Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Serxio Aguero: «Vaqtida Messi bilan janjallashganmiz»

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Argentinalik afsonaviy goleador - Serxio Aguero 2021 yilning 15 dekabrida yurak tizimidagi muammolar tufayli futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘yganini e’lon qilishga majbur bo‘lgandi. Xullas, o‘tgan yozda «Barselona» bilan shartnoma tuzgan «Kun» yangi klubida atigi 5 marta maydonga tushdi. Aslida u Kataloniya grandi safida qadrdon do‘sti Lionel Messi bilan yonma-yon to‘p surish niyatida edi. Biroq «Barsa» Leoga yangi kelishuv taklif etolmadi va shu tariqa mavsum Aguero uchun qandaydir ko‘ngilsiz boshlandi. Shunga qaramay, bunga qadar «Independyente», «Atletiko» va «Manchester Siti» klublarida javlon urgan Serxio «Barselona»da ham o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi, jumladan, «Real» darvozasini nishonga oldi. Keyin hammaga ma’lum noxushlik ro‘y berdi va argentinalik hujumchi butsalarini mixga ilishdan o‘zga chora topolmadi. «Kun» yaqinda «Tvitter» orqali muxlislar bilan muloqotga kirishib, ulardan tushgan turli-tuman savollarga oshkora javob qaytardi. Xususan, vaqtida Lionel Messi bilan janjallashib qolganini ham yashirgani yo‘q.

- Serxio, endi kuzatuvchi sifatida baho berish imkoniyatiga egasiz: joriy mavsum CHLda qaysi jamoa g‘olib chiqadi, sizningcha?

- Umid qilamanki, kubok «Manchester Siti»ga nasib etadi.

Aguero «shaharliklar» libosida 10 yil to‘p surib, ko‘plab sovrinlar yutdi, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida yorqin iz qoldirdi, ammo CHLda zafar quchish unga armon bo‘lib qoldi. Serxioning aytishicha, «Siti» sohiblari va muxlislari nufuzli turnirni zabt etishdan hali umid uzishmagan, hozirgi «Siti» CHL kubogiga munosib. Qolaversa, shuncha harakat oxir-oqibat, natija berishi kerak.

- Aytingchi, futbolda aynan qaysi himoya­chiga qarshi to‘p surishda ko‘proq qiynalgansiz?

- Shubhasiz, Jon Terriga qarshi borish mushkulot tug‘dirgan.

Qizig‘i, Kun 2011 yili «Chelsi» safiga qo‘shilishi va Terrining klubdoshiga aylanishi mumkin edi. Biroq bu kelishuvga aynan «ko‘klar»ning sobiq sardori qarshi chiqqan. «Chelsi» keyinchalik «Liverpul»dan Fernando Torresni xarid qildi, Jon esa o‘z qarorini oddiygina izohladi: «Ha, Agueroni «Chelsi»da ko‘rishni istamadim. Chunki uning uslubi jamoamizga mos kelmasdi. O‘sha vaqt yevrokuboklarda «Kun»ga qarshi maydonga tushgandim va u menda kuchli taassurot qoldirmadi. Lekin argentinalikning transferiga qarshi chiqqanim klub qaroriga nechog‘li ta’sir ko‘rsatganini bilmayman. Qisqasi, o‘shanda jamoamizning o‘zgacha uslubga tayanadigan hujumchiga ehtiyoji borligini o‘ylab, bu borada fikrimni ochiq bayon etgandim. Menimcha, «Kun» «Chelsi»da o‘z o‘rnini topolmasdi».

- Aguero zamonaviy futbolchilardan qay birini ko‘proq yoqtiradi?  

- Fodenni. Ha, Filga gap yo‘q, u men uchun eng suyukli futbolchi.

Darhaqiqat, Fil Foden faqat Xosep Gvardiola emas, Agueroning ham yoqimtoyi. U «Kun» bilan yonma-yon to‘p surib, bebaho tajriba to‘pladi. Endi Foden - jahon futbolidagi eng qimmatbaho yosh futbolchi.

- Vaqtida videoo‘yinlar tufayli Messi bilan janjallashgan ekansiz...

- Ha, bu haqiqat. Umuman, o‘zaro bahslar natijasi tufayli ba’zan kun bo‘yi bir birimiz bilan gaplashmasdik. Bir safar qattiq tortishganimiz ham rost, ammo bu arzimas holat...

Serxio - videoo‘yinlarning ashaddiy ishqibozi, u Twitch platformasida o‘z jamoa­sini ham yaratgan. «Kun» ko‘pincha video-o‘yinlarda aynan Messi bilan kuch sinashadi. Aslida ikkisi qadrdon do‘st. Lekin videoo‘yinlar tufayli ba’zan kelisholmaslik holatlari ham yuzaga keladi.

- APLdan tashqari, La Ligada ham yetarlicha gollar urgansiz. Ulardan eng muhimini ayta olasizmi?

- Menimcha, «Real»ga qarshi o‘yinda urgan so‘nggi golim La Ligadagi eng yaxshisi bo‘lsa kerak. Chunonchi, o‘sha pallada tez orada futbol bilan xayrlashishimga to‘g‘ri kelishini bilmasdim. Shunday ekan, bu gol hamisha eng ahamiyatlisi bo‘lib qoladi.

Ma’lumot uchun, Aguero «Atletiko» tarkibida La Liganing o‘zida 74ta gol urgan. Tabiiyki, ular orasida o‘ta chiroyli va muhimlari ham yetarli.

- Serxio qaysi ichimlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi?

- Qahvani. Afsuski, yurak xastaligi tufayli ma’lum muddat qahva ichishdan tiyilishim kerak.

Ta’kidlanishicha, shifokorlar uning qahva ichishini qat’iyan taqiqlab qo‘yishgan. To‘g‘ri, bu vaqtincha parhez.

- Aytishlaricha, Argentina terma jamoa­si yig‘inlari chog‘i faqat Messi bilan bitta xonada yashagan ekansiz...

- Bu oddiy hol-ku. Axir Yevropada juda kam ko‘rishardik va terma jamoa yig‘ini vaqtni birga o‘tkazish uchun imkoniyat edi. To‘g‘ri, ba’zan o‘zaro tortishib qolardik. Ayniqsa, jamoa­miz yengilgan payt o‘z-o‘zidan asabiylashardik. O‘zingiz o‘ylang, mag‘lubiyat kimga yoqadi?

Aguero ancha hazilkash yigit, yana doimo tik gapiradi. U bir safar Leo bilan xonani qanday taqsimlashganini aytib bergandi: «Ochig‘i, Messi o‘ta injiq yigit. Biz ajralmas juftdekmiz. Odatga ko‘ra, har doim televizorni o‘chirmagan holda uxlab qolaman. Ertalab esa Leodan rosa tanbeh eshitaman. Misol uchun, mehmonxonaga soat 19:30da qaytamiz, kechki ovqat soat 21:00da, orada yetarlicha bo‘sh vaqt bor. Leo xonaga kirishi bilan dushga yo‘l oladi va vaqtida tayyor bo‘ladi. Men esa telefon titkalab o‘tiraman. Shunda Leo ming‘irlaydi: «Hoy bola, soat 21:00da kechki taom, atigi 30 daqiqa qoldi». Men esa telefondan boshimni ko‘tarmayman. Tabiiyki, bundan Messining g‘azabi qaynaydi: «Atigi 10 daqiqa qoldi, 1 soatdan beri telefondan bo‘shamaysan. Har doim sen tufayli kech qolamiz...».

- Faoliyatingizga nuqta qo‘ymaslik imkoniyati ham bormidi?

- Futboldan ketishimni taqozo etgan muammo qayerdan paydo bo‘lganini haligacha tushonolmayapman. Boshqalar ham bilishmasa kerak. Ehtimol, bu koronavirus yoki emlashning asoratidir. Haqiqat shuki, jiddiy xastalikka chalindim, endi salomatligim xususida qayg‘urishim lozim. Ha, oldin ham yurak tizimiga bog‘liq arzimas muammo sezilardi, ehtimol, bu navbatdagisidir...

Ha, Aguero futboldan voz kechishiga olib kelgan muammo qanday paydo bo‘lganini hanuzgacha bilmaydi. Shiddatli parvozni davom ettirayotgan goleadorning yashil maydon bilan barvaqt xayrlashgani chindan ham, achinarli holat, albatta.

- Siz uchun eng muhim sovrin qaysi?

- Albatta, Amerika kubogi.

«Kun» «Siti» bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, ammo «Kopa Amerika»dagi zafarni asosiy muvaffaqiyati sifatida e’tirof etdiki, bu uning vatanparvarligidan dalolat.

- Vaqtida «Bavariya»dan taklif olganingiz rostmi?

- Ha, «Bavariya» e’tibori xususida meni ogohlantirishgandi. Myunxenliklar «Estiduantes»ga qarshi o‘yinda harakatimni kuzatishgan ham. Biroq o‘sha bahsda chindan ham, o‘ta sust to‘p surgandim. Qisqasi, «Bavariya» vakillariga raqib hujumchisi Xose Sosa o‘yini ma’qul kelgan, keyinchalik aynan uni sotib olishgandi.

Aguero «Independyente»da to‘p surgan vaqt «Bavariya» nazariga tushgan, ammo muhim pallada uning o‘yini qovushmagan. Oradan bir necha yil o‘tgach, «Kun» «Atletiko»dan «Manchester Siti»ga yo‘l oldi, Sosa esa «Bavariya»dan «Metallist» (Xarkov)­ga «parvoz» qildi.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:28, 10.03.2022. O'qildi: 3236 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик