Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Husayn Norchayev: «Kubokni olganimiz chempionat va OFK kubogidagi omadsizlikni yuvib ketdi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Nasaf»ning yosh, iqtidorli hujumchisi Husayn Norchayev 2002 yil 6 fevralda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Sovuqbuloq qishlog‘ida tavallud topgan. Oiladagi charm to‘pga bo‘lgan oshuftalik uni katta futbol sari yetakladi. Quyida iste’dodli hujumchi bilan uyushtirilgan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

- Husayn, avvalambor, shiddatli mavsum yakuni hamda «Nasaf»ning O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgani bilan samimiy tabriklaymiz.

- Rahmat.

- 2021 yilgi mavsumda to‘purarlikda ham peshqadamlar safida bo‘ldingiz. Buning siri nimada?

- Futbol oila a’zolarimiz uchun eng sevimli, ardoqli sport turi. So‘lim Yakkabog‘ning xushmanzara Sovuqbuloq qishlog‘ida tug‘ilib voyaga yetganligim ham musaffo buloqlarga kon hududning sharofati bo‘lsa kerak. Insonning yengil nafas olishi, yugurganda zavq-shavqqa to‘lgan holda xush kayfiyatda bo‘lishi bebaho tabiat in’omi deb bilaman. Shuning uchun ham raqiblar darvozasiga har bir to‘p kiritganimda yengil tortib, faolligim yanada oshadi.

- Buning sababi birinchi murabbiyingiz hujumchi bo‘lganligi tufayli emasmikan?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Oilada besh nafar farzand bo‘lsak, otam To‘raqul Xo‘janov hisobchi. Onam Mohira Safarova hamshira, hozir pensiyada. Uch opam, bir akam bor. Oilaning kenjasiman. Qosimjon akam o‘z vaqtida futbolga mehr qo‘ygan. Uning o‘yinlarini ko‘rib havas qilganman. «Mash’al» (Muborak), «Alangachi» (Koson) jamoalarida to‘p surgan. U yoshi ulg‘a-yib, futbol bilan xayrlashdi. Men tumandagi 9-maktabning 3-sinfini tamomlagach, Qarshi shahridagi 23-maktabda o‘qishni davom ettirdim. Shu bilan birga, «Nasaf» klubining maxsus futbol maktabida saboq oldim. Bu borada ilk murabbiyim Dadajon Tog‘ayevning o‘git-maslahatlari qo‘l keldi. Dadajon aka o‘z vaqtida «Qarshistroy», «Dinamo-Nasaf», «Geolog» (Qarshi) jamoalarida hujumchi bo‘lgan emasmi, to‘p bilan muomalani u kishidan o‘rgandim. Qishloqdoshimiz - «Nasaf» klubi, O‘zbekiston terma jamoalarida o‘ynagan Kamoliddin Kenjayev ham futbolga bo‘lgan mehr-muhabbatimni oshirishda yelkadosh bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, otam va onamga hamda ayni payt Janubiy Koreyadagi oliy dargohda magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan akamga, ustozim Dadajon Tog‘ayevga, qishloqdosh qadrdon akam va maslahatgo‘yim Kamolliddin Kenjayevga minnatdorchilik bildiraman. Bu yilgi mavsumda chempionat o‘yinlari ham qizg‘in o‘tdi. 26ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 13ta to‘p kiritdim. O‘zbekiston kubogi bahslarida 4ta, OFK kubogi o‘yinlarida 7ta golga mualliflik qildim. Eng yoqimli tomoni, musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldim.

- Har bir futbolchi yashil maydondagi ilk qadamini minnatdorlik bilan eslaydi...

- «Nasaf» klubining maxsus futbol maktabidagi ta’lim o‘ziga xos pillapoya bo‘ldi. O‘zbekistonning U-16, U-19 terma jamoalarida ishtirok etishim, U-18 toifasida mamlakat chempionligi, U-23 olimpiya termasiga jalb etilishim zamirida ustoz-murabbiylarning zahmatli mehnati, o‘z ustimda qunt bilan ishlash mujassam. 2020 yilgi mamlakat birinchiligida bosh murabbiyimiz Ro‘ziqul Berdiyev katta ishonch bildirib, «Navbahor» o‘yinning so‘nggi 15-daqiqasida maydonga tushirdi. Pandemiya tufayli Bek-obodda bo‘lib o‘tgan markazlashtirilgan uchrashuvda «So‘g‘diyona» bilan o‘yinda raqiblar darvozasiga ilk to‘pimni kiritishga muvaffaq bo‘ldim. 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, hisobimizga qimmatli 3 ochkoni yozdirdik. Shunday qilib, o‘tgan mavsum chempionatda 3ta, kubok bahslarida 1ta golga mualliflik qildim.

- Demak, bu yilgi yuqori ko‘rsatkich o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q.

- Xuddi shunday. Albatta, bunda eng avvalo, bosh murabbiyimiz Ro‘ziqul aka Berdiyevning xizmati katta. Chunki u yoshlarga qat’iy ishonch bildirish bilan birga, o‘ziga xos ruhshunos hamdir. Yutuq, durang, mag‘lubiyatda ham vazminlik bilan bizga yaxshi so‘zlarni aytib, dalda beradi. Garchi ba’zida imkoniyatdan foydalana olmasamda, ruhimga ruh qo‘shadi. «Men senga ishonaman, keyingi uchrashuvda ko‘zlagan marrangga yetasan», degani g‘ayratimni yanada oshiradi.

- AGMK bilan kubok yarim finalida penaltidan foydalana olmadingiz. Shunda bosh murabbiy, jamoadoshlaringiz munosabati qanday bo‘ldi?

- Bu yil penaltidan 4 marta darvozani aniq nishonga oldim. AGMK bilan bahsda hayajondanmi, to‘pni qattiq tepib yubordim. Bosh murabbiy, jamoadoshlarim hech narsa bo‘lmagandek meni «Bo‘sh kelma», deya qo‘llab-quvvatlashdi. Albatta, hujumchi, eng avvalo, golni his qilishi kerak. Darvozani ba’zida aniq nishonga ololmasligim - bu tajribasizlik, ya’ni yetarli darajada amaliyotsizlik deb bilaman. Buning uchun o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashga harakat qilyapman. Mashg‘ulotlardan keyin ham 1-2 soat qolib, ishlash jarayoni davom etyapti. Hujum chizig‘ida o‘z o‘rniga ega Dragan Cheran, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Shohruz Norxonov singari mahoratli futbolchilardan, shuningdek, kumirim Krishtianu Ronaldu maktabidan bahramand bo‘lish baxti doimo meni tunu kun ulardek epchil, dov-yurak bo‘lishga undaydi.

- Futbolchi hakamlardan ogohlantirish olmaslik, jarohatga uchramaslik uchun asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozim?

- To‘g‘risi, bu yil futbolimizga VAR tizimining kirib kelgani ayni muddao bo‘ldi. Bu hakamlik saviyasini ham yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Chempionatda 2 marta, kubok bahsida 1 marta ogohlantirish oldim. Bundan ko‘rinib turibdiki, futbol qonun-qoidalarini to‘laqonli egallash uchun o‘z ustimda bundan-da, ko‘proq ishlashim lozim ekan. O‘shanda intizomli bo‘lish bilan birga, maydonda o‘zimga ham, raqibga ham o‘rnak bo‘lishga intilaman. Jismoniy tayyorgarlikni yanada yaxshilashim bu kabi ko‘ngilsiz holatlarga chek qo‘yadi.

- Joriy yilning 4 dekabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi muxlislar muhokamasida bo‘lib turibdi...

- Nimasini aytasiz. Finalda «Paxtakor» bilan bahsda maydonda 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozonishimiz tarixiy voqea bo‘ldi. AGMK bilan yarim finalda ham shunga o‘xshash voqea yuz bergandi. Osiyo Chempionlar Ligasi saralash bahslariga yo‘llanma olishimiz quvonchimizga quvonch qo‘shdi. Mamlakat chempionati, OFK kubogi o‘yinlaridagi omadsizlikni bu yutuq yuvib ketdi. Samar­qanddagi shodligimizga Qashqadaryodan kelgan minglab muxlislar, shu bilan birga, mamlakatimizdagi ko‘psonli «Nasaf» ishqibozlari sherik bo‘lishdi. Buning uchun ularga minnatdorlik bildiraman, bizga madadkor viloyat rahbariyatiga, bosh homiyimiz - «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ bosh direktori, «Nasaf» klubi prezidenti SH.Aslanov yetakchiligidagi ahil jamoaga qalb tashakkurini izhor etamiz. Ishonchimiz komilki, yangi mavsum jamoamiz uchun yanada yuksak dovonlar sari intilish bilan birga, raqobatda kuchlilarning kuchlisi bo‘lish mas’uliyatini zimmamizga yuklaydi.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 20.03.2022. O'qildi: 2292 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.