘stlarimnikiga bordim va o‘sha kuni kechqurun juda ko‘p ichdim. Ertasi kuni uyg‘ondim va telefonimda 50ta xabar bor edi - barchasi rafiqamdan. Itim o‘lgan ekan. Bu dahshatli kun edi. Har jihatdan juda va juda dahshatli kun.

- Rahbarlikni qo‘lga kiritishingizga nima xalal berdi?

- Vaqt. Ommaviy axborot vositalarida ishlay boshlaganimdan so‘ng, men juda yaxshi vaqt o‘tkazdim, Angliyada, boshqa mamlakatlarda, umuman, hamma yerda bo‘ldim, muntazam ravishda studiyalarga bordim. Va ko‘z ochib-yumguncha 15 yil o‘tdi. Endi juda kech edi, chunki men o‘ynaganimdan beri butun bir avlod o‘tdi. Qolaversa, bu men o‘ynaganimdan butunlay boshqacha o‘yin. Kundalik ishni to‘liq tushunib, moslashtira olishimga ishonchim komil emas.

- Demak, siz allaqachon bu haqda o‘ylashni to‘xtatdingizmi?

- Butunlay voz kechganim yo‘q, lekin keyingi hafta nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz. Kitobda men klublarni boshqarish ehtimoli yoki strategik rejalar haqida gapirganman. To‘liq taslim bo‘lmadim. Har doim bu eng to‘g‘ri va qulay imkoniyat bo‘lishi kerakligini aytganman. Hozir mening hayotim futbol bilan bog‘liq va bu ajoyib.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:34, 12.02.2022. O'qildi: 2214 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.