Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Solishtiramiz: dunyoning eng yaxshi «right-back» futbolchisi kim?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasiga kerak bo‘lgan futbolchilarni jalb etdi. Uning tarkibida ko‘plab yulduzlar yig‘ilgan. Tanlov imkoniyati juda keng, xususan, qanot himoyasida ham. Chap qanotga Trent Aleksander-Arnold asosiy o‘rinda qaraladi. «Aston Villa» futbolchisi Metti Kesh Angliyada yettinchi yoki sakkizinchi o‘rinda turadi. Shu sabab u Polsha termasiga yo‘l oldi.

Trent

Haqiqatdan ham Trent nafaqat Angliyaning yoki Yevropaning, balki dunyoning ham o‘z pozisiyasidagi eng qimmat futbolchisidir. «Liverpul» o‘yinchisi Yurgen Klopp jamoasida haqiqiy assist mashinasiga aylanib ulgurgan. Uning kreativ va aniq paslarini muxlislar allaqachon yaxshi tanishadi. Qolaversa, u burchak to‘plari borasida «mutaxassis»ga aylangan.

Ashraf Hakimiy

Marokashlik superyulduz Aleksander-Arnold kabi yosh va navqiron. 23 bahorni qarshi olgan futbolchi hozirga qadar «Real», «Borussiya Dortmund», «Inter» hamda «PSJ» tarkibida ko‘rinish bergan. Uning futboldagi mavqeyiga shubha yo‘q, albatta. Hamma uni yaxshi ko‘radi. Hakimiyni bir kun kelib APLda ko‘rsak ham ajab emas.

Joao Kanselu

Ayni paytda Pep qo‘l-ostidagi eng yorqin futbolchilardan biri Kanseludir. U chap-qanotda pleymeykerlikni qoyilmaqom qilib bajaradi. Ammo u aslida o‘ng qanot futbolchisidir. Gvardiola jamoasida esa maydonning istalgan nuqtasida o‘ynashni o‘rgandi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi uzatmalar va raqib hujumini buzish borasida o‘rnak qilsa arziydigan nomzod.

Ris Jeyms

«Chelsi» akademiyasidan chiqqan futbolchi himoyachilik borasida tug‘ma qobiliyatga ega. Jeyms Tuxel jamoasining uchtalik himoyasida o‘ng qanotga javob beradi. Uning o‘ta aqlli va aniq paslaridan hayratga tushasan kishi. Iste’dod va imkoniyat qo‘shilgan holda Jeyms faoliyatini yanada yorqinroq qilmoqda. Angliya terma jamoasining o‘ng qanot hududini yaqin o‘n yillikda Trent va Jeyms bilan xavfsiz deb hisoblash mumkin.

Boshqalar

Bu borada Jahon chempioni bo‘lgan Benjamen Pavarni ham keltirish mumkin. U ham endigina 25 yoshda. To‘g‘ri, «Bavariya» yulduzi bu mavsumda o‘zining eng zo‘r darajasini namoyish etmayapti. Ammo uni nimalarga qodir ekanini biz siz bilan yaxshi anglaymiz.
«MYU» vakili Eron Uan-Bissakani ham e’tirof etmay iloj yo‘q. Chunki u birga-bir vaziyatlarda yaxshi himoyalanadigan futbolchi. Balki u ham tez orada Angliya terma jamoasida ko‘rinish berar.

Belgiya hamda «Lester Siti» futbolchisi Timoti Kastan ushbu ro‘yxatdan joy olgan. U APLning so‘nggi turida jarohatdan qaytib, «Brentford»ga qarshi bahsda fantastik jarima zarbasini ijro etgandi. U ham Kanselu kabi aslida o‘ng qanotni xush ko‘radi. Kastan shubhasiz, bu borada kuchli o‘nlikka kiradigan darajaga ega.
«Arsenal»ning yangi vakillaridan biri Takexiro Tomiyasu ham o‘ng qanot borasida yaxshi natijalarga ega. U birinchi mavsumini o‘zidayoq Angliyadagi futbol ritmiga moslashib keta oldi. Shuningdek, bu borada «Manchester Siti»ning Kayl Uokeri hamda «Napoli» futbolchisi Jovanni Di Lorensoni qayd etib o‘tish lozim. Xo‘sh, sizningcha, bu pozisiyada dunyoning zo‘ri kim(lar)?

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 22:11, 23.03.2022. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик