Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLning kutilmagan yulduzi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kurt Zumaning xurmacha qiliqlari tufayli «Vest Xem»da dovruq qozonish qiyindek tuyulmoqda. Yo‘q, jamoa hamon futbolni yaxshi o‘ynamoqda, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish harakatida. Zamonaviy «bolg‘achilar» yetakchilaridan biri - 25 yoshli vinger Jerrod Bouen. U ajoyib formaga kirdi: so‘nggi 11 o‘yinda 12ta samarali harakat (8 gol, 4 assist). Umumiy hisobda, Jerrod APL-2021|2022da «gol+pas» tizimi bo‘yicha 16 ball to‘pladi - undan oldinda faqat Muhammad Saloh (25) bor. Quyidagi materialda APLning yangi yulduzi bilan tanishtirdi.

«Bu mavsum «Vest Xem»da Bouendan muhimroq boshqa hech kim yo‘q, - dedi Sky eksperti Mayka Richards faxrlanib. - Uning rivojlanishini bir ko‘ring. Jerrod o‘yindan-o‘yinga yaxshilanib bormoqda. U jamoasiga shunchalik ko‘p ochko olib beryaptiki, go‘yo yakka o‘zi klubni Chempionlar Ligasiga olib chiqadigandek».

Faqat futbol

Jerrodning hayoti - misoli serial. U kamtarona Leminster shaharchasida tug‘ilgan. 12 yoshida ilk bor mahalliy «Xereford» klubi akademiyasiga kirib, qisqa muddatda murabbiylarda yorqin taassurot qoldirdi. Iqtidorli bola haqida «Kardiff»dagilar xabar topishgach, Jerrodni ko‘rikka taklif etishdi. Bouen Uelsda baxtini sinab ko‘rish uchun bajonidil safarga chiqdi.

Lekin urinish o‘xshamadi: Bouenni ortga qaytarib yuborishdi. «Otamga «Kardiff»dan qo‘ng‘iroq qilib, mening sinovdan o‘tolmaganimni aytishdi. Bu juda yomon edi. Rosa yig‘lagandim. Maktabda a’lochi bo‘lmaganim uchun futbol evaziga vaziyatdan chiqishga umid bog‘lagandim. Ota-onam kelajakda kim bo‘lishim mumkinligini bilishmasdi», - deya eslaydi qahramonimiz.

Bouenda «Xereford»da rivojlanishdan o‘zga chora qolmadi - bu jamoada Jerrodni juda qadrlashardi. 2014 yilda 18 yoshli futbolchining nomi yana tillarga ko‘chdi: u yoshlar jamoasida ko‘plab gollar urib, asosiy jamoaga faol moslasha boshladi. Bouen muvaffaqiyati siri oddiy: u futboldan boshqa nima bilan shug‘ullanishni bilmasdi, shu bois mashg‘ulotlarni ko‘paytirishga to‘g‘ri keldi.

O‘sha yilning yozida Bouen «Xall»ga o‘tdi. Leonid Sluskiy kelishidan avval klubni ishlari unchalik yurishmayotgandi. Rossiyalik murabbiy qo‘l ostida Bouen boshlang‘ich tarkibning doimiy a’zosiga aylanib, goleadorlik xislatlarini namoyish etdi - 2020 yilda esa APLga kirib bordi. Uni «Vest Xem» o‘z safiga qo‘shib oldi.

APLdagi dastlabki mavsum adaptasiyaga sarflandi, ammo keyinchalik ishlari yurishib ketdi: mana ikkinchi yildirki, Jerrod muntazam ravishda asosiy tarkibga kiritilmoqda, samarali harakatlari 10tadan kam bo‘lmayapti. «Bu qanaqa yigit bo‘ldi? Bouen himoyamizni parokanda qilib yuboryapti», - degandi Patris Evra angliyalik futbolchining o‘yinidan hayratda ekanini yashirmay.

Hammasi ertaknamo tarzda davom etayotgandi, toki... 2021 yilning martida Bouen ir­q­chilik bilan bog‘liq mojaroga aralashib qoldi: futbolchi eski «tvit»larida qora tanlilarga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni yozgani oydinlashdi. Fanatlar g‘azab ta’sirida Jerrodga bosim uyushtirishdi. U esa barcha qaydlarni o‘chirdi, ammo kech bo‘lgandi. «Vest Xem» esa futbolchining yonini olib, uni jazolashni istamadi.

E’tiborlisi, Bouenning o‘yinidagi keskin o‘sish shaxsiy hayotidagi barqarorlik bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Oktyabrda Britaniya nashrlari Jerrodning «Sevgi oroli» nomli mahalliy realiti-shou yulduzi Deni Dayer bilan uchrashib yurgani haqida yozishdi. Keyinchalik juftlik munosabatlari yaqinligini tasdiqlashdi. Qizig‘i, qizning otasi ham ushbu munosabatlardan xursand - chunki u «Vest Xem»ga muxlislik qiladi.

«Liverpul» ovga chiqdi

25 yoshli angliyalik vingerning qoyilmaqom o‘yini e’tiborsiz qolmadi: Bouenning «Liverpul»ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘ldi - aytishlaricha, «qizillar» yozgi maqsadlarga Jerrodni ham kiritishgan. Klopp ham futbolchining o‘yinlariga befarq emasligini tan oldi:

«Bouenning o‘yini menga yoqadi. U yuqoriga «Xall» orqali ko‘tarildi, Premyer-liga darajasidagi futbolchi ekanligini ko‘rsatish uchun ko‘p vaqt sarflamadi. Jerrod bir nechta katta qadamlarni qo‘yishga ulgurdi».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 01.03.2022. O'qildi: 2662 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик