Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Toychoqlar» «cho‘pon»siz qolishdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda nemis futboli jamoatchiligini kutilmagan yangilik larzaga keltirdi. Shu paytgacha Myonxengladbaxning «Borussiya» klubida sport direktori vazifasini ado etib kelgan chinakam afsona - Maks Eberl jamoani tark etdi. Quyidagi material «Borussiya-Park»da ajoyib loyihani voqelikka aylantirgan fidoyi mutaxassis faoliyatiga bag‘ishlangan.

Ortda qolgan 20 yildan ko‘proq vaqt, aniqrog‘i, 8429 kundan keyin 48 yoshli mutaxassis faoliyatiga parda tort­di. Uning davrida «toychoqlar» safidan yetishib chiqqan Marko Roys, Dante, Xuan Arango, Mark-Andre ter Shtegen, Granit Jaka kabi ko‘pgina futbolchilar mashhur «ayg‘irlar»ga aylandilar. Jamoa esa yil sayin qaddini rostlab, elitadagi o‘rnini saqlab qolishga intiladiganlar guruhidan o‘rtamiyonalar safiga ko‘tarildi. Keyin «Borussiya» sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan asosiy raqobatchilar davrasida yevrokubok musobaqalarining doimiy ishtirokchisiga aylandi. Shu tariqa jamoa va muxlislarda o‘tgan asrning 70-yillaridagi porloq davrni tiklash umidi paydo bo‘ldi. Maks Eberl o‘zining o‘rinli qarorlari bilan muvaffaqiyatga sezilarli hissa qo‘shdi.

Futbolchi sifatida «Bavariya», «Boxum» va «Groyter-Fyurt» sharafini himoya qilgan bo‘lajak mutaxassis faoliyatini aynan «toychoqlar» safida yakunlagach, yangi sohaga 2005 yilda yoshlar akademiyasining koordinatori maqomida kirib keldi. 2008 yilda sobiq futbolchini sport direktori lavozimiga taklif etishdi.

Lekin Gladbaxda Maks faqat kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal etish bilan kifoyalanib qolgani yo‘q, u bir qator strategik rejalarni amalga oshirishda ham faol ishtirok etdi. Maks Eberl davridagi dastlabki to‘liq mavsumdan boshlab «Borussiya» o‘rtacha 52tadan gol urdi. Undan avvalgi 12 mavsumning o‘rtacha ko‘rsatkichi 39ta golga teng bo‘lgandi. Sobiq sport direktori davridagi 12 mavsumni «toychoqlar» o‘rtacha 12-pog‘onada yakunlagan bo‘lsalar, yangi sport direktori ularni o‘rtacha 7-o‘ringa olib chiqdi. Oxirgi 12 mavsumning 6tasini «Borussiya» yetakchi oltilikda yakunlagandi. Shu mavsumlarda jamg‘argan ochkolar bo‘­yicha esa, jamoa faqat «Bavariya», dortmundlik nomdosh raqibi va «Bayer»ni oldinga o‘tkazib yuborgan holda, 668 ochko bilan 4-o‘rindan joy oldi.

Shuningdek, Eberlning «Borussiya»si 4 marta YECHLda ishtirok etib, 3 marta guruh bos­qichida to‘p surishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, jamoa YELda 3 mavsum to‘p surdi, 2020|2021 yillar mavsumida «Real», «Inter» va «Shaxtyor» joy olgan «o‘lim guruhi»da nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mazkur natija Maks Eberl uchun sport direktori lavozimidagi eng yuksak ko‘rsatkich sifatida ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Gladbaxdagi faoliyati davomida Eberl 7 nafar murabbiy bilan hamkorlikda ish yuritdi: Xans Mayer, Mixael Frontsek, Lyusyen Favr, Andre Shubert, Diter Xekking, Marko Roze va Adi Xyutter. Bu borada sport direktori mantiqan to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish bilan jamoaning bosqichma-bos­qich rivojlanishini ta’minlay oldi.

Maks Eberlning muvaffaqiyatini ta’minlagan yana bir sevimli quroli - sayqal berilmagan noyob iqtidorlarni o‘z vaqtida aniqlay olish xususiyati. Aynan shu fazilati tufayli, u Marko Roysni kashf etgandi. «Xans Mayerning menga bergan savolini yaxshi eslayman: «Maks, 4ta gol urgan 2-Bundesliga o‘yinchisi uchun 800 ming yevro ko‘p emasmi?» Xansning shunday mazmundagi mulohazasidan so‘ng, sizda mo‘ljallayotgan rejangizga shubha paydo bo‘lishi aniq. Biroq Marko ishonchimni qozongan, ichki sezgi ulkan salohiyat sohibini xarid qilayotganimizni aytib, menga dalda bergandi. 800 ming yevro o‘sha paytda «Gladbax» uchun katta mablag‘ hisoblansada, fikrimdan qaytmadim», - degandi Eberl.

Keyin nima bo‘lganini futbol muxlislari yaxshi biladilar. 2011 yilda jamoani quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qolgan Roysning transfer qiymati geometrik prog­ressiyada qimmatlasha boshladi, 12 oydan keyin esa u «Borussiya»ni 4-o‘rin sohibiga aylantirdi. 2012 yilning yozida «toychoqlar» o‘z xaloskorlari bilan xayrlashishga majbur bo‘ldilar. Chunki Marko qadrdon Dortmundga qaytishga qaror qilgandi. Bir paytlari «qovog‘arilar» rad etgan ozg‘in quvg‘indining qisqa vaqt ichida Bundesliga mega-yulduziga aylanishiga Eberlning ziyrakligi va qat’iyati sabab bo‘lgandi.

Gladbaxliklar sport direktorining navbatdagi zafarli yurishi biroz «soya»da qolib ketgan bo‘lsada, o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. 2009 yilda «Malyorka»dan kelgan Xuan Arango «Borussiya-Park»da ancha vaqt o‘z salohiyatini yuzaga chiqara olmadi. Hatto jamoaning o‘sha davrdagi bosh murabbiyi Lyusyen Favr ham unga bo‘lgan ishonchni butunlay yo‘qotgandi. Lekin venesuelalik futbolchi keyinchalik o‘zining ajoyib o‘yinlari va gollari bilan shubhaga o‘rin qoldirmadi.

Arangoning Gladbaxdagi debyut goli o‘ta chiroyli uslubda amalga oshirilgandi. Agar Manuel Noyer bo‘lmaganida, Mark-Andre ter Shtegen uzoq vaqt Bundestim darvozasini qo‘riqlagan bo‘lardi. Garchi Eberl uning xarid qilinishiga aloqador bo‘lmasada, Lyusyen Favrga asosiy tarkibning ikkinchi darvozaboni roliga tavsiya etgandi. «U Germaniyadagi eng mohir kiperlardan biri», - Maks Eberlning bergan bahosini ter Shtegen «Kyoln»ga qarshi Reyn derbisidagi ishonchli o‘yini (5:1) bilan isbotladi. Mark-Andre sal avvalroq, 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoa safida qit’a chempionatida ishtirok etgan va 5 uchrashuvda atigi 2ta to‘p o‘tkazib yuborib, g‘oliblikni ta’minlagandi.

Barselonaliklar taklifini rad etishning iloji yo‘qligini avvaldan his etgan Maks jahon miqyosidagi yangi yulduzni kashf etdi. Uning iste’fosidan ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topgan Granit Jaka ko‘plab kasbdoshlari qatorida Eberlga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi. 2012 yilda «Bazel»dan xarid qilingan shveysariyalik futbolchi 4 yildan keyin «Arsenal» safiga o‘tib, klubiga katta daromad keltirgandi. «Gladbaxdagi shart-sharoitlar uchun Maksni juda hurmat qilaman. U inson va menejer sifatida o‘ta samimiy va to‘g‘riso‘z, doimo o‘yinchilarga yordam berishga shay. Rasman u - sport direktori, ammo hayotda... Men uni futbolni miridan sirigacha puxta o‘zlashtirgan, kerakli pallada tegishli qarorlarni qabul qiladigan buyuk shaxs sifatida  hurmat qilaman», - degandi Jaka 2020 yili.

Gladbaxda Maks yorqin faoliyat yuritdi. Biroq Jakaning fikricha, u har qanday boshqa jamoada ham shunday muvaffaqiyatga erisha olishiga shubha yo‘q: «U futbol olamini yaxshi biladi, klub va jamoasi ehtiyojlarini aniq his etadi. Qisqasi, Maks - o‘z vazifasini a’lo darajada maromiga yetkazadigan mutaxassis».

Ha, Bundesliga o‘ta noyob funksionerdan judo bo‘ldi. Qiziq, bu yo‘qotish Gladbaxning «Borussiya»siga qanday ta’sir etarkin?

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:40, 28.02.2022. O'qildi: 2570 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.