Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eldor «Roma»ga kerak emasmi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Rossiyaning «Sport-Ekspress» nash­ri hamon Eldor Shomurodovga befarq emas. Bunga yorqin misol: rossiyalik hamkasblarimiz «Roma»ning Konferensiyalar Ligasidan o‘rin olgan «Vitess»ga qarshi o‘yini oldidan buoncal-cioatutti.it portali asoschilaridan biri Alessio Seminoni suhbatga tortib, hamyurtimiz muammolari va uning nega amaliyotsiz qolayotgani haqida ham gaplashishdi.

- «Jenoa»da yorqin o‘yin ko‘rsatish evaziga Joze Mou­rinyo boshqaruvidagi «Roma» safiga qo‘shilgan Eldor Shomurodov haqida nima deysiz?

- Eldorni anchadan buyon alohida kuzatib kelyapman. Bu futbolchi hozir «Jenoa»ga juda asqotgan bo‘lardi. Afsuski, u Genuya klubidan ketib qoldi. Jamoaning yangi murabbiyi qisqa vaqtda sifatli himoya chizig‘ini shakllantirdi, ammo endi hujumda muammolar bor. Xullas, bugungi «Jenoa»da gol ura oladigan hujumchi yo‘q. Eh, Shomurodov qolganida, hozir klubga katta naf keltirardi. Zero, u o‘ziga vaziyat yarata oladigan va eng muhimi, raqibga bosim o‘tkazish ishlarida faol ishlaydigan futbolchilar toifasidan. Kamtarin, odobli, professional va mehnatkash Shomurodov «Jenoa» uchun ideal o‘yinchi edi.

- Sizningcha, u «Roma»da nega o‘z o‘yinini ko‘rsatolmayapti?

- Bu holat sababini bilish uchun hammasini klub ichidan kuzatish va «Roma»ga aloqador kishilar bilan muloqot qilish kerak. «Jenoa» atrofida nima bo‘layotganini yaxshi bilaman, ammo «Roma» ichidagi holatdan xabarim yo‘q. Tashqaridan qaraganda, ham o‘yin, ham boshqa jihatlar nuqtai nazaridan «Roma» Shomurodov uchun qulay klub emasdek. Deylik, «Jenoa»da Eldorning ko‘zlari «yonib turardi». Hozir esa qandaydir tushkun holatdadek. Qolaversa, Genuyada Eldorga mutlaqo ishonishgan. Shu munosabat o‘laroq, u jamoaga kerak ekanligini to‘liq his qildi. Mou­rinyo esa Eldorga uncha ishonmaydi. Oddiy aytganda, hozirgi holatda unda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati deyarli yo‘q. Aftidan, Joze yozda «Roma» rahbariyatidan Eldorni transferga qo‘yishni so‘raydi va o‘zbekistonlik futbolchi ham bundan xafa bo‘lmasa kerak.

Shomurodovga tezroq o‘zini tiklab olishini tilayman, chunki u mehnatkashligi va professionalligi bilan ko‘proq o‘ynashga loyiq. Balki hozirgi «Roma» uning jamoasi emasdir. Lekin ishonamanki, Eldor boshqa klubga o‘tsa, o‘zini ko‘rsata oladi, uning cho‘qqisi hali oldinda. 

Transfermarkt portali tal­qiniga ko‘ra, Eldor Shomurodovning transfer bahosi 12 milliondan 10 million yevroni tushdi. Pasayish hamyurtimizning zaxirada qolib ketayotgani bilan bog‘liq, albatta. Calciomercato xabariga ko‘ra esa, «Roma» rahbariyati yozda Eldor Shomurodovni transferga qo‘yib, Temmi Abraxamga raqobat tug‘diradigan boshqa hujumchi sotib olmoqchi. «Rim klubi yangi lo­yihasida Eldor Shomurodovning muhim o‘rin egallashini kutgandi, biroq 26 yoshli hujumchi kutilgan darajani ko‘rsatolmayapti», - deyiladi xabarda. Qo‘shimcha qilinishicha, Rim klubi ayni payt yozda erkin agent maqomini oladigan «Arsenal» vakili Aleksandr Lakazett nomzodini o‘rganib chiqmoqda. Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov va «Roma» o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:15, 25.03.2022. O'qildi: 11856 marta. Fikrlar: 30 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик