Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fabian Ruisning yoqimli tashvishi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

OAVda biror-bir futbolchining transferi haqidagi mish-mishlar har daqiqada aylanadi. Ammo gap muayyan shaxs xususida borganda, qiziqish mutlaqo o‘zgacha bo‘ladi. «Napoli» yarim himoyachisi Fabian Ruis shunday gap-so‘zlar qahramoniga aylandi.

Fabian - «Betis» tarbiyalanuvchisi. 2004-2018 yillar mobaynida Sevilya klubi tizimidagi barcha yosh toifasidagi jamoalarda o‘ynagan, 2017 yilda «Elche»da ijarada to‘p surgan. 2018 yilning yozida «Napoli» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, kelishuv summasi 30 mln. yevroga baholandi. Ruisning bitimi 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

2015 yildan Ispaniyaning U19 va U21 termalarida to‘p surdi, so‘ngra, 2019 yilda mamlakatning milliy jamoasidan chaqiruv olib, 15ta o‘yinda 1ta gol urdi. Yevropa chempionati-2020da uchta uchrashuvda maydonga tushib, umumiy hisobda 67 daqiqa o‘ynadi. O‘tgan yilning martida jahon chempionati-2022 saralash bahslarida 2ta o‘yinda qatnashganidan keyin mundial saralashida terma «zayavka»siga boshqa kiritilmadi.

Umumiy hisobda Ruis faoliyati davomida o‘tkazgan 211ta o‘yinida 22ta gol va 21ta samarali uzatma muallifiga aylandi. O‘rtacha hisobda maydonda 73 daqiqa to‘p suradi, murabbiylar ba’zan undan tayanch va hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida foydalanishadi.

«Barselona»

Aynan Kataloniya klubi (OAV ma’lumotlariga ko‘ra), Ruisni sotib olishga asosiy da’vogar hisoblangan. Har holda, «Barsa» ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritishga bir necha bor harakat qilgan, deya xabar berdi Mundo Deportivo. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar xavbekni uch marta sotib olishga uringan - 2019, 2020 va 2021 yillarda. Biroq Neapol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis barcha takliflarni rad etgan. «Napoli» Ruis uchun 60 million yevro so‘ragan, «Barsa»dagilar esa futbolchi ushbu summaga munosib emas, deb hisoblashgan.

«Real»

Mashhur italiyalik jurnalist va insayder Nikolo Skiraning tasdiqlashicha. Ruisga «Real» ham befarq emas. Xabarlarga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga ushbu xavbekning o‘yini yoqadi. «Qaymoqranglilar» va Ruisning vakillari o‘rtasidagi muzokaralar kutish bosqichida.

Aksariyat manbalar Fabianning Ispaniyaga qaytishni xohlayotganidan darak berdi, bu esa «Barsa» va «Real» uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin. Uning shartnomasi 2023 yilning yozida tugashidan kelib chiqsak, joriy mavsum xavbekning transferi arzonroqqa tushadi.

«Nyukasl»

«Hakkalar» o‘tgan qishda kimlarni sotib olishga urinib ko‘rishmadi, deysiz. Ruis ham bundan mustasno emas. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, «Napoli» Fabianning transferi uchun «Nyukasl»dan tushgan 40 million funtlik taklifni rad etdi.

«Arsenal»

The Mirror ma’lumotida qayd etilishicha, London klubi vakillari Ruisning agenti bilan uchrashuv tashkil etib, futbolchining talablarini o‘rganishdi. Ushbu manba Fabianning «Napoli» bilan yangi kelishuv imzolamoqchi emasligini tasdiqladi, bu esa Neapol klubi rahbariyati vaziyatni to‘g‘ri baholashiga turtki bo‘lishi mumkin: kelgusi yoz Fabian evaziga yaxshigina summani qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

«Manchester Yunayted»

Ruisga «qizil iblislar»ning qiziqayotgani haqida La Repubblica nashri xabar tarqatdi. Ushbu ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, «MYU»da iyun oyida shartnomasi yakunlanadigan Pol Pogbaning o‘rnini egallaydigan nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda. Manbaga ko‘ra, «Yunayted» Fabianni yozgi transferlar oynasidagi asosiy «nishon» sifatida ko‘rmoqda.

«Liverpul»

Dekabrda Fichajes nashri mersisaydliklarning Ruisga qiziqayotgani haqida yozdi. Ularning ma’lum qilishicha, Angliya klubi rahbarlari «Napoli» xavbekini yarim himoya markazini kuchaytirish uchun ideal variant sifatida ko‘rishmoqda. «Liverpul» Fabian bo‘yicha shu yilning yozida transfer taklifi jo‘natishi mumkin.

Va boshqalar...

Shuningdek, Ruisning nomi bir necha bor «Manchester Siti», «PSJ» va «Atletiko» jamoalari bilan yonma-yon qayd etildi. Katta ehtimol, Yevropaning qator top-klublari ushbu xavbekni qo‘lga kiritish variantlarini ko‘rib chiqishda davom etmoqda, ammo avvalroq uzoq muddatli shart­noma hamda neapolliklar rahbariyatining qat’iy pozisiyasi sabab o‘tishning amalga oshishi imkonsiz edi. Endi esa Fabianning «Napoli» bilan shartnomani uzaytirishni istamayotgani mazkur jarayonda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Transfermarkt portali Ruisni 55 mln. yevroga baholamoqda. Xavbekning eng yuqori narxi 2019 yilga to‘g‘ri kelib, 60 mln.ga teng bo‘lgan, 2021 yilda esa ko‘rsatkich 44 mln.gacha tushib ketgandi. Keyinchalik raqamlar bosqichma-bosqich avvalgi holiga qayta boshladi.

Ruisning o‘zi esa yaqinda, Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin arafasida bergan intervyusida o‘ziga dunyo grandlari tomonidan bo‘layotgan qiziqishlardan mamnunligi, ammo hozir faqat o‘z klubi haqida o‘ylayotganini ta’kidladi: «Albatta, shunday klublar «sovchi» bo‘layotganini eshitish yoqimli. Biroq ayni payt faqat «Napoli» haqida o‘ylayapman, zero oldinda bizni muhim vazifalar kutib turibdi. Ispaniyaga qaytish ehtimoli? Bu fikr har doimda miyamda aylanadi. Kelgusida shunday bo‘lishini xohlayman, axir u yer mening uyim».

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 09.03.2022. O'qildi: 2465 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик