Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tanishing, «yangi Lempard»! (video)

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2015 yil «aristokratlar» uchun ancha omadli keldi. O‘shanda Joze Mourinyo boshqarayotgan «Chelsi» APL chempionligi va Liga kubogini qo‘lga kiritgandi. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan yoshlar jamoasi esa «trebl» qayd etib, o‘z yosh toifasida nafaqat mahalliy chempionat va kubok, balki UYEFA yoshlar ligasida ham zafar quchdi. Quyidagi maqolada ushbu muvaffaqiyatga munosib hissa qo‘shganiga qaramay, «Chelsi» asosiy tarkibiga kirolmagan Konor Gallaxer haqida hikoya qilinadi.

Iqtidorli yarim himoyachi Yevropa Ligasi-2018|2019 finalida «aristokratlar» asosiy tarkibida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. O‘shanda «ko‘klar» ustozi Maurisio Sarri kutilmaganda Konorni «Arsenal»ga qarshi kechadigan hal qiluvchi o‘yin (4:1) qaydnomasiga kiritdi. Biroq Gallaxer uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida tomosha qildi. 2019 yildan boshlab esa «Chelsi» rahbariyati mahoratli xavbekni boshqa klublarga ijaraga berishni ma’qul ko‘rdi. Avvaliga Konor «Charlton» libosida Chempionshipda yarim yil o‘ynadi, keyin esa chempionatning ikkinchi qismini «Suonsi»da o‘tkazdi. Ushbu jamoalar tarkibidagi o‘yinlari orqali Chempionship uning imkoniyatlari darajasidan ancha past ekanligini isbotladi. Jumladan, mazkur liganing 2019|2020 yillar mavsumida Konor «Charlton» safida 6ta gol va 4ta assist muallifiga aylandi. «Suonsi»da esa 7ta golga hammualliflik qildi.

Shu tariqa, Gallaxerning 2020 yil yozda «Vest Bromvich»ga ijaraga berilishi hech kimni hayron qoldirmadi. Ammo Konorning oldin Slaven Bilich, keyin esa Sem Ellardays murabbiyligida orqaroqda o‘ynaganligi shaxsiy ko‘rsatkichiga ham ta’sir o‘tkazdi. Natijada, u 30ta o‘yinda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 2tadan gol va assist qayd etdi, xolos. Gallaxerning sa’y-harakatlariga qaramay, «Vest Bromvich» APLda o‘z o‘rnini saqlay olmay, Chempionshipga ravona bo‘ldi. Oqibatda «Chelsi» iqtidorli futbolchisining ijarasi uchun yangi jamoa izlab, «Kristal Pelas» variantida to‘xtadi. O‘shanda «burgutlar» rahbariyati tarkibni yoshartirish bo‘yicha katta hajmda ish olib borayotgan, bosh murabbiylik esa nafaqaga kuzatilgan Roy Xojsonning o‘rniga tayinlangan Patrik Viyeyraga ishonib topshirilgandi.

Ko‘plab mutaxassislar fransiyalik murabbiyga ishonchsizlik bilan qarab, londonliklarning APLda «jon saqlash» uchun kurash olib borishlarini taxmin qilishgandi. Biroq ushbu taxminlarga ters o‘laroq, Viyeyra juda tez fursatda «Kristal Pelas»ning zerikarli o‘yiniga joziba kiritdi. Fransiyalik mutaxassis boshqaruvida «burgutlar» 4-3-3 sxemasiga o‘tishdi, bu esa Gallaxerga hujum chizig‘ida ko‘proq harakat qilish imkoniyatini taqdim etdi. Qahramonimiz APL-2020|2021da butun o‘yin, ya’ni 90 daqiqa davomida raqib jarima maydonchasi ichida to‘pga o‘rtacha hisobda 1,03 marta tegingan bo‘lsa, ayni payt bu boradagi ko‘rsatkichi 2,28ga teng! Shuningdek, xavbekning darvoza tomon yo‘llangan zarbalar bo‘yicha natijasi ham ikki barobar oshib, 0,87dan 1,65ga ko‘tarildi.

Gallaxerning so‘nggi ikki mavsumdagi statistik ma’lumotlariga nazar tashlab, u aynan Viyeyra boshqaruvidagi jamoada hujumda ko‘proq imkoniyatlarini namoyish etayotganligiga guvoh bo‘lish mumkin. 6 fevral kuni 22 yoshini nishonlagan Gallaxer joriy mavsum «Kristal Pelas»ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi, «gol}pas» tizimi bo‘-yicha 13 (8}5) ball to‘plashga ulgurdi. Konor hozirgi jamoasida yanada ochiq va aniq o‘yin namoyish eta boshladi, shiddatli o‘sishga erishmoqda, ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni o‘rgandi.

Masalan, o‘tgan yilning 30 oktyabr sanasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan bahsda ajoyib o‘yin namo­yish etdi. O‘shanda Patrik Viyeyra shogirdlari o‘z maydonlarida «shaharliklar»ni sensasion tarzda, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan, «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan mahoratli yarim himoyachi qadrdon klubining «shaharliklar» bilan chempionlik kurashiga munosib hissa qo‘shish niyatida Gvardiola jamoasi darvozasiga 1ta gol urib, 1ta samarali uzatmani amalga oshirgandi.

Gallaxer - yuqori texnikaga ega, Premyer-liga standartlariga javob beradigan futbolchi. Konor aslida hujumkor yarim himoyachi hisoblansada, «Vest Bromvich» tarkibida o‘ynaganida, himoya chizig‘ini ham mustahkamlay olgandi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Gallaxer himoya-dagi yakkakurashlarda ishtirok etish bo‘yicha chempionatda 18-o‘rinni egalladi - 90 daqiqalik o‘yin vaqti bo‘yicha - 9,62%.

Boshqa tomondan, to‘pga egalik qilishga urg‘u beriladigan jamoada Gallaxerga oson bo‘lmaydi, lekin u professional darajada o‘sishni istaydi. Rejaga ko‘ra, bir yil oldin «Vest Bromvich»da har bir o‘yinda o‘rtacha hisobda atigi 30ta pas bergan bo‘lsa, hozirga kelib sezilarli o‘sishga (20 foizdan ortiq) erishganini ko‘rish mumkin. Kutilmagan holat yuz bermasa, Konorning joriy mavsumni «Kristal Pelas»da yakunlashi ehtimoldan xoli emas. Binobarin, Angliyadagi ko‘plab tahlilchilar «Chelsi» o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishi mumkinligini istisno etishmayapti.

«Burgutlar» ustozi Patrik Viyeyra iqtidorli shogirdi haqida fikr bildirarkan, Konorni «akristokratlar» afsonasi Frenk Lempardga qiyosladi: «Bunday futbolchi har qanday murabbiyning orzusidir. Gallaxer qo‘lidan kelganicha harakat qiladi, borini beradi va o‘yinni yaxshi o‘qiy oladi. Uning fazilatlarini juda qadrlayman. Konorni Rey Parlor bilan solishtirgan bo‘lardim. Mabodo, yakuniy zarbaning aniq amalga oshishi borasida gapiradigan bo‘lsak, bu ko‘proq Lempardga xos uslub. Uning ijrosini ko‘rganimda, Frenkni eslayman».

Boshqa tomondan olib qaraganda, Gallaxerning «Kristal Pelas»da o‘yini yanada ochilishi va takomillashishi uchun ideal sharoitlar yaratilgan. Konor «burgutlar» tarkibida muntazam o‘yin amaliyoti, bosh murabbiy ishonchiga sazovor bo‘ldi. Ammo «Chelsi» muxlislari yaqinda Tuxelning o‘zi Gallaxerning o‘yini tobora ochilib borayotganligi, buni jiddiy tarzda kuzatib borayotgani va unga kelasi mavsum uchun tarkibdan joy berish imkoniyatini baholayotganini tan olganidan xursand bo‘lishlari kerak.

Ehtimol, Konorning «ko‘klar» asosiy jamoasigacha bo‘lgan yo‘li Ris Jeyms yoki Kalum Xadson-Odoiniki kabi oson emasdir, ammo Lempardning ham «Chelsi»da darhol yetakchilikni qo‘lga ololmaganligini unutmaslik kerak. Shunga qaramay, Frenk keyinchalik ajoyib o‘yin namoyish etgan holda, ko‘p yillar davomida yetakchilikni hech kimga bermadi. Mahoratli Konor Gallaxerni ham kelajakda shunday taqdir kutayotgan bo‘lsa, ajabmas!

Ulug‘bek UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz

Kiritildi: 13:09, 22.03.2022. O'qildi: 2972 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.