Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zoir To‘raqulov: «Nasaf»da yo‘lga qo‘yilgan piramida — etalon»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Intervyular
A A A

Qashqadaryo viloyati futbolida jonkuyar mutaxassislar ko‘p. Xususan, Zoir To‘raqulovning ham o‘ziga xos o‘rni bor

Bolaligidan futbolga mehr qo‘ygan qahramonimiz yillar davomida Qarshi shahri, Muborak, G‘uzor, Shahrisabz va Koson tumanlari jamoalarida o‘ng qanot himoyachisi sifatida to‘p surdi. Butsalarini mixga ilganidan keyin esa «Nasaf», «Mash’al», «Sho‘rtan» klublarida murabbiylik qildi. Orada «Qizilqum» shtabida ham faoliyat yuritdi. Zoir Narzullayevich ayni payt viloyat futbol mahorat maktabida yoshlarga saboq beryapti.

- Zoir Narzullayevich, yoshingiz 60 yoshdan oshgan bo‘lsada, g‘ayratingiz yosh yigitlarnikidan kam emas. Avvalo, bolaligingizni xotirlasak... 

- 1961 yili Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilganman. Oilada 9 nafar farzandmiz - sakkiz o‘g‘il, bir qiz. Bolalikdan futbolga mehr qo‘yib, tumanimizda tengdoshlar bilan to‘p ortidan yugurib ulg‘aydik. Futbolimiz fidoiysi, tajribali murabbiy Albert Sheglov uzoqdan xatti-harakatimni kuzatib yurgan ekan. Bir kuni meni to‘xtatib, nechanchi sinfda o‘qishimni so‘radi. O‘shanda 11 yoshda bo‘lib, 5-sinfda o‘qirdim. Xullas, Sheglov agar futbolchi bo‘lishni istasam, «Mehnat» stadioniga borib, murabbiy Qo‘zi Sag‘diyevga uchrashimni tayinladi. Ota-onam ko‘nmasliklaridan qo‘rqib, chamasi 2 yilcha futbol seksiyasiga yashirincha qatnadim. Ular keyinchalik ilk yutuqlarimni ko‘rib, futbol bilan jiddiy shug‘ullanishimga rozilik berishdi. Mana, shundan buyon millionlar o‘yini ichidaman. Oddiy aytganda, qariyb yarim asrdan buyon futbol kundalik ishim, quvonchim, qisqasi, hayotim mazmunidir. G‘ayrat-ishtiyoqimning hamon so‘nmagani siri shu. Haligacha sog‘lom turmush tarziga amal qilaman.

- Katta futbolga kirib kelish tarixingiz qanday?

- Harbiy xizmatdan qaytgach, Qarshi shahridagi 2-maktabda o‘qituvchilik qilish barobarida futbolni tashlab qo‘ymadim. 1989-1990 yillarda murabbiy Anvar Smetlayev taklifi bilan «Sho‘rtan»da o‘ynadim. Bundan oldin viloyat futboli ravnaqida katta xizmat qilgan, vaqtida «Paxtakor»ga ham jalb etilgan marhum Mars aka Husniddinov «Mehnatchi» klubining G‘azalkentdagi yig‘iniga chaqirgan va 1987-1989 yillarda «Geolog» nomini olgan shu jamoa safida to‘p surgandim. Husniddinov keyinchalik «Sho‘rtan»ni ham boshqardi. Mars akaning o‘zi hujumda o‘ynagan, shuning uchunmi, hujumkor futbolga moyil edi. U ayniqsa, ikkinchi qavatda o‘ynashda benazir bo‘lgan. Mashg‘ulotlar jarayonida ham 20-25 daqiqa bosh bilan o‘ynash ustida o‘ziga xos tarzda ishlardik. Bundan tashqari, uzun uzatmalar, to‘p bilan erkin muomala qilishga alohida e’tibor qaratardi. Umuman, futbolchilik faoliyatimda Valeriy Lyubushin va Boris Serostanov kabi mutaxasislar ham katta o‘rin tutishgan. 

- Sizga milliy chempionatimizning ilk mavsumlarida ham o‘ynash nasib etdi...

- Avvalo, aytish kerak, istiqlol ortidan o‘zbek futboli jahonga yuz burdi. Deylik, klublarimiz Osiyo maydonlariga chiqdi, turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz xal­qaro musobaqalarda ishtirok eta boshladi. 1992-1995 yillarda «Mash’al» safida to‘p surib, jamoaning yuqori ligaga yo‘l olishida bevosita qatnashganimdan faxrlanaman. yillardagi  faoliyatim esa «Dinamo-Nasaf», «Hisor» va «Oq oltin» jamoalari bilan bog‘liq. Butsalarimni mixga ilgach, viloyat kasaba uyushmalari futbol maktabida murabbiylik ishini boshladim. 1999-2005 yillarda «Nasaf»da bosh murabbiy Bahrom Hakimovga assistentlik qildim. Bu orada klubni ma’lum muddat ukrainalik Oleg Morozov ham boshqardi. 2004 yili 8ta, keyingi mavsumda yana bir necha o‘yinda «Nasaf»ni bosh murabbiy rolida maydonga boshlab tushdim. 2006-2007 yillarda esa «Sho‘rtan»ga ustozlik qildim. Keyinchalik G‘uzorda qisqa vaqt ishlagan latviyalik Igor Pachko taklifiga ko‘ra, «Qizilqum» shtabida yordamchi murabbiy rolini bajardim.

- «Nasaf»ning kuchlilar qatoriga kirishida Bahrom Hakimovning katta xizmati singgan, to‘g‘rimi?

- Bahrom Mamajonovich avvalo, yaxshi inson va yetuk mutaxassis. To‘g‘ri, u «Nasaf»ni o‘z shogirdlari va tanigan-bilgan futbolchilari hisobiga kuchaytirdi, shuning barobarida mahalliy iqtidorlarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. «Nasaf» Hakimov qo‘l ostida chempionatimizda kuchli 3ta jamoadan biriga aylandi, qolaversa, Osiyo arenalarida ham munosib o‘ynadi. Shuningdek, bir necha marta O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi. Jamoa o‘sha vaqt ayniqsa, o‘z maydonida dahshatli ko‘rinardi. Esimda, Qarshidagi «Mehnat» stadioni soat 14:00dan gavjumlashardi ko‘pincha. Yoz chillasi, bahor-kuzning seryog‘in kunlari ham stadion muxlislar bilan to‘lardi. Qisqasi, Qarshi, umuman, Qashqadaryo viloyatiga jo‘shqin futbol havosi kirib kelgandi.

- «Nasaf», «Sho‘rtan» va «Mash’al» klublari shtabidagi ish sizga aynan nimalar berdi?

- 2010-2011 yillarda «Nasaf» yoshlar jamoasi bilan Birinchi ligada qatnashdik. Jamoani avvaliga Valeriy Bondarenko bosh­qardi, keyin tizginni o‘z qo‘limga oldim. Ko‘plab iqtidorli yoshlar ayni shu jamoa orqali asosiy tarkib sari qadam tashlashdi. 2013 yili «Sho‘rtan» o‘rinbosarlarini shug‘ullantira boshladim. Keyingi 2 mavsumda asosiy jamoada yordamchi murabbiy rolini bajardim. 2016-2020 yillar oralig‘ida esa «Mash’al» akademiyasida katta murabbiy sifatida faoliyat yuritdim. Bularning barchasi - katta maktab. Ayni payt o‘z shogirdim Nurali Sultonov rahbarligidagi viloyat futbol mahorat maktabida yoshlarga ta’lim beryapman. PRO murabbiylik lisenziyasiga egaman. Futbolda tanish-bilishchilik o‘rnini butunlay halollik egallashi tarafdoriman. Shiorim ham shunga monand: «Shaffoflik - kasb mezoni».

-  Ko‘rinib turibdiki, futbolimizdagi og‘riq nuqtalar sizni hamon bezovta qiladi...

- Shunday. Futboldagi oshna-og‘ayni, tanish-bilishchilik ishimizni faqat orqaga suradi. Oddiy misol, zo‘r shoir yoki yozuvchining farzandi nega otasidek ijodkor bo‘lmaydi? Chunki iqtidor hammaga ham berilmaydi. Umuman, yoshlar bilan ishlashda to‘g‘rilik, halollik juda muhim. Vaqtida yaqin qarindoshimiz o‘g‘li talabga javob bermagani uchun uni guruhdan chetlashtirganman. Demoqchimanki, tarbiyalanuvchi futbolga tortmayaptimi, iqtidori sezilmayaptimi, uni vaqtida boshqa kasbga yo‘naltirish kerak. Agar ota-onasining xafa bo‘lishini o‘ylab, kimnidir olib yuraversak, avvalo, uning o‘ziga zarar... Hamma ham futbolchi bo‘lavermasligini tushunish kerak. Shogirdlarimga ko‘pincha bir gapni takrorlayman: «Futbolchi bo‘lsang, eng zo‘rlar qatoriga kir, aks holda, vaqtida boshqa yumush etagini tut». Hozirgi kunda ba’zi yoshlarga tanbeh berishga ham qo‘rqadi kishi... Ular hattoki, murabbiy tanlaydigan holatga kelib qolishgan. Murabbiy yoqmayaptimi, uni ishdan bezdirish yoxud chetlatishga harakat qilishadi. Kechirasizu, bunday yondashuv bilan nimagadir erishishning iloji yo‘q.

- Umuman, futbolimiz tizimiga munosabatingiz qanday?

- «Nasaf»da yo‘lga qo‘yilgan piramida - etalon. 16 yil muqaddam viloyatning o‘sha payt­dagi rahbari, marhum Nuriddin Zayniyev tomonidan yaratilgan infratuzilma natija beryapti. Futbol maktabi ishi ham zo‘r. Ko‘rinib turibdiki, klub relsga tushib oldi. Murabbiylikda o‘ziga xos tizim yaratgan shogirdim Ro‘ziqul Berdiyevni ham e’tirof etishim kerak. Yana «Bunyodkor»dagi ishlar e’tirofga loyiq. Hozirga kelib, chempionat tizimi ham ancha barqarorlashdi, jamoalar esa texnik-taktik tomondan ancha shakllandi. Endi faqat jismoniy tayyorgarlikka e’tiborni kuchaytirish kerak. 

- Oilangizda kasbingiz va futbolga munosabat boshqacha bo‘lsa kerak...

- Yaqinlarim aynan futbolni tanlaganimdan faxrlanishadi. To‘ng‘ich o‘g‘lim Akmal tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, uning ukasi Sanjar «Bunyodkor», «Alay» va «Olg‘a» klublarida to‘p surdi, endi o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rmoqchi. Qizim Sitora kasb-hunar kollejini tamomladi. «Mehnatim - baxtim» iborasini ko‘p eshitganman. O‘ylab qarasam, sidqidildan qilingan ish rohat-farog‘at keltiradi, albatta. Futbolimiz ravnaqi yo‘lidagi mehnatim samarasini ko‘rsam, bas. Men uchun bundan ortiq baxt yo‘q.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 16:16, 02.05.2022. O'qildi: 3116 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.