Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ayaks» forvardining ajabtovur taqdiri

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu material - muayyan voqealarga avvaldan salbiy taxmin bildirish kerakmasligiga yaqqol namuna! Sebastyan Aller e’tirofga munosib - u Chempionlar Ligasining joriy mavsumida 11ta gol urdi, dastlabki 7 uchrashuvning barchasida to‘p kiritib, Marko van Bastenning rekordini takrorladi. 27 yoshli hujumchi uzoq vaqt CHLning eng yaxshi to‘purari nomini hech kimga bermadi, toki Robert Levandovski yaqinda «Zalsburg» bilan o‘yinda «xet-trik» qayd etib, uni quvib o‘tguniga qadar. «Ayaks»ning «Benfika»ga qarshi javob o‘yini Aller haqida gapirishga sabab topib berdi. Ammo u CHLning joriy mavsumida ilk bor gol urmadi, favorit hisoblangan amsterdamliklar yutqazib, turnirni tark etishdi. Biroq Allerning musobaqada namoyish etgan performansi shu qadar yorqin ediki, u haqda tayyorlangan maqoladan voz kechish ayb bo‘lardi.

«Uni hatto buldozer ham yiqitolmaydi»

Aller Fransiyada tug‘ilib, ulg‘aygan, ushbu mamlakatning o‘smirlar va yoshlar termalarida o‘ynagan. Lekin keyinroq u tarixiy vatani - Kot-D~Ivuar sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rdi. Asl iqtidorini esa Niderlandiyada, «Utrext» libosidagi uch mavsumda namoyish etdi.

Umuman, Sebastyanning qiziqishlari doirasi futbol bilangina cheklanib qolmaydi. «Aller va Lyudvig Amsterdamda men bilan kikboksingga qatnashgan, hammasi ajoyib edi. Bu uning qanday insonligidan dalolat. Agar unga nimadir yoqsa, uni xarid qilib, sinab ko‘radi. Sebastyan darhol qo‘lqop va zarur inventarlarni sotib oldi», - deydi uning «Utrext»dagi klubdoshi Miyenti Abena.

Niderlandiya jamoasida forvardning salohiyatini juda qadrlashgan. «Unda ko‘ringanidan ko‘proq ko‘nikma bor. Allerni Ibragimovich bilan taqqoslamoqchi emasman, lekin u ayni bo‘y va sifatlarga ega», - deydi «Utrext» sobiq forvardi Ruud Boymans.

Niderlandiyadagi muvaffaqiyatli uch yildan so‘ng ivuarlik hujumchi Germaniyaning «Ayntraxt»iga ko‘chib o‘tdi. U yerdagi ilk mavsumidayoq jismoniy atletizmi bilan barchani lol qoldirdi. «Allerni hatto buldozer ham yiqitolmaydi», - deya hujumchining imkoniyatlari bilan faxrlangandi o‘shanda Frankfurtda ishlagan Niko Kovach. Sebastyanning «Shtutgart» (2:1) darvozasiga yo‘llagan goli mavsum-2017|2018da eng chiroylisi deb topildi. O‘sha yilning o‘zida uning «Ayntraxt»i finalda «Bavariya»ni yengib (3:1), Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

Kelgusi mavsumda Allerning ko‘rsatkichlari yanada yaxshilandi. Bundesligadagi 29ta o‘yinda 15ta gol va 9ta assist muallifiga aylandi. «Har doim gollar urishga intilaman. Lekin birinchi navbatda jamoaviy o‘yinchiman», - degandi iuvarlik o‘z o‘yini haqida. «Ayntraxt» Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqib, penaltilar seriyasida «Chelsi»ga yutqazdi. Yetakchilarning top-klublarga o‘tishlari o‘zini uzoq kuttirmadi. Ante Rebich «Milan» safini to‘ldirgan bo‘lsa, Luka Yovich «Real»ning yangi forvardiga aylandi. Aller APLga borishni ma’qul ko‘rdi: baquvvat hujumchini «Vest Xem» 50 million yevro evaziga qo‘lga kiritdi. Bu «bolg‘achilar» uchun rekord transfer bo‘lgandi.

«Albatta, ko‘p narsalarni muhokama qildik, lekin aynan bu haqda kam gaplashdik. O‘ylashimcha, aksariyat frank-furtlik futbolchilarning maqsadi - mavsumni yaxshi o‘tkazib, imkon qadar yuqoriga ko‘tarilish. Qachondir klubimizni almashtirishimizni bilardik, ammo bizga «Ayntraxt» safida o‘ynash yoqardi. Bu davrlar ajoyib edi. Biroq futbolchi sifatida yangi chaqiruvlar olgingiz keladi», - deya Angliyaga ko‘chib o‘tishini izohlagandi Aller.

 

Ma’muriy xato

Lekin ivuarlik futbolchining tumanli o‘lkada ishlari yurishmadi. Samaradorligi sezilarli pasaydi, «Vest Xem»dagi 53ta o‘yinda atigi 14ta gol urdi. Ammo bu holat ham boshqa bir klub uchun rekord transfer bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi. 2021 yilning yanvarida «Ayaks» forvard uchun 22,5 million yevro sarfladi. Amsterdamliklar Yevropa Ligasi «pley-off»idan avval tarkibni aynan Aller orqali kuchaytirish kerak, deb hisoblashdi. «Bu klubda o‘zingizni ko‘rsatishingiz, Chempionlar Ligasida qatnashish va har yili sov-rinlar uchun kurashishingiz mumkin», - deya izohladi futbolchi bu galgi o‘tishini.

Lekin Niderlandiyadagi dastlabki mavsumida Allerga yevrokuboklarda to‘p surish nasib etmadi. Gap uning yomon formadaligida emasdi. Shunchaki, uni «zayavka»ga kiritishga kech qolishgandi. Ha, aynan shunday: «Ayaks» klub tarixidagi eng qimmatbaho futbolchisini Yevropa Ligasi «pley-off» bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishni unutgandi. «Chindan ham Aller YELda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatiga kirmadi. Gap nimadaligini aniqlash uchun Niderlandiya futbol federasiyasi va UYEFA bilan hamkorlik qilyapmiz», - degan bayonot berdi «Ayaks».

Ma’lum bo‘lishicha, barchasiga ma’murning hisobotidagi kamchiliklar sabab bo‘lgan. «UYEFA Aller mavsum-2020|2021 oxirigacha YELda ishtirok etolmasligi haqida «Ayaks»ni xabardor qildi. Ma’muriy xato tufayli hujumchi turnirda qatnashadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilmagan», - deyiladi klub bayonotida.

 

Van Bastendan keyin birinchi

Ushbu bema’ni voqeaga qaramay, Aller tushkunlikka tushmadi va Niderlandiya chempionati va kubogida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ivuarlik futbolchi 23ta o‘yinda 13ta gol va 7ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, bu endi boshlanishi ekan. So‘nggi yarim yil ichida futbol jamoatchiligi Allerni haqiqiy yulduz sifatida tan oldi. Uning barcha turnirlardagi 33 o‘yinda qayd etgan statistikasi - «32}9», ya’ni har bir o‘yin uchun bittadan ko‘proq ochko. Ammo eng asosiysi, hujumchi Chempionlar Ligasiga to‘fon singari kirib bordi. Guruh bosqichi 1-turi doirasidagi «Sporting»ga qarshi bahs (5:1) uning uchun turnirdagi debyut bo‘ldi, ammo ivuarlik forvard o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, «poker» qayd etdi. Allerdan avval CHLdagi ilk uchrashuvida to‘rt-ta to‘p kiritish faqat Mar-ko van Bastenga nasib qilgandi.

Sebastyan haqiqiy gol mashinasiga aylandi: «Benfika»ga qarshi javob uchrashuvidan avval barcha 7 bahsda to‘p kiritdi, Lissabonda esa ham raqib, ham o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Aller tanaffus olishi hamonoq, «Ayaks» «sochilib ketdi» va 1|8 finalda alamli tarzda turnirni tark etdi.

Biroq Allerdagi o‘sishni hamma payqadi. Goal.com «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogarlar ro‘yxatini tuzdi, ushbu sovrin sohibi endilikda taqvim yili emas, mavsumdagi ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Aller «short-list»da Tomas Myuller, Kevin de Bryuyne, Krishtianu Ronaldu, Erling Xoland va Lionel Messini ortda qoldirgan holda 13-o‘rinni egalladi.

Endilikda ivuarlik futbolchiga individual sovrin nasib etishi amrimahol, lekin keyingi mavsum faoliyatini kuchliroq klubda davom ettirsa, bu syurpriz bo‘lmaydi. «Uning saviyasidan xabardor kishi sifatida, takliflar kelayotganiga ajablanmayman. Ammo shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, Allerning narxi qimmat bo‘ladi», - dedi «Ayaks» bosh murabbiyi Erik Ten Xag.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:00, 29.03.2022. O'qildi: 1866 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик