Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shavqatsiz futbol

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Jarohatlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 Futboldagi noziklik va go‘zallikni ko‘rganmiz. Ammo futboldagi shavqatsizliklarni ham aytib o‘tish joiz. Ko‘pchilik futbolchilar “millionlar o‘yini”dagi vaxshiylik tufayli muammolarga duch kelgan. Hali yosh bo‘lishiga qaramasdan, orzulari armonga aylanib, butsalarini mixga ilgan iste’dodlarning kelajagi bunday ayovsiz bo‘ladi deb kim ham o‘ylabdi deysiz. Shunday futbolchilar borki faoliyati qisqa bo‘ladi-yu biroq nomlari uzoq yillar davomida qalblarda saqlanib qoladi. Hozir esa faoliyatini jarohatlar evaziga erta yakunlagan taniqli 5ta futbolchini e’tiboringizga havola etamiz.

5. Alf-Inge Xoland

 Sizningcha Erling Xolandni sotib olishi mumkin bo‘lgan jamoalar orasida "Manchester Siti" nega har doim favoritlar qatoriga kiradi? Albatta bunga asosiy sabab, otasining ortidan shu yerlarga kelib qolgani va yoshligi o‘tgan bu jamoaga bo‘lgan hurmatidir. O‘tgan asrning oxirlarida Norvegiya terma jamoasi hamda "Lids"da o‘zini ko‘rsatib "Manchester Siti" nazariga tushgan   Alf- Inge Xoland 2001 yildagi bir voqeadan so‘ng ko‘pchilikning xotirasiga muhrlanib qoladi. Manchester derbisida Roy Kindan qattiq tepki yegan Alf shu zahotiyoq shifoxonaga yotadi. 2003 yilga kelib u chap oyog‘ini operasiya qildiradi va shu bilan 30 yoshida karyerasini yakuniga yetkazadi. Ammo keyinchalik bunda Roy Kinning umuman aybsizligi, u Ingening o‘ng oyog‘iga zarba bergani, muammo esa chap oyog‘ida ekanligi aniq bo‘ladi. Alfning o‘g‘li Erling Xoland hozirgi futbol dunyosida shunchaki tepki yeydigan futbolchi emas. Menimcha, boshqalar undan zarba qabul qilib olishi haqiqatga yaqinroq.

4.Uli Xyonnes

 Chempionlar ligasi kubogining 3 karra sohibi, Germaniya bilan Yevropa chempionati hamda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Hyonnes ham faoliyatini erta tugatishga majbur bo‘lgan. 1975 yil Chempionlar ligasi finalida Hyonnes tizzasidan og‘ir jarohat oladi va maydonni tark etadi. Bir necha yillardan so‘ng yana katta futbolga qaytadi. Oldingi formasida o‘ynay olmagan forvardga faoliyatining so‘ngi yillari juda qiyin kechadi. Tizzadagi muammo surunkali bo‘lib, har yili halaqit berar edi. Natijada futbolchi 27 yoshidan so‘ng boshqa futbol o‘ynamaydi. Atigi 9 yil ichida 350 ta o‘yinda maydonga tushib 122 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan "Bavariya" afsonasi jonajon klubidan ketmadi. Dastlab murabbiy, keyinchalik klub prezidenti sifatida jamoasining yanada kuchli bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.

3. Matias Zammer

“Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan kamyob futbolchilardan biri Matias Zammer 30 yoshigacha futbol o‘ynadi. Faoliyatini yarim himoyachi pozisiyasida boshlab, professional himoyachi sifatida yakunlagan Germaniyalik futbolchining tizzasidan olgan jarohati unchalik jiddiy emas edi. Operasiya paytida tanasiga infeksiya tushib, futbolga qaytishi qiyin bo‘ldi. Oldingi formaga qaytish uchun qilingan barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Shundan so‘ng 1998 yilda Zammer futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.

2. Sebastyan Daysler

 O‘z davrining eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblangan Sebastyan Daysler Germaniya terma jamoasiga juda erta chaqirilgan. U gohida qanot yarimhimoyachisi, gohida qanot himoyachisi pozisiyalarida o‘ynab o‘ng qanotni yondirib tashlar edi. Dayslerning o‘yinlaridan zavqlangan "Bavariya" rahbariyati 2002 yilda uni jamoaga taklif qilishadi. O‘yinlardan birida futbolchi tizzasidan og‘ir jarohat oladi. Shu tufayli bir yilda besh marta operasiya qilinadi. Jarrohlik amaliyotlaridan charchagan Sebastyan keyinchalik ruhiy tushkunlikka ham tushib qoladi. Uzoq yillik davolanishlardan so‘ng tuzaladi va tugallanmagan faoliyatiga 27 yoshida nuqta qo‘yadi.

1. Marko van Basten

 "Milan"dagi faoliyatini shu qadar erta yakunlanganiga qaramay, niderlandiyalik futbolchi ajoyib hujumchiga aylana olgan. Uning Yevropa chempionati final o‘yinida SSSR terma jamoasi darvozasiga urgan goli hali hamon ko‘plab muxlislarni hayratga soladi. Van Bastenni yoshligidan buyon bitta muammo qiynar edi. Bu muammo uning tizzalarida edi. Ammo u futbol o‘ynashni davom ettirishga qaror qilgan. Faoliyati davomida Marko har doim oyog‘idagi og‘riqlardan aziyat chekardi, shu sababli u bir nechta operasiyalarni o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 28 yoshida “lolalar o‘lkasi”da to‘g‘ilgan hujumchi futbolni tugatish vaqti kelganini tushunib yetadi.

«Faoliyatimni tugatishga qaror qildim, chunki to‘pig‘im bir necha oy davomida og‘riq sezmoqda. Ikki hafta oldin men doktorim bilan gaplashdim. Men endi faoliyatimni tugatishim kerakligini tushundim", - deydi Marko.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:08, 17.02.2022. O'qildi: 5436 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик