Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Nasaf» FIFA bilan bog‘liq muammoni hal qildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qarshining «Nasaf» klubi fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite bilan imzolangan shartnoma shartlarini bajarmagani uchun FIFA tomonidan transfer taqiqiga uchragandi.

2021 yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi «Nasaf» futbol klubi va fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unda ko‘rsatilishicha, «Nasaf» futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA «Nasaf» futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish bergandi.

PFL direktori Diyor Imomxo‘jayevning telegramdagi kanalida ma’lum qilishicha, Qarshi klubi muammoni bartaraf etgan.

«Nasaf» FIFAdagi masalani hal qildi va bu bo‘yicha tashkilotga bildirishnoma kiritdi. Tez orada yaxshi yangilik kutyapmiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite 2020 yilning 7 fevral kuni «Nasaf»ning Turkiyadagi yig‘inida ishtirok etib, Qarshi klubi bilan shartnoma imzolagan. Biroq klub ko‘p o‘tmay 31 yoshli markaziy himoyachi bilan kelishuvni bekor qilgan va Diakite rasmiy o‘yinda maydonga tushmay, jamoani tark etgandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:40, 19.02.2022. O'qildi: 2965 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик