Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kechikkan inqilob: Erik ten Xag Manchesterda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu yuz berdi. So‘nggi 5 yilda «Ayaks»da ishlagan Erik ten Xag «Manchester Yunayted» bilan 3 yillik kelishuvga erishdi. Niderlandiyalik mutaxassis hali ish boshlamasdanoq klub tizimida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Oldinda esa «Manchester Yunayted»ni inqilobiy o‘zgarishlar kutayotgan bo‘lishi mumkin.

Ser Aleks Fergyuson va undan keyingi «Manchester Yunayted» misoli shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddat bir shaxsga bog‘lanib qolish har qanaqasiga – hatto o‘tgan davr juda yorqin va yutuqli bo‘lsa-da ijobiy emas, salbiy jarayon.

Fergyuson klubni tark etganiga 9 yil bo‘ldi. Bu orada Devid Moyes, Lui van Gal, Joze Mourinyo va Ole-Gunnar Sulsher bosh murabbiy sifatida ish olib bordi. Rayan Giggz, Maykl Kerrik va Ralf Rangnik kabi lavozimga kelishidan ilgariyoq bu o‘rinda qisqa muddat ishlashi ma’lum bo‘lgan insonlar ham bor. Yana mana shu oxirgi 9 yilda «Manchester Yunayted»ga yetishmagan muhim jihat – tanlovlarda rasionallikning mavjud emasligi edi.

Rahbariyat amalga oshiradigan murabbiy tanlovi, skaut hamda murabbiylarning transfer tanlovi va bosh murabbiyning tarkib tanlovi singari muhim o‘rinlarda tashqi bosim ta’siri ortib ketgandi jamoada. Shaxs sifatida shotlandiyalik qariyaning o‘zi Moyesni merosxo‘r sifatida tanlab boshlab bergan zanjir keyingi tanlovlarga ham ta’sir etgan. Keyinchalik muxlislar va tarixiy natijalar bosimi yuzaga chiqa boshladi. Klassik britancha futbol tarafdori bo‘lgan Devid Moyesdan so‘ng quyoshi so‘nib borayotgan tizim murabbiyi Lui van Gal, undan keyin qarama-qarshi qutbdagi uslub egasi Joze Mourinyo, so‘ng umidsizlik oqibatida omadga tayanib jamoaga qadrdon nom Sulsherga imkon berildi. Nazar tashlansa hech bir tanlov uzoq muddatli emasdi. Qo‘shimchasiga avvalgi tanlovlar ruhini keskin rad etardi.

Aslida futbol klublarida salbiy natijalar kuzatilsa muxlislar tomonidan birinchi bo‘lib tanqidga uchraydiganlar bu — maydondagi futbolchilar va murabbiylar. Odatda shunday. Lekin «Manchester Yunayted»da so‘nggi o‘n yillik tendensiyasi boshqacharoq. Bu yerda yaqin-yaqingacha qarorlarni qabul qiluvchi Ed Vudvord (sobiq bosh direktori) va klubning egalari Gleyzerlar oilasi ham ulkan e’tiroz va katta bosim ostida edi. Bu ham muxlislarning asl muammo tayinlangan va tanlanganlarda emas, tayinlovchi va tanlovchilar ekanini tushunib yetganlaridan edi.

Vudvord yil avvalida lavozimidan iste’fo berganidan xabardorsiz. Erik ten Xag bilan kelishuv hali e’lon qilinmasidan ilgari esa jamoani asosiy skautlar Jim Loulor va Marsel But tark etdi. Hozir barcha e’tibor Erik ten Xagda bo‘lishiga qaramay aslida klubda kuzatilayotgan o‘sha iste’folar, tektonik siljishlar Ralf Rangnik nomi bilan bog‘lanishi lozim. Aynan u murabbiy tayinlovi va tarkibdagi bo‘lajak jiddiy o‘zgarishlarga sharoit yaratdi.

«3-4 nafar yangi futbolchi kam, buning o‘zi kifoya qilmaydi. Darvozabon pozisiyasidan tashqari barcha nuqtalarga yangi futbolchilar zarur. Umuman klubni qayta qurilish kutmoqda», — degandi so‘nggi intervyularining birida Rangnik.

Germaniyalik mutaxassisning oxirgi oylardagi faoliyati yangi inshoot poydevori uchun qurilish hududini tayyor holatga olib kelishga o‘xshaydi. Ko‘p ehtimol yozda «Manchester Yunayted» tarkibini o‘nlab futbolchilar tark etadi. Bu o‘rinda qarorlar to‘liq yangi murabbiy ixtiyorida bo‘ladi.

O‘sha yangi murabbiyning o‘yin uslubi haqida bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlar esa bugungi «Ayaks»da mujassam. Qisqa uzatmalarga qurilgan harakatchan, tezkor va kombinasion o‘yin. Erik ten Xag 2013—2015 yillarda «Bavariya»da tajriba to‘plagan. Ikkinchi jamoani boshqarar ekan u o‘sha vaqtda asosiy jamoa murabbiyi bo‘lgan Xosep Gvardiolani yaqindan kuzatar, ispaniyalikning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormaslikka intilardi. Ba’zan Pep bilan uzun bahsga kirishardi.

Albatta, Erik ten Xag Gvardiolaning faoliyatidan ta’sirlangan bir mutaxassis. Ammo ta’sirlanish o‘z yo‘liga. Bunday jarayon istalgan dahoning hayotida yuz berishi mumkin. Masalan, o‘sha Gvardiolaning o‘zi ham qachonlardir aynan gollandiyalik Yoxan Kroyfdan ta’sirlangan. Bunda alohida shaxs bo‘lib ajralib chiqishning muhim nuqtasi bo‘lib, hamma ham bu nuqtani topolmaydi, albatta. Mutaxassislarning fikricha, Erik ten Xag o‘sha nuqtani bosib o‘tgan bo‘lib, uslubida faqat uning o‘ziga xos bo‘lgan chizgilar bor. Uning sevimli uslubi 4-2-3-1 hisoblanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, Manchester shahrining qizil qismida biroz kechikib bo‘lsa-da inqilob yuz bermoqda. Hozir kabinetlarda boshlangan bu inqilob tez orada maydonga ham ko‘chib o‘tishi mumkin.

Orif Tolipov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:11, 22.04.2022. O'qildi: 6137 marta. Fikrlar: 95 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик