Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Inter
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • 3:2
      • Alaves
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • -:-
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 27 54
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 27 35
10 Atletik Bilbao 27 35
11 Osasuna 27 34
12 Valensiya 27 32
13 Rayo Valyekano 27 31
14 Sevilya 27 31
15 Jirona 27 31
16 Alaves 27 27
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 27 18

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona
27-тур Vilyarreal 2-1 Elche
27-тур Xetafe 2-0 Betis
27-тур Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
27-тур Valensiya 3-2 Alaves
27-тур Espanyol 1-1 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Alaves - Vilyarreal
14/03/26 Jirona - Atletik Bilbao
14/03/26 Atletiko - Xetafe
14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol olamidagi g‘alati ishlar...

Baho:
+-1 | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bor-yo‘g‘i 90 ming aholi istiqomat qiladigan Gisen shahridagi mo‘’jazgina pisseriya manziliga UYEFAdan norozi mazmundagi xat keldi. Milliardlar aylanadigan korporasiyaga pissaning «Shampionyonlar ligasi» deb nomlangani yoqmagan. Bunday so‘z o‘yinini dunyoda millionlab odamlar ishlatishadi, shu bois, pisseriya egalari da’voni mutoyiba bilan qarshi olishdi. «Bizga - futbol olamidagi bolalar uchun bu sharafdir! UYEFAdan reklama? Jiddiy aytyapsizmi?»

UYEFAdagi mutasaddilardan biri tasodifan pissa nomini ko‘rib, Shveysariyadagi kontoraning yuridik bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildi. U yerda futbolning real muammolari bilan shug‘ullanishga vaqt topolmaydiganlar immigrantlar biznesi bilan sudlashishni o‘zlariga ep ko‘rishdi. Ular «Barbara Streyzand effekti» - ahmoqona senzura taqiqlangan narsaning ommalashishiga sabab bo‘lishini bilib olishsa ziyon qilmasdi.

Pisseriya xo‘jayini «Shampinyonlar pissasi»ning muzlatilgan variantini Neapol uslubida reklama qiladi. Endi nemislar uni buyurtma qilishadi, UYEFAdagilar esa mittiy biznesga qarshi shikoyat bema’ni ko‘rinayotganini tushunishdi. Pisseriya egasi olgan xatda serg‘ayrat ishchiga sud bilan tahdid qilingan.

Endilikda «Shampinyonlar ligasi» pissasini ortiqcha yuridik oqibatlarsiz sotish mumkin. Bu mantiqan to‘g‘ri qaror, zero da’vo kiritilgan taqdirda nemis pisseriyalaridan tashqari boshqalar ham fikrdoshlik asosida o‘z menyulariga «Sham­pinyonlar ligasi» pissasini kiritishardi, o‘n minglab da’volar kiritish uchun zararli va bema’nilik.

 

30 ming dollarlik topilma

Angliyalik forvard Daniel Starrijning Los-Anjelesdagi uyidan sevimli iti Laki Luchchini o‘g‘irlab ketishdi. Zotdor jonivor uchun futbolchi 4 ming funt to‘lagandi, ammo Starrij pulni o‘ylamayotgandi. U Laki Luchchini qaytarishsa, o‘n minglab pul to‘lashga tayyorligini bildirdi. G‘alati holat, axir kuchukni o‘g‘irlashganida, uning uchun garov puli talab qilishardi.

Buning o‘rniga Starrijga soatiga 14 ming dollar oladigan qo‘riqchi, uch farzandning otasi, 30 yoshli mister Vashington maktub yozdi. Uning o‘g‘li do‘sti bilan itni topib, uyiga olib kelgan. So‘ngra futbolchining e’lonini ko‘rib qolib, kuchuk haqida xabar berishgan. Laki Luchchining qorin qismidagi yung raqam ko‘rinishida qirqilganligi sababli, Starrij it o‘ziniki ekanligini tushundi.

Mister Vashington itni qaytarib, Danielga mukofot puli haqida eslatdi. Futbolchi ommaviy ravishda xaloskoriga pul berganini aytib, yolg‘on gapirdi, keyin esa advokatlar kelishdi. Da’vogar 30 ming dollarni sud orqali undirishga qaror qildi. Los-Anjelesda bunday da’volarga o‘rganib qolishgan, uch farzandi bor amerikalik badavlat angliyalik ustidan sudga murojaat etsa, unga topilma uchun mukofotni undirib berishardi. Starrijni hech kim majburlamagan - u o‘z og‘zi bilan o‘n minglab pul berishga tayyorligini ommaga ma’lum qilgan.

Darvoqe, Lakining ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifasi bor. Uni, aftidan, Starrijning rafiqasi yuritadi, chunki kuchukning nomidan Danielni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, futbolchini «ota» deb ataydi. Uy jonivorlarining akkauntlari orqali mashhurlarning «farzandlari» ekanliklari yozilishi - nosog‘lom urf-odat. Mister Vashington esa ko‘plab nafratomuz xabarlarni oldi, axir xalq uning Starrijdan surbetlarcha pul undirganidan xabardor. Daniel endi tushundi: qo‘riqchining do‘stlari itni mukofot uchun o‘g‘irlashgan.

 

Mesut O‘zil va noto‘g‘ri butsalar

Jahon chempioni - g‘alati yigit, shunchalik badavlatki, xususiy klub sotib olishga tayyor. Mesut tez-tez sudga qatnaydi. Bir safar soatiga 97 mil (156 kilometr) tezlikni mil va kilometrlar farqiga bormasligi bilan izohlagandi. Qizini eltib qo‘yishi kerakligini, shu bois, haydovchilik guvohnomasini olib qo‘ymasliklarini so‘ragan. Sudya esa mantiqiy fikr yuritib, bunday tezlikda bola bilan yurish noto‘g‘ri ekanligi, haydovchi yollashi mumkinligini aytib, Mesutning hujjatlarini olib qo‘ydi.

Futbolchi otasini xususiy marketing kompaniyasidagi lavozimidan ozod etganida, u farzandini sudga berib, yarim million yevrodan ko‘proq pul talab qilgandi. Natijada, sudlashmaslik uchun otasiga pul berishga majbur bo‘lgandi. Eng noqulay vaziyat O‘zil sport ekipirovkalari ishlab chiqaradigan germaniyalik homiysi tufayli amerikalik homiysini sotishga qaror qilganida ro‘y bergandi.

Ikki kontora o‘rtasida sportchilar tufayli muntazam nizo kelib chiqar, 2013 yilda amerikaliklar tomonidan O‘zil ustidan qilingan da’vo «dard ustiga chipqon» bo‘ldi. Mesut Adidas bilan muvaffaqiyatli kelishuv imzoladi, ko‘pmillionli shartnoma evaziga bir necha o‘ng minglab yevroga ega chiqdi. So‘ngra G‘arb kompaniyalarini cho‘chitadigan Turkiya prezidenti bilan do‘stlashdi. Shuningdek, ular xitoylik kommunistlar bilan janjallashishdan hayiqardilar, natijada, O‘zilning uyg‘urlar holati haqidagi bayonotidan so‘ng u bilan bitimni uzaytirishmadi.

 

Ayol futbolchilar Marshall qonuniga qarshi

Talab va taklif qonuni haqida deyarli hamma eshitgan. Kembrij professiori XIX asrdayoq uning yakuniy ifodasini bergan, ammo o‘shandan buyon hech narsa o‘zgarmagan. Qonunni manipulyasiya qilishga urinishlar bo‘lganiga qaramay, barchasini bozor hal qiladi. Shu bois, AQSH ayollar termasi futbolchilari sudga murojaat etib, erkaklar bilan bir xil maosh olishni istaganlarida, yakunda yutqazishgandi.

Sudya Gari Klausnerning aniqlashicha, AQSH futbol federasiyasining kollektiv kelishuvga ko‘ra, ayollar termasi, aksincha, umumiy hisobda ham, bir o‘yin uchun o‘rtacha hisoblaganda ham ko‘proq pul oladi. Rapino boshchiligidagi jamoa Los-Anjelesda mashhur bo‘lgan «ayollar va erkaklar mehnatiga teng haq to‘lanmasligi» mavzusidan qurol sifatida foydalanmoqchi bo‘ldi. Mazkur holatda, mashhurlik bobida erkak futbolchilardan past hisoblanadigan ayol futbolchilar ko‘plab ayol sportchilar yoki boshqa kasbdagi ayollarga nisbatan ko‘proq pul topishayotganini inobatga olishmagan. Bozor qonuni amalda. Agar ayollar futboli ham erkaklar futboli singari daromadli shou bo‘lganida, o‘yinchilarning klub va termadagi maoshlari proporsional tarzda oshardi.

Da’vogarning ayol futbolchilarga ko‘proq pul to‘lanishi kerakligi, chunki ular muvaffaqiyat bobida ustun ekanliklarini ta’kidlashi sud tomonidan g‘alati deb topildi, axir ikki parallel industriyani o‘zaro solishtirishmoqda. Erkak futbolchilarga ajratiladigan mukofot pullari jahon chempionati va terma jamoalar qatnashadigan boshqa yirik turnirlardagi daromad hisobiga shakllantiriladi, ayollar jamoalarining bu boradagi daromadlari sezilarli darajada kamdir. Tengsizlik deganda, bir xil saviyadagi ikki xodimga gender tufayli turli pul to‘lanishi tushuniladi.

Kutilganidek, amerikalik futbolchi qizlar sudning birinchi instansiyasidayoq yutqazishdi, qolaversa, bir xil tarmoqdagi ayollar va erkaklar mehnatiga teng haq to‘lanishi bo‘yicha harakatga ham zarba berishdi. AQSHdagi ushbu harakatga aktyorlarga ko‘proq pul to‘lanishidan shikoyat qilgan Gollivud aktrisalari ham ziyon keltirishgandi. Xalq kamdan-kam hollardagina hayotdan noliyotgan badavlatlarga achinadi. Sudlashishni esa yaxshi ko‘rishadi.

Dmitriy Xoxlov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari familiyasi tufayli taqiqqa uchraganda, Facebook va Instagram vakillarini sudga bermoqchi bo‘ldi. Ushbu sud ishi bir necha kunlardan so‘ng davom etadi. Ammo milliard­lar mablag‘ sarflab, botlar armiyasi to‘plandi, ular nafrat olovini yoqib, shovinizmni erkalatib yuborishdi. Senat Sukerberg kontorasini Myanma aholisiga nisbatan ishlatilayotgan genosidga xayrixohlik qilganda aybladi.

Shunday ekan, agar Xoxlov Rossiya sudidagi da’voda yutib chiqsa ham, axborot gigantlari o‘z siyosatlarini o‘zgartirishmaydi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:30, 21.02.2022. O'qildi: 2792 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.