Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vunderkindlar: Made in Guarani

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda Paragvayning «Guarani» yoshlar jamoasi Ekvadorda o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Libertadores kubogida 2022 yildagi dastlabki yutug‘ini qo‘lga kiritdi. Olimpiada-2004 kumush medali sohibi Aureliano Torres shogirdlari murakkab guruhda Argentina, Ekvador va Chilidan tashrif buyurgan tengdoshlaridan ustun kelishdi. Yarim finalda mezbonlarning yana bir vakili - «Independyente del Valye»ga yengilgan bo‘lsalarda, Venesuelaning «Karakas» klubini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medallarini o‘zlariniki qilishdi. Sports.ru shu bahona «Guarani»dagi iqtidorli futbolchilar bilan tanishtirishni ma’qul ko‘rdi.

Ehtimol, «aborigenlar» bosh murabbiyi Fernando Xubero ushbu yoshlarga hozirdanoq imkon bersa bo‘laverar. Garchi «aurinegroslar» kattalar o‘rtasidagi Libertadores kubogida «Atletiko Mineyro»ni yagona gol evaziga yengishgan, javob uchrashuvidan oldin kichik ustunlikka erishgan bo‘lsada, ularning ichki arenadagi starti qoniqarli chiqmadi. Dastlabki to‘rt turtdan so‘ng «Guarani» ikki ochko bilan turnir jadvali quyi pog‘onalaridan joy olib turibdi, boz ustiga, Xubero shogirdlari gollar hisobini 4-tur doirasidagi «Resistensi» bilan bahs (3:3)da ochishdi.

 

VIKTOR RIVAROLA (2002 yil 16 mayda

tug‘ilgan), hujumkor yarim himoyachi|hujumchi

«Rivagol» «Guarani» tizimiga futzal orqali o‘tgan. Viktor ushbu sport turidan jamoaviy o‘yin, universallik va to‘pni tanasi orqali to‘sish kabi xususiyatlarni o‘zlashtirgan. Rikelme, Ozil va Neymarning o‘yinlariga ishtiyoqmand Rivarola 2021 yili Paragvayning U-19 chempionatida to‘purarlik salohiyatini ham namoyish etib, 14ta gol bilan faqat klubdoshi Romeo Benitesdan ortda qoldi, xolos.

 

ROMEO BENITES (2002 yil 14 noyabr), hujumchi

Fernando Xubero «Guarani»ga ilk bor 2012 yilda sport direktori sifatida kelgan, bir yildan keyingina murabbiylik faoliyatini boshlagandi. Qatardagi ASPIRE akademiyasida tajriba orttirgan kataloniyalik mutaxassis klubning bolalar-o‘smirlar sektorini qayta shakllantirdi, «aborigenlar»ning barcha yosh toifasidagi jamoalarini tajovuzkor 4-2-2-2 sxemasiga o‘tkazdi, ushbu konveerdan hujumkor futbolchilar chiqishini yo‘lga qo‘ydi. O‘zgarishlar samarasi o‘laroq, Robert Roxas, Rodey Redes, Ramon Martines va boshqa ko‘plab klub tarbiyalanuvchilari chetga sotildi. Hozir ham «Guarani»da salohiyatli hujumchilar bisyor, ular orasida U-19 jamoasi mergani Romeo Benites ham bor. Bu yigitcha - tezkor, yengil harakatlanadigan forvard, ofsayd chegarasida o‘ynaydi, yakkama-yakka kurashda raqib himoyachilari va darvozabonlariga haqiqiy boshog‘riq.

RENE RODRIGES

(2002 yil 13 yanvar), markaziy himoyachi

Iqtidorlar ro‘yxatini mudofaa vakillarisiz tasavvur qilish mushkul. Rene yoshlar o‘rtasidagi Libertadores kubogida barcha besh uchrashuvda qatnashdi, zamonaviy markaziy himoyachilarga xos sifatlari, o‘yinni yaxshi o‘qiy olishi, aniq birinchi pas hamda hujumni boshlashini namoyish etdi. Xususan, Rodriges «Nyuellz Old Boyz» darvozasiga g‘alaba goli urilishida qatnashdi: Renening uzun uzatmasidan so‘ng to‘pni Rivarola qabul qilib, so‘ngra Segoviya-ga golli pas berdi. Shuningdek, «Universidad» darvozasiga urilgan to‘rtta golning ikkinchisi ham paragvayliklarning qarshi hujumidan so‘ng urildi, bu hujum esa aynan Rodrigesning to‘pni olib qo‘yishidan so‘ng boshlangandi.

 

MILSIADES ADORNO (2005 yil 27 yanvar), hujumchi

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng yosh va tez rivojlanayotgan futbolchi. O‘tgan yili Adorno U-16 jamoasida o‘ynagan, garchi «aborigenlar»ni chempionlik sari yetaklay olmagan bo‘lsada, 16ta gol bilan jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi va Ekvadordagi turnirga chaqiruv oldi. Mazkur musobaqada ham baquvvat, bo‘sh hududlarga ochilish ustasi, ko‘pincha bir urinishda vaziyatlarni golga aylantirgan Adorno raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, turnir merganlaridan biriga aylandi. Aynan uning «Universidad de Konsepsyon» bilan o‘yinda urgan ikki goli paragvayliklarni yarim finalga olib chiqdi - «Guarani»dan tashqari «Nyuellz Old Boyz» va «Orense» ham 6 ochkodan jamg‘ardi, lekin Aureliano Torres jamoasi urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollari farqiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqdi. Agar Adorno o‘sish tempini pasaytirmasa, uni nafaqat «Guarani» asosiy jamoasida ko‘ramiz, balki yoshlar o‘rtasidagi LKdan ham mashhurroq bo‘lgan musobaqa - iqtidorlar yarmarkasi hisoblangan 2023 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ham ko‘rishimiz mumkin.

 

MATIAS SEGOVIYA (2003 yil 4 yanvar), hujumkor yarim himoyachi

Yuqorida nomi qayd etilgan futbolchilar singari, Segoviyaning nomi ham Paragvay tashqarisida hozircha mashhur emas, ammo o‘z yurtida uch yildan buyon e’tibor markazida. Mati o‘zini ilk bor 2019 yili Braziliyada o‘tkazilgan jahon chempionati-U17da namoyon etgandi. O‘sha mundialda Meksika (0:0), Italiya (2:1) va Solomon orollari (7:0) termalariga guruhda raqiblik qilgan «albirroxita» 7 ochko jam-g‘arib, «pley-off»ning birinchi raundida Argentinani ham yengdi (3:2). Chorak finalda esa Niderlandiya jamoasiga 1:4 hisobida yutqazdi. 16 yoshli Segoviya paragvayliklarning Okeaniya vakillari darvozasiga urgan 7ta golidan biriga mualliflik qildi, janublik qo‘shnilarga qarshi bahsda 0:2 ko‘rinishida yutqazishayotganda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, raqib himoyachisi Lautaro Kanoning avtogol qayd etishiga sababchi bo‘ldi. O‘sha 2019 yilda u Paragvay Primerasida debyutini nishonladi. Joriy yilda esa yoshlar o‘rtasidagi LKda «gol}pas» tizimida 4 ochko jamg‘argan Segoviya turnir ramziy termasidan joy oldi.

Matias yarim himoyaning istalgan pozisiyasida o‘ynay oladi, maydonni va sheriklarini yaxshi ko‘ra oladi, to‘pni shu qadar faol nazorat qiladiki, himoyalanayotganlar qoida buzmay to‘pni olib qo‘yishda juda qiynalishadi. Ammo Segoviya intizomini to‘g‘rilash borasida hali qiladigan ishlar bor. «Independtyente del Valye»ga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida hissiyotlarini jilovlay olmagan vunderkind dastlab o‘z darvozasi oldidan to‘pni uzoqlashtirishda xavfli harakat qildi, 79-daqiqada esa raqibini tepgani uchun qizil kartochka oldi. Natijada, yosh «aborigenlar» bronza medallarini usiz qo‘lga kiritishdi.

Umuman, «Made in Guarani» o‘ziga xos savdo belgisiga aylanib qoldi - so‘nggi taqvim yilining o‘zida «aborigenlar» maktabidan chiqqan markaziy yarim himoya vakillari Xorxe Morel va Xose Florentin xorijga, aniqrog‘i, Argentina chempionatiga yo‘l olishdi. Yaqin kelajakda Segoviya bilan ham shunday hol kuzatilishi mumkin. «Fevral oyida Matias bo‘­yicha ikkita taklif oldik - biri Yevropa, biri MLS klubidan», - dedi «Guarani» sport direktori Akosta.

JAHONGIR tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 29.03.2022. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик