Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Cheferin: «Superliga bo‘lmaydi, 2 yillik JCH ham»

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Intervyular
A A A

Yaqinda Fransiya mediasi - JDD vakillari UYEFA prezidenti Aleksander Cheferinni maxsus uchrashuvga chorlab, zamonaviy futbolda kutilayotgan islohotlar mavzusida suhbatlashishdi. «Ko‘hna qit’a» futboli rahbari intervyu davomida FIFA bilan «urush», buzilgan moliyaviy «Feyr-pley» qoi-dasi va oxiri ko‘rinmayotgan yangi turnirlar g‘oyalari haqida berilgan jiddiy savollarga javob berdi. Quyida suhbatning asosiy parchalari havola qilinmoqda.

- Janob Cheferin, JCHni har ikki yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasiga qanday qaraysiz?

- Bunday bo‘lmasligiga ishonchim komil. G‘oya - mutlaqo bema’nilik. Boshqacha ifoda etsak, bu futbol, jumladan, ayollar yo‘nalishini ham yo‘q qiladigan populistik loyiha. FIFA oqibatini tushunmayapti yoki tushunishni xohlamayapti. Lekin ishonchim komil, tashabbuskorlar oxir-oqibat, g‘oya muxlislar, rasmiylar, hukumatlar, YEI tomonidan ma’qullanmayotganini eshitishadi, baribir. Ularning maqsadlari tayin - FIFA daromadini oshirish va UYEFA hamda KONMEBOLni zaiflashtirishdir. Biz Janubiy amerikaliklar bilan birga bunday «o‘yin»larga uchmasligimizni allaqachon aniq va ravshan aytdik. Ikki yirik konfederasiya vakillarisiz esa JCHning JCHligi qolmaydi...

- Janubiy Amerika jamoalarini Yevropa Millatlar ligasiga taklif etishdan maqsad nima? Bu FIFA g‘oyasiga qarshi javob zarbasimi?

- Yo‘q, bu loyiha ustida muzokara boshlaganimizga ancha bo‘ldi, o‘zaro anglashuv memorandumini ham imzolaganmiz. To‘g‘ri, hozir qo‘shma turnir g‘oyasi qachon amalga oshishini aniq aytolmayman. Umuman, kelajakda Yevropa turnirlariga boshqa konfederasiyalardan jamoa taklif qilmaslik uchun qandaydir sabab ko‘rayotganim yo‘q.

- Qiziq, Konferensiyalar Ligasi nima uchun yo‘lga qo‘­yildi? Bu bilan xalqaro o‘yin­lar soni me’yoridan oshib ketmadimi?

- Turmush o‘rtog‘im va qizlarim ham xuddi shu fikrdalar. Lekin o‘yinlar soni ko‘payib ketgani haqidagi xulosalarga aslo qo‘shilmayman. Konferensiyalar Ligasi - ajo­yib musobaqa. Qarang, yangi turnir ikki qatlamga mansub jamoalarni birlashtirdi. Sloveniya chempioni - «Mura» bu gapimga yorqin misol. Ushbu jamoaning yillik byudjeti 2 million yevroga teng. Asosiysi, «Mura» Konferensiyalar Ligasidagi ishtirok ortidan 3 million yevro ishladi!

- CHLga «To‘rtlik finali» loyihasi nima uchun kerak?

- Afsuski, pandemiya tufayli bu g‘oyani uzil-kesil muhokama qilolmadik, ammo ishonamanki, «To‘rtlik finali» ham qiziqarli yangilik. Ushbu masala yuzasidan ayrim klublar prezidentlari, jumladan, «PSJ» sohibi Nosir al Xelayfi  bilan gaplashdim. Muhimi, ular g‘oyani qo‘llab-quvvatlashdi. YECHL hozir MFL (Amerika futboli turniri)dan mashhurroq, ammo tan olish kerak, Superboul - katta voqealik. Qisqasi, muvozanatni saqlashimiz kerak. Shuningdek, yarim final doirasidagi uy o‘yinlari tushumini qoplash yo‘llarini topishimiz shart.

- 2024 yili YECHL formati o‘zgaradi: 36ta klub guruhlarga bo‘linmaydi va wild-card tizimida yaxlit turnir yo‘lga qo‘yiladi. Yaxshi ishlab turgan bir tizimni yangilashdan ma’no nima?

- Barchasi Yevropa klublari assosiasiyasi - ECA bilan uzoq davom etgan muhokamalar samarasidir. Albatta, klublar ko‘proq daromad xohlaydi. Lekin eng muhimi, «shveysarcha» tizim ham raqobatbardoshroq, ham muxlislar uchun qiziqarliroq bo‘lsa kerak.

- Yangilikka Superliga g‘oyasi tufayli qo‘l urilyaptimi?

- Yo‘q. 2019 yilidayoq CHLning «kvaziyopiq» formatini muhokamaga qo‘ygan, ammo o‘zaro bir to‘xtamga kelolmagandik. O‘ylaymanki, ayni o‘sha vaqt Superliga tashabbuskorlari ham jiddiy ish boshlashgan.

- Sizningcha, Superliga haqiqatmi?

- Yo‘q. Har holda, yaqin 10 yillikda g‘oya amalga oshmaydi. Futbolga faqat pul manbai sifatida qaraydiganlardan boshqa hech kim bunday turnirni xohlamaydi.

- Yangi moliyaviy «Feyr-pley» qoidasi qanday bo‘ladi?

- Bu mavzu mart yoki may oylarida Ijroiy qo‘mita kun tartibiga kiritiladi. Mavsum oxirigacha yechim topishimiz kerak. Zero, raqobatbardosh muvozanatni yaxshilash yo‘llarini izlashga majburmiz. Boy 5ta klubning doimiy ravishda g‘alaba qozonaverishi oxir-oqibat, odamlarni zeriktiradi axir.

- Hashamat solig‘ini joriy etish rejalashtirilmoqda. Axir bu «PSJ» va «Manchester Siti» kabi cheksiz byudjetga ega klublar uchun qo‘shimcha ustunlik-ku.

- To‘g‘ri, lekin boshqa tomondan, undirilgan soliq boshqa klublar o‘rtasida taqsimlansa, hamma foyda ko‘radi. Eng katta masala bitta - investisiya yo‘lini yopmasligimiz kerak. Aks holda, pul boshqa tomonga ketadi. Shuning barobarida futbolga kiritilgan mablag‘ni to‘liq nazorat qilish talab etiladi. Hashamat solig‘i mohiyati shuki, yuqori foiz uchun to‘lovni moliyaviy «Feyr-pley»ni hurmat qiladiganlarga bo‘lib berish. Biroq hozircha ushbu g‘oya amalga oshish-oshmasligini bilmayman...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:03, 02.03.2022. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Эспаньол Pere Milya 6
10 Леванте Karl Etta-Eyong 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.