Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Diyor Imomxo‘jayev "FutbolTV"ning yosh sharhlovchilarini Bobur Akmalovdan ustun qo‘ydi

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Telekanallar / TV-dasturlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir paytlar sharhlovchilik bilan ham shug‘ullangan, ayni paytda O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sharhlovchilar haqida fikr bildirdi.

"Sharhlovchiga sharhlovchi haqida fikr bildirish qiyin. Solidarnost tushunchasi bor. Hatto kimdir biror hamkasbingiz haqida salbiy fikr bildirsa ham qandaydir g‘ashingizga tegadi.

Saudiyadagi Chempionlar ligasi o‘yinlarini ko‘rib, undagi sharh masalasida bir fikr aytishni istagandim. Biroq buning uchun guruh bosqichi yakuniga yetishi kerak edi. Shoshilmaganim to‘g‘ri bo‘lganini kecha yanada aniqroq tushunib yetdim. Sababi xuddi Paxtakor hayitdan keyin yoshlarga imkoniyat bergani kabi, kecha Futbol-TV kanalida ham ikki yosh sharhlovchi o‘yinni sharhladi: Muhammadali Muhammadkarimov va Faxriddin Turopov (katta sharhlovchilar katta ehtimol bilan o‘sha vaqtda kattaroq futbol ko‘rishdi).

Paxtakor yoshlari 4 ta gol o‘tkazdi, chunki ularda tajriba kam. Biroq ishtiyoq tonnalab topiladi, shuning uchun 5 ta gol ham urishdi. Biznikilar Saudiyada qachon 5 ta to‘p kiritganini to‘g‘risi eslolmadim. Ular kabi yosh sharhlovchilar ham balki qandaydir kamchiliklar, tajribasizliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Ammo ular sharhlovchi uchun eng kerakli masalada aytaylik Bobur Akmalovdan ustunroq ko‘rinishdi: natijasi hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan o‘yinga temp berishdi, 90 daqiqa muxlisning umidiga suv sepib tashlashmadi va balki ularni ham umidni so‘ndirmaslikka unday olishdi.

Men Akmalovni tushunaman. O‘zbek futboliga ichi achiganidan achchiq fikrlar bildiradi, ahir o‘zim ham shunday bo‘lganman. Biroq bilasizmi nima, sharh xonasi baribir sharhlovchi uchun muqaddas. Butun O‘zbekiston futbolchilar yoki jamoalar sha’niga kurakda turmaydigan fikrlar yog‘dirayotgan bir vaqtda ham (muxlisning haqi bor) sharhlovchi umidni o‘ldirib qo‘ymaslikka intilishi kerak. U o‘rtadagi ko‘prik. U muxlisga qo‘shilib baqirish uchun sharhga kirmaydi. Chunki narigi tarafda o‘ynayotgan jamoa ham o‘zimizniki. Mana shu o‘rtalikni aytaylik Davlat aka Turdialiyev klassik ko‘rinishda namoyon eta olgan. Milliy termaning o‘xshamagan o‘yinlarini, mundialdan qolib ketayotgan daqiqalarimizni eslang, Turdialiyev tanqid qilganida ham mehrini o‘ldirib qo‘ymagan, muxlisdek kuyunsada, sharhlovchidek unga yupanch bergan, futbolchidek oxirida nimadir bo‘lib qolishiga ishongan. Xayrulla Hamidovning bir fikri bor, tasavvur qiling, jahon chempionatidan aniq chetda qolishingiz mumkin bo‘lgan uchrashuvni sharhlayapsiz. O‘sha daqiqalarda futbolchidan ham, muxlisdan ham ko‘ra ko‘proq sharhlovchiga qiyin. Chunki u sharhini yakunlab olgunicha ichki kechinmalarini amallab bosib turishi (muxlis istaganicha chiqaradi) va deyarli yo‘q bo‘layotgan umidni oxiriga qadar bor deb, alday olishi kerak (hammasi futbolchilar qo‘lida edi, ammo ular yengilishdi). Mana shunday paytlar eng dahshatlisi, ammo sharhlovchilik kasbi shu.

Sharhdan keyingi dasturlar, ko‘rsatuvlar, eshittirishlar yoki maqolalarda esa erkinlik gektar misol. Bor alam, iztirob, tanqid, tahlil yoki nafratni o‘sha yerda sochishga haqlisiz va shunday qilasiz ham. Bunisi umuman boshqa mavzu bo‘ladi. Ammo 45-daqiqadan boshlab bir taym davomida butun jamoa yoki futbolchilarni yerga urish uchun futbol sharhlanmaydi.

O‘zbek futboliga bo‘lgan mehr — harakatlarda namoyon bo‘ladi. Mehrni sun’iy ko‘rsatish mumkin emas. Va tan olamiz, o‘tgan yillar davomidagi g‘irrom futbol katta ehtimol bilan mehringizni o‘ldirgan bo‘lishi mumkin. Agar u rostmana o‘lgan bo‘lsa, o‘zingizni qiynamang. Agar ozgina qolgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa 90 daqiqa futbol sharhlang, sharhda kesatiq, qochiriq yoki tanqid juda o‘rnida bo‘lishi, xuddi oshga solinadigan tuzdek ma’suliyatli ishligini his qilish to‘g‘ri. Biroq butun 90 daqiqani shunga sarf etish bu shunchaki isrof. O‘sha vaqtda muxlisga bu fikrlar yoqadi, ammo u ham o‘sha daqiqalarda siz kabi vaqtini zoye ketkazayotgan bo‘ladi.

Yuqoridagilarning barchasi IMHO. Eski sohamda o‘zim ham Paxtakorni oborib-opkelardim. Aytaylik, Futbol sharhida. Yoki Sokker klubda. Biroq 90 daqiqalik sharh bu umuman boshqa janr. Uni farqlash shart" - deb post qoldirdi kichkina Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi kanalida.

Kiritildi: 06:40, 28.04.2022. O'qildi: 8183 marta. Fikrlar: 88 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.