Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Arsenal»ning YECHLda ishtirok etgan eng so‘nggi tarkibida kimlar bor edi va ular hozir qayerda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Arsenal» APLning so‘nggi turida «Uotford» ustidan g‘alaba qozonib, kuchli to‘rttalikka kirishni udda qildi. «MYU» esa bu bilan bir paytda «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘lgan edi. Oxirgi paytlarda muvaffaqiyatli odimlayotgan Mikel Arteta jamoasini ko‘pchilik keyingi mavsumda YECHLda o‘ynashiga ishonmoqda. Shimoliy London klubi 2017 yildan beri ushbu nufuzli musobaqada qatnasha olmayotir. O‘sha so‘nggi mavsumida «Arsenal» pley-off bosqichida «Bavariya» tomonidan umumiy hisobda 10-2 ga imkoniyatni boy bergan edi. Shundan beri «Arsenal» Yevropa ligasida uch marta qatnashdi. So‘nggi ikki mavsumni esa sakkizinchi o‘rinda yakunlashga majbur bo‘ldi. Hozir o‘sha 2017 yildagi jamoa tarkibi ayni damda qayerdaligi haqida ma’lumot bermoqchimiz.

David Ospina – darvozabon

 

Ospina 2019 yilda «Arsenal»dan ketib, «Napoli» safiga ko‘chib o‘tadi. Uning o‘rni Bernd Leno tomonidan to‘ldiriladi. David Ospina Neopol shahrida asosiy darvozabon sifatida harakat qilmoqda. Bugunga kelib uning jamoasi A seriya chempionligiga da’vogardir.

Nacho Monreal – himoyachi

Olti yillik beminnat xizmatidan keyin, ispan futbolchisi 2019 yilda o‘z yurtiga yo‘l oladi. U ayni damda «Real Sosyedad» safida harakat qiladi.

Loran Koselni – himoyachi

Fransuz o‘z jamoasini kuchli qilishga yordam berib keldi. Ayni damda biror klub sharafini himoya qilmayotgan futbolchi 2019 yilda «Arsenal»dan ketgan edi. U o‘z yurti jamoasi bo‘lmish «Bordo» safiga qo‘shiladi. Ammo Koselnining ishi u yerda unchalik yurishmadi.

Shkodran Mustafi – himoyachi

Mustafi ham Londondagi so‘nggi yillarini murakkab o‘tkazdi. U jamoadan tushib qola boshlagach, o‘z vataniga qaytdi. Bir muddat «Shalke» sharafini himoya qildi. Ushbu jamoa Bundesligadan tushib qolgach, Shkodran Ispaniyaga yo‘l oldi va ayni damda «Levante»da harakat qiladi.

Ektor Belyerin – himoyachi

Belyerin o‘tmishdan qolgan ikki futbolchidan biri va hali ham «Arsenal»ga tegishli. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan yozda «Real Betis» safiga ijara asosida borib qo‘shilgan edi. U mavsum yakunlangach jamoaga qaytish niyatida emas va ko‘p ehtimol Ispaniyada qoladi.

Jaka – yarim himoyachi

Aynan YECHLdagi so‘nggi mavsum, Jakaning «Arsenal»dagi ilk davrlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu futbolchi mana besh yildirki, jamoa bilan birga. U bilan ham ko‘plab muammolar yuz berdi. Jamoa sardorligidan mahrum etilgan shveysariyalik «Roma»ga ham o‘tishi mumkin edi. Ammo Arteta uni olib qoldi. Ayni damda u jamoaning asosiy futbolchilaridan biridir.

Chembrlen – yarim himoyachi

Ingliz futbolchisi 2017 yilda jamoani tark etgan. Bu esa u uchun foydali bo‘ldi. Ayni damda «Liverpul» safida harakat qilayotgan Chembrleyn so‘nggi uch yilda deyarli hamma narsani qo‘lga kiritdi. YECHL, APL, Jahon chempionligi shular jumlasidandir.

Aaron Remzi – yarim himoyachi

Remzi uchun ishlar rejadagidek ketmadi. 2019 yilda «Yuventus»ga borgan uelslik futbolchi, u yerda qiynaldi. Jarohatlar uni qiynadi. Ayni paytda esa Remzi Shotlandiyada, «Reynjers» safida ijara asosida harakat qiladi.

Aleksis Sanches – hujumchi

Sanches kutilmaganda «Manchester Yunayted»ga transfer qilinadi. Undan «Old Trafford»da ko‘p narsa kutilgan edi. Ammo u bir yil o‘tib, ijaraga, «Inter»ga berib yuborildi. 2020 yilda esa hujumchi milanliklar bilan doimiy bitim tuzdi.

Teo Uolkott – hujumchi

Uolkott «to‘pchilar»ning YECHLdagi so‘nggi mavsumida to‘prur edi. Ammo u 2018 yilda jamoani tark etib, «Everton»ga o‘tadi. Inglizning ayni damdagi klubi esa o‘zining yoshlikdagi jamoasi «Sautgempton»dir. Ammo u «avliyolar» safida jarohatlarga qarshi ancha uzoq kurash olib boryapti.

Olivye Jiru – hujumchi

Jiru Londonga 2012 yilda, «Monpelye» safidan tashrif buyuradi. U olti yil «Arsenal» bilan birga bo‘ldi. 2018 yilning yanvar oyida esa «Chelsi»ga sotib yuboriladi. 2021 yildan ushbu vaqtgacha esa, fransuz hujumchisi «Milan»ga Italiya chempionligi yo‘lida yordam berib kelmoqda.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 10:20, 08.03.2022. O'qildi: 2086 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик