Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Yuventus 20 39
4 Napoli 19 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 19 21
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 19 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Liverpul" Chempionlar ligasi yarim final bosqichlarida qanchalik omadli bo‘lgan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Liverpul" dunyodagi eng mashhur va nomdor klublardan biri. Yurgen Kloppning kelishi bilan jamoa yana Premyer-ligadagi o‘z o‘rnini tikladi va Chempionlar Ligasida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishda davom etdi.

Nemis mutaxassisi qo‘l ostida yana bir bor mersisaydliklar asosiy klub turnirining yarim finaliga yo‘l olishdi va u yerda Ispaniyaning "Vilyarreal"iga qarshi bahs olib boradi.

Stadion.uz nashri “Liverpul”ning Chempionlar ligasi yarim finalida o‘ynagan avvalgi tajribalari haqida so‘z yuritadi.

2005 yil

Raqib: "Chelsi"

Yakuniy natija: g‘alaba

"Liverpul" birinchi marta Chempionlar ligasi yarim finali 2005 yilda Londonda "Chelsi"ga qarshi bo‘lgan. Bir-birini yaxshi biladigan jamoalar bosh murabbiylarning taktikasiga bog‘liq bo‘lgan ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatishdi. Qarama-qarshilik taqdirini javob o‘yinida Luis Garsiya tomonidan kiritilgan bitta gol hal qildi.

Rafael Benites shogirdlari birinchi bo‘lim oxirida finalda Milandan 0:3 hisobida mag’lub bo‘lishayotgan edi. Mersisaydliklar qaytishga muvaffaq bo‘lishdi va "Milan"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Yevropaning asosiy klub kubogini qo‘lga kiritishdi.

2007 yil

Raqib: "Chelsi"

Natija: g‘alaba

Oradan ikki yil o‘tib "Liverpul" va "Chelsi" yana Chempionlar ligasining 1/2 finalida o‘ynashdi. Bu safar jamoalar o‘z maydonida minimal g‘alabalarga erishdi. Gollar Jo Koul va Daniel Agger tomonidan kiritilgan.

Turnir finaliga yo‘llanma penaltilar seriyasida o‘ynaldi va unda mersisaydliklar g‘alaba qozonishdi. “Chelsi” safida Aryen Robben va Njitap Jeremi o‘z zarbalarini golga aylantirishmadi.

Turnir finalida “Liverpul” ikkinchi bor “Milan” bilan to‘qnash keldi. Bu safar Milan klubi kuchliroq bo‘lib chiqdi va Indzagi ikkita gol urdi. “Liverpul”ning yagona goliga Kuyt mualliflik qildi.

2008 yil

Raqib: "Chelsi"

Natija: mag‘lubiyat

Keyingi yili taqdir “Liverpul” va “Chelsi”ni yana turnirning yarim final bosqichida birlashtirdi. O‘tmishdagi qarama-qarshiliklardan asosiy farqi shundaki, tomoshabinlar ko‘pchilikning qalbidan joy olgan spektaklni ko‘rdilar.

"Enfild"da bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda jamoalar durang qayd etishgan - 1:1. Javob o‘yinida “Chelsi” va “Liverpul” ham bittadan gol urib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limga olib chiqdi. 30 daqiqa ichida jamoalar 3 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi, ammo bu safar muvaffaqiyat London klubiga nasib etdi. “Ko‘klar” safida Drogba dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Lempard mualliflik qildi. "Liverpul" tarkibida Torres va Babel gol urishdi.

Turnir finalida “Chelsi” yana bir ingliz grandi – “Manchester Yunayted”ga imkoniyatni boy berdi. Kubok taqdiri Jon Terrining omadsiz penalti zarbasi hal qildi.

2018 yil

Raqib: "Roma"

Natija: g‘alaba

2017/18 yilgi mavsumda Yurgen Klopp jamoasi chorak final bosqichida “Barselona”ni nokautga uchratgan “Roma” bilan uchrashdi. Angliyada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda "Liverpul" raqibini 5:2 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqish uchun katta talabni qo‘ygandi.

"Javob o‘yini - bu rasmiyatchilik", - deb o‘ylashdi "Liverpul" futbolchilari rimliklarning xarakterini qadrlamay. "Roma" ikkinchi o‘yinda deyarli "kambek" qilib, uchrashuvda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Hal qiluvchi o‘yinda mersisaydliklar “Real” bilan to‘qnash kelishdi. Final Kiyevda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv qiziqarli va o‘ziga xos dramatik tarzda o‘tdi. “Liverpul” o‘z xatolari evaziga Madrid klubiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Albatta, o‘shanda Loris Karius dahshatli o‘yin ko‘rsatdi, ammo dubl qayd etgan Garet Beyl finalning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

2019

Raqib: "Barselona"

Natija: g‘alaba

2018/19 yilgi mavsumda "Liverpul" va "Barselona" o‘rtasidagi yarim final futbolning eng buyuk kambeklari tarixida abadiy qoladi.

Kataloniya klubi birinchi o‘yinda o‘z maydonida inglizlarni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Klopp shogirdlariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. "Ko‘k-anorranglilar" uchun ikkinchi o‘yin ko‘proq rasmiyatchilik edi, ammo ma’lum bo‘lishicha, hamma narsa boshqacha bo‘lib chiqdi.

“Qizillar” birinchi daqiqalardanoq finalga chiqish uchun katta ishtiyoq ko‘rsatishdi. Tarkibdagi muammolarga qaramay dastlabki daqiqalarda Origi gol urdi, tanaffusdan keyin esa zaxiradan maydonga tushgan Veynaldum dubl qayd etdi. Hammasi qo‘shimcha vaqtga ketayotgandek tuyuldi, ammo afsonaviy burchak zarbasini Arnold ijro etdi. Origi jamoalarning barcha rejalarini o‘zgartirdi. "Liverpul" to‘rtinchi golni kiritdi va Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.

Turnir finalida “Liverpul” “Tottenxem” bilan to‘qnash keldi. “Shporlar” munosib qarshilik ko‘rsata olmadi, finalda mag‘lub bo‘ldi – 0:2.

Umumiy natija

Yarim finaldagi jami ishtiroklar: 6 ta (hozirgi bilan birga)

Muvaffaqiyatli yakunlangan yarim final: 4

Finaldagi g‘alabalar: 2 (50%)

“Liverpul” yettinchi marta Yevropaning eng yaxshi jamoasi nomini qo‘lga kiritishi mumkin. Chempionlar ligasi yaratilgunga qadar ular to‘rt marta yevrokuboklarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yarim finalga kelsak, "Liverpul" bu yerda juda yaxshi tarixga ega, chunki ko‘p hollarda ularning ushbu bosqichga chiqishi mavsumning asosiy o‘yiniga o‘tish bilan yakunlanadi. Bu mavsumda ularda bu an’anani davom ettirish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Chunki “Liverpul” yarim finalning birinchi o‘yinida “Vilyarreal”ni ishonchli hisobda mag’lub etdi. Lekin baribir hammasi Ispaniyada hal bo‘ladigandek.

Kiritildi: 10:52, 01.05.2022. O'qildi: 3494 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.