Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • 3:0
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 6 15
2 Paxtakor 6 15
3 Buxoro 6 13
4 Bunyodkor 6 13
5 Navbahor 6 12
6 Nasaf 6 11
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 6 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
6-тур Neftchi 0-1 Paxtakor
6-тур Buxoro 2-0 Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Erik ten Xag - «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi: bu qanchalik foydali?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Payshanba kuni «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi. Kutilganidek, bu «Ayaks» ustoziErik ten Xag edi. Shu sabab bugun «qizil iblislar» rahbariyatining bu qarori qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida fikr yuritamiz.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi tayinlanishi bilan ko‘plab mish-mishlarga chek qo‘yildi. Mavsum davomida bir nechta potensial nomzodlar klubni boshqarishi taxmin qilingandi, ammo yakunda «Manchester Yunayted» ikki nomzod borasida tanlov qildi - Maurisio Pochettino va Erik ten Xag. Har ikki murabbiyning ham o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor, lekin «qizil iblislar» rahbariyati gollandiyalik mutaxassisni tanladi.

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasidagi tendensiyani ko‘rib chiqib, taktik murabbiyni jamoaga taklif qilishga qaror qildi. Ser Aleks Fergyuson ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, mankunianliklar turli murabbiylarni, jumladan, taniqli mutaxassislarni taklif qilishdi. Biroq, ular orasida taktik murabbiy yo‘q edi. Natijada, bu vaqt ichida jamoa bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritdi, lekin klub muxlislari o‘rganib qolgan chempionliklardan ancha uzoqlashib ketdi. Shu sabab rahbariyat qandaydir o‘zgarish qilishga qaror qildi va «Old Trafford»ga taktika bilan ishlaydigan mutaxassisni olib kelishdi.

Ten Xag o‘zi tuzgan taktika evaziga kamtarona «Ayaks»ni Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqdi va uning jamoasini hal qiluvchi bahsda ishtirok etishiga bir necha soniya to‘sqinlik qildi. Ajablanarlisi shundaki, «Ayaks» o‘shanda Pochettino boshchiligidagi «Tottenxem»ga imkoniyatni boy bergan. O‘sha «Ayaks»da hozirda «Manchester Yunayted»ga tegishli bo‘lgan van de Bek ajralib turgan. Odatda markaziy yarim himoyachilar bajaradigan funksiyalarga nazar tashlasangiz, ular odatdagi tizimdan tashqarida harakat qilishgan. Keyin Ten Xag ular uchun boshqacha pozisiyalarni o‘ylabtopdi va buning natijasida ushbu futbolchilar hamqaysidir ma’noda raqibhimoyasini yorib o‘tishni uddalay olishdi.

Bu yil ham Ten Xag o‘sha muvaffaqiyatni takrorlashga urinib ko‘rdi, ammo «Ayaks»ning muammosi shundaki, klub tarkibi nisbatan o‘rta xil edi. Shu sabab bu mavsumda ham amsterdamliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichida yorqin o‘yin namoyon etishgan bo‘lsa-da,1/8da kamtarona «Benfika» to‘sig‘idano‘ta olishmadi. Ehtimol, keyin ten Xag katta muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega klub kerakligini tushundi.

Shunga qaramay, shuni ta’kiddlash kerakki, ten Xag «Manchester Yunayted»ning muvaffaqiyatini aniq kafolatlab bermaydi. Taktik murabbiy sifatida uning jamoasida yaxshi saviyaga ega futbolchilar bo‘lishi juda muhim. So‘nggi yillarda «qizil iblislar»ning transfer siyosati selekciyaga o‘xshamaydi, balki klub obro‘si va marketing uchun xarid qilindi. Bu qaysidir ma’noda Krishtianu Ronalduning transferi bilan ham bog‘liq. Ya’ni «qizil iblislar» so‘nggi paytlardagi muvaffaqiyatsizliklari sabab OAV e’tiboridan chetda qola boshladi. Shu sabab ular jamoaga yulduz futbolchi kerak ekanligini anglashdi va portugaliyalik futbolchining transferini amalga oshirdi. Shuningdek, o‘tgan mavsum «qizil iblislar»ning hamshahari «Manchester Siti» ham KriRoni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishdi va insayd ma’lumotlargan ko‘ra, bu 90% ga amalga oshgan edi. Biroq, «MYU» «shaharliklar»dan tezkorroq harakat qilishdi va Ser Aleks tashabbusi bilan Ronalduning «Old Trafford»ga o‘tishga ko‘ndirdi. Bu ham qaysidir ma’noda sobiq yulduzini APLdagi asosiy raqobatchisiga o‘tmaslik uchun qilingan harakatlar edi.

«Manchester Yunayted» ten Xag boshchiligida biror narsaga erisha olishi hamda optimal tarkibni tuzishi uchun rahbariyatdan to‘liq yordam olishi kerak. «Manchester Siti»da Pep Gvardiola va «Liverpul»da Yurgen Klopp erkin harakat qilishdi va bir necha mavsumda optimal tarkib tuza oldi. Ha, ba’zida ularning xaridlari kutilmagan va juda qimmat narxdagi transferlar edi. Ammo o‘sha transferlar o‘z natijasini bera olsa, bu hech narsani anglatmaydi.

Biroq, bu hammasi emas. Gvardiolaning obro‘si «Manchester Siti»ga kelganida ham juda katta edi. Kloppga unchalik ishonch bildirilmagan, ammo baribir u Chempionlar ligasini yuta oldi. Shuningdek, u «Liverpul» bosh murabbiyi etib tayinlanganida, allaqachon Bundesligada g‘olib chiqqan edi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ikkalasi ishonchni to‘liq oqlashdi. Shu bilan birga, ikkala mutaxassis ham klubdagi birinchi mavsumi unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmaganini eslashitib o‘tishimiz kerak.

 «Manchester Yunayted» rahbariyati yangi murabbiyga to‘liq ishonishga tayyormi? Sababi, ten Xagdan birinchi mavsumdayoq mo‘’jiza kutish – bu juda qiyin masala.

Kiritildi: 16:20, 22.04.2022. O'qildi: 2876 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик