Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

80-yillar yulduzlarini eslab... (2-qism)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

InterFUTBOL gazetasizning 29 mart kuni nashrdan chiqqan 25 (1929)-sonida o‘tgan asrning 80-yillari yorqin nur sochgan sobiq ittifoq futbolini e’tirof etib, o‘sha vaqt yulduzlarini eslagan edik. Bugun hukmingizga o‘sha fotojamlanmaning ikkinchi qismini havola etishni lozim topdik. Birinchi qismda asosan Kiyev «Dinamo»si vakillari haqida so‘z borgandi, endi navbat «Spartak» (Moskva) va boshqa klublarni buyuklik darajasiga ko‘targan futbolchilarga. Marhamat...

Vagiz XIDIYATULLIN

O‘sha vaqt: «Spartak» himoya­chisi

Hozir: 63 yosh, faxriylar jamoasi a’zosi

«Spartak»ning afsonaviy himoyachisi va Yevro-88 kumush medali sovrindori futbolchilik faoliyati davom etayotgan vaqtdayoq o‘zini murabbiylikka tayyorlagan. Deylik, o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida Fransiyada maxsus kurslarni tamomladi. Biroq Xidiyatullin yangi sohada muvaffaqiyatga erisholmadi, baribir. Yakunda u o‘zini kasaba uyushmasi harakatiga bag‘ishladi. Xullas, 20 yil davomida Rossiya futbolchilar va murabbiylar kasaba uyushmasini boshqargan Vagiz shundan so‘ng nafaqaga chiqdi. Muhimi, sobiq himoyachi hozirgacha faxriylar jamoa safida ko‘rinish bermoqda.

Igor BELANOV

O‘sha vaqt: «Chernomores», «Dinamo» K. va «Borussiya» M. hujumchisi

Hozir: 61 yosh, Ukraina futbol assosiasiya­si Professional qo‘mitasi raisi

«Oltin to‘p» sohibi va sobiq ittifoq futbolining eng sermahsul hujumchilaridan biri butsalarini mixga ilgach, salohiyatini ko‘p joylar va turli sohalarda sinab ko‘rdi. Xususan, yangi asr boshida Shveysariyaning «Vil» klubi prezidenti lavozimida ishladi. Kamtarin jamoa Belanov boshqaruvi payti mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Igor shundan so‘ng 2010 yili siyosatga yuzlandi: Odessada «Rodina» partiyasidan deputatlikka saylandi, ma’lum vaqt shahar kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajardi. Keyin Odessada shaxsiy maktab ochdi, mini-futbol turnirlarini yo‘lga qo‘ydi. 2018 yildan esa UFAda professional futbolni strategik rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.

Sergey ALEYNIKOV

O‘sha vaqt: «Dinamo» Mn. va «Yuventus» yarim himoyachisi

Hozir: 60 yosh, FIFA instruktori

Mavsum-1982da Minsk «Dinamo»si bilan chempionlikni nishonlagan Belarus futboli afsonasi 90-yillar boshida Italiyaga yo‘l oldi. Aleynikov murabbiylik faoliyatini ham aynan Apennin orolida boshladi. Ya’ni avvaliga «Anani Fontana» va «Pontederra»da ishlagan sobiq yarim himoyachi orada 1 yil Rossiyaning «Torpedo-Metallurg» va «Vidnoye» klublarini shug‘ullantirdi, keyin Italiyaga qaytib, navbati bilan «Lechche» akademiyasi hamda sobiq jamoasi «Yuventus»da faoliyat yuritdi. Italiya quyi divizionlaridan biri ishtirokchisi «Kras» va «Daynava» (Litva)dagi ish ham Aleynikovga katta yutuq keltirgani yo‘q. Xullas, murabbiylikda o‘zini ko‘rsatolmagan Minsk «Dinamo»si faxri hozirda Lechche shahrida istiqomat qilib, mahalliy bolalarni shug‘ullantirmoqda. U shuningdek, FIFA instruktori sifatida yosh murabbiylar uchun seminarlar olib boradi.

Oleg KUZNESOV

O‘sha vaqt: «Desna» va «Dinamo» K. himoyachisi

Hozir: 58 yosh, Ukraina U-17 termasi murabbiyi

Kiyev «Dinamo»si tarixida yorqin iz qoldirgan sobiq himoyachi deyarli 25 yildan buyon murabbiylik qilmoqda. Kuznesov bu orada Kiyevning SSKA, «Arsenal» va «Dinamo» klublarini shug‘ullantirdi, 2002 yili Ukraina milliy jamoasi shtabiga qo‘shildi, JCH-2006da ishtirok etdi. 2008 yili esa Oleg Bloxinga «Moskva»ni boshqarishga yordam berdi. Shundan so‘ng Ukraina o‘smirlar termasi boshqaruvini qo‘lga olgan Kuznesov hozirga qadar 3ta avlod jamoasi bilan ishlashga ulgurdi.

Vasiliy RAS

O‘sha vaqt: «Dinamo» K. va «Espanyol» yarim himoyachisi

Hozir: 60 yosh, ekspert

JCH-86da Fransiya termasi darvozasiga urilgan afsonaviy gol muallifi faoliyatini Vengriyaning «Ferensvarosh» klubida yakunlagach, darhol biznesga bosh suqdi. Aniqroq aytsak, «Laslo Ras» kompaniyasi tijorat direktori lavozimida ishladi, tez orada polietilen ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi firmaga asos soldi: «Ras va o‘g‘illari». Biroq futbolsiz yurolmadi, chog‘i, 1996 yili «Ferensvarosh»ga murabbiy sifatida qaytdi. Vasiliy shundan so‘ng «Zoltan Varga» shtabiga qo‘shildi, Kiyev «Dinamo»sida Yojef Saboga assistentlik qildi, «Obolon»ni mustaqil boshqardi. 2011 yili salomatligida yuzaga kelgan muammolar tufayli murabbiylik bilan xayrlashgan Ras hozirda Kiyevda yashab, Ukraina futboli eksperti sifatida chiqish qilmoqda.

Sergey GOSMANOV

O‘sha vaqt: «Dinamo» Mn. yarim himoyachisi

Hozir: 62 yosh, AQSHda avtobus haydovchisi

Minsk «Dinamo»sida katta rol bajargan Gosmanov faoliyatining oxirgi 2 mavsumida «Minnesot Tander» (AQSH) sharafini himoya qildi va o‘sha yerda muqim yashab qoldi. Turmush o‘rtog‘i gimnastika zalini ochgan bo‘lsa, ikki o‘g‘li Amerika maktabida tahsil olish barobarida futbolchi bo‘ldi. To‘ng‘ich o‘g‘li MLSda ham o‘ynadi, ammo jarohatlar ortidan butsalarini mixga ildi. Kichik o‘g‘li esa Minnesot kolleji yulduzi darajasiga chiqib, «Nyu-Ingland Revolyushn»dan taklif oldi, ammo o‘qish-bilim olishni ma’qul ko‘rdi. Sergey Gosmanov ham Amerika futbolida o‘z joyini topolmadi va bir necha yildan buyon avtobus haydovchisi sifatida ishlamoqda.

R.IBROHIMOV

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 15:00, 03.05.2022. O'qildi: 2534 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик