Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
  • AFC U-23
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • 2:0
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • 0:1
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • 2:0
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • 1:1
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 3 9
2 Iordaniya 3 6
3 Saudiya Arabistoni 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 3 9
2 BAA 3 4
3 Suriya 3 4
4 Qatar 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 Janubiy Koreya 3 4
3 Livan 3 3
4 Eron 3 2

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Xitoy 2 4
2 Avstraliya 2 3
3 Iroq 2 2
4 Tailand 2 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
3-тур Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
3-тур O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
3-тур Eron 0-1 Livan
3-тур Yaponiya 2-0 Qatar
3-тур BAA 1-1 Suriya

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Iroq - Avstraliya
14/01/26 Tailand - Xitoy

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qo‘ldan chiqqan «yulduzcha»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hozirgi «Arsenal» hujum chizig‘ida sifatli ijrochiga ehtiyoj sezmoqda. Jamoa 32 yoshli qaysar Pyer-Emerik Obameyangni erkin agent sifatida qo‘yib yubordi. 30 yoshli Aleksandr Lyakazett o‘zidan kutilayotgan sermahsullikni namoyish etolmayapti. 26 yoshli Nikolya Pepe pulni noto‘g‘ri ishlatishning yorqin namunasi, 20 yoshli Gabriel Martinelli esa baribir, hali yosh va barqarorlikka erisholmayapti...

Yanvarda serbiyalik forvard Dushan Vlaxovichning «Arsenal»ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar ko‘paygani bejiz emas, ammo u yakunda Italiyada qolib, «Fiorentina»ni «Yuventus»ga almashishga qaror qildi. Aynan turinliklar bugungi maqolamiz qahramoni Stefi Mavididini 2018 yilning yozida «kanonirlar»dan 1,5 million yevro evaziga xarid qilishgandi. Biroq kelib chiqishi kongolik bo‘lgan futbolchi Londonda qanchalik muvaffaqiyatsiz to‘p surgan bo‘lsa, «Yuventus»da ham ayni holatga tushdi.

Demak, Stefi Mavididi haqida. Derbida tug‘ilgan bolakay futbolga «Sautend Yunayted» bolalar jamoasi orqali kirib keldi, 13 yoshidan esa «Arsenal» akademiyasiga ko‘chib o‘tdi. Londonda hujumkor futbolchining iqtidori yuqori baholandi, biroq asosiy tarkibga kiritishga jazm etmadilar. Mavididi aksariyat iste’dodli yoshlar singari ijara yo‘lini bosib o‘tdi - uni vaqtincha «Charlton» va «Preston» ixtiyoriga topshirishdi. Umuman, Stefi mazkur jamoalarda yomon o‘ynamadi, ammo porlamadi ham, qolaversa, ushbu bosqichda jarohatlar uning faoliyatini murakkablashtirdi. «Charlton» safida Mavididi ikki marta noma’lum muddatga safdan chiqdi - dastlab sonidagi mushaklari shikastlanishi sabab uch oy o‘ynamadi, so‘ngra tizzaosti paylari cho‘zilishi tufayli ikki oyni o‘tkazib yubordi.

2018 yilning yozida Mavididi «Charlton»dagi ikkinchi ijaradan so‘ng «Arsenal»ga qaytdi, ammo Londonda ortiq qolishni istamadi. «Kanonirlar» salohiyatli yigitchani mashg‘ulotlar jarayoni hamda asosiy jamoa o‘yinlariga jalb etishga shoshmadilar. Stefi esa Chempionship va Liga 1 jamoalarida ijarada o‘ynashdan ko‘prog‘iga loyiqligini his etardi.

Shu pallada gorizontda «Yuventus» paydo bo‘ldi. Jorjo Kyellinining skautlik bilan shug‘ullanuvchi akasi Mavididini kuzatib, Turin klubiga uni tavsiya qilib, shartnoma imzolashga undadi. Dastavval «Keksa sinyora» Stefini yoshlar jamoasida o‘ynatishni ko‘zlagandi, biroq deyarli bir mavsum davomida «Yuventus» rahbariyatining rejalari o‘zgarib ketdi, o‘sha kezlari klubning Krishtianu Ronaldudek yulduzi bor edi.

«Qaysidir pallada «Arsenal»dagi vaqtim yakunlanganini tushunib yetdim. 8 yilni o‘sha yerda o‘tkazdim, ammo keyinroq «Yuventus»dan qo‘ng‘iroq keldi va baxtiyorlikdan boshim ko‘kka yetdi - bu o‘zgacha tuyg‘u edi. Skaut bilan gaplashdim, u ma’lum muddat maydondagi harakatlarimni kuzatganini ta’kidladi. Uning aytishicha, so‘nggi uch yildagi barcha eng yaxshi o‘yinlarim yodida ekan. Bu ajoyib edi, unga uchrashuvlarda aynan qaysi harakatlarim mamnun bo‘lishi mumkinligini o‘zim ham eslolmadim. «Yuventus»dan chorlov bo‘lar ekan, rad etishim mumkinmidi? Uzoq o‘ylanib o‘tirmadim. Menga loyiha ham, ko‘p narsalarni o‘rganish imkoniyati tug‘ilgan ma’qul keldi. Asosiy jamoada o‘tkazgan dastlabki mashg‘ulotimni unutmayman, bu go‘yo kecha sodir bo‘lgandek. O‘shanda ilk bor Krishtianu Ronalduni ko‘rgandim», - deydi Mavididi.

2019 yilning 13 aprelida Stefi «Yuventus» safida «A» seriya doirasidagi SPALga qarshi safar o‘yinida (1:2) debyutini nishonladi. O‘sha uchrashuvda garchi turinliklar hisobni ochishgan bo‘lsada, ularga omad kulib boqmagandi. Massimiliano Allegri ikkinchi bo‘limda Mavididini maydonga tushirishga qaror qildi, o‘sha payt tabloda 1:1 hisobi porlab turardi. Garchi «Keksa sinyora» yakunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, keyingi turda «Fiorentina» ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

«Esimda, SPALga qarshi o‘yin arafasida kiyinish xonasidan oxiri men chiqqandim, o‘shanda Allegri so‘ragandi: «Tayyormisan?». Men esa: «Albatta, tayyorman», deb javob qaytargandim. Maydonga tushishni orziqib kutayotgandim. 69-daqiqada Moyze Kinning o‘rnini egalladim, o‘sha lahzalarni umrbod unutmayman. Allegrining menga asosiy jamoa tarkibida to‘p surish imkonini bergani o‘z kuchimga yanada ko‘proq ishonishimga sabab bo‘ldi, murabbiyning ishonayotganini his etib turardim»,- deydi Mavididi.

Ammo voqealarning keyingi rivoji Stefini «Yuventus» asosiy tarkibiga kiritmadi, balki klubdan ketishiga olib keldi. Tez orada yosh forvard otasining vafoti haqida qayg‘uli xabarni oldi. Uni klubdan bir necha haftaga qo‘yib yuborishdi, Mavididi padari bilan xayrlashishi, oilasi yonida bo‘lishiga imkon berildi, biroq Stefi Turinga qaytganidan so‘ngi Allegri «Keksa sinyora» bosh murabbiyligidan ketayotganidan xabar topdi - aynan shu mutaxassis vingerning iqtidoriga ishongandi.

2019 yilning yozida «Yuventus» Mavididini «Dijon»ga ijaraga berdi va Stefi nihoyat, shu klubda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Natijada, mahoratli futbolchi Liga 1da 24ta o‘yinda 5ta gol urdi, 2020 yilning yozida esa «Monpelye» qahramonimizni sotib olmoqchiligi haqida Turinga so‘rov jo‘natdi. «Yuventus» ortiqcha tortishib o‘tirmadi, 6,3 million yevroga kelishib, Mavididini doimiy to‘p surish uchun Fransiyaga qo‘yib yubordi.

«Paladinlar» shu tariqa ajoyib futbolchiga ega bo‘lishdi, hozir u jamoada eng yaxshilardan biri sanaladi. «Monpelye»ning o‘zi keyingi mavsumda yevrokuboklarda qatnashish uchun kurashmoqda, Mavididi tomonidan urilgan gollar esa jamoaning, jumladan, «Monako» (3:2) va «Lans»ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratishida qo‘l keldi. Ehtimol, Stefining Fransiyadagi muvaffaqiyatlaridan kelib chiqsak, «Arsenal» 2018 yilda futbolchini qo‘yib yuborganidan achinayotgandir. Yosh vingerga asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsatishiga imkon bermay, Italiyaga qo‘yib yuborishdi, endilikda esa, Mikel Artetaga hujum chizig‘ida sifatli ijrochilar yetishmayotgan pallada, «kanonirlar» afsuslanishayotgan bo‘lsa, ajabmas.

Matbuotda Mavididining «Arsenal»ga qaytishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi, boz ustiga, «Monpelye» o‘ziga to‘q klublar sirasiga kirmaydi va durustroq taklif tushgan taqdirda «yulduzcha»sini sotish uchun muzokara o‘tkazishga doimo tayyor turadi. Umuman, so‘nggi paytlarda Angliya Premyer-ligasida iqtidorlarni tarbiyalashga ortiqcha e’tibor qaratilmayotgandek, go‘yo. Misol uchun, «Chelsi» Temmi Abraxamni «Roma»ga osonlikcha qo‘yib yubordi, ushbu hujumchi hozir «bo‘rilar» safida eng yaxshilardan biriga aylangan. Vaholanki, «ko‘klar» avval ham shu kabi noto‘g‘ri qarorni qabul qilishgan, Romelu Lukakuni qo‘yib yuborib, keyinchalik katta pulga qaytarishgandi.

Agar klublar va futbolchi transfer masalasida kelisha olsalar, ehtimol, yozda Mavididini yana «Arsenal»da ko‘rarmiz. «Kanonirlar» muxlislari uchun bu ajoyib voqeaga aylanadi, londonliklar menejmenti esa uzoqni ko‘ra olmaslik tufayli qo‘­yilgan xatoni tuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 21.02.2022. O'qildi: 1967 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливан Leonardo Shahin 4
2 Иордания Ali Azayzeh 3
3 Япония Ryunosike Sato 3
4 БАА Ali al-Memariy 2
5 Япония Ozeki 2
6 Саудия Арабистони Rakan al-G‘amdiy 2
7 Вьетнам Nguyen Din Bak 2
8 Ўзбекистон Sardorbek Bahromov 1
9 Ўзбекистон Ravshan Xayrullayev 1
10 Ўзбекистон Amirbek Saidov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.