Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

City Football Group - «Engil kuch»

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Yangiliklar
A A A

BAAda oxirgi 13 yil davomida City Football Group nomi ostida ulkan futbol konsorsiumi shakllantirildi. Shu tariqa 2008 yili «Manchester Siti»ni xarid qilgan Abu Dhabi United Group kompaniyasining sport biznesidagi xal­qaro ta’siri keskin oshdi. Turli korxona va tashkilotlarni birlashtirgan guruhning asosiy maqsadi - futbol klublari vositasida natijalarga erishish asnosida daromad orttirish. Avstraliyadan Xitoyga, Hindistondan G‘arbiy Yevropaga, AQSHdan Boliviyaga qadar yoyilgan loyihadan ko‘zlangan yana bir muhim jihat bor - xalqaro maydonda soft power («engil kuch») klassik uslubiga asoslangan BAA siyosiy yo‘nalishini belgilash.

***

City Football Group (CFG) rasman 2013 yili tashkil etilgan. Guruh dastlabki 2 yil davomida Abu Dhabi United Group tasarrufida faoliyat yuritdi. Ayni paytga kelib, konsorsium aksiyalari 3ta kompaniyaga tegishli: 

-  ADUG (BAA) - 77 foiz

-  China Media Capital va CITIC Group Corporation (Xitoy) - 13 foiz

-  Silver Lake (AQSH) - 10 foiz

Aksiyalarni shu nisbatda taqsimlashdan maqsad bitta - CFGda BAA kompaniyasi mavqeini saqlab qolish. ADUG sohibi - shayx Mansur bin Zayd al Nahiyon BAA Qirollik oilasi vakillaridan biri, vazir o‘rinbosari, prezident ishlari vaziri, Oliy neft kengashi a’zosi. Shayx Mansur shuning barobarida Aby Dabu Media Investment Corporation kompaniyasi sohibidir. Jumladan, The National gazetasi va Sky News Arabia kanali uning tasarrufida. Xullas, Zayd al Nahiyon - CFG tarkibidagi ulkan loyiha «Manchester Siti» faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan nufuzli arab siyosatchisi.

***

Xitoyning China Media Capital (CMC) va China International Trust Corpo-ration (CITIC) kompaniyalari 2015 yilning dekabrida CFG aksiyalaridan 13 foizi uchun 485 mln. dollar to‘ladi. Shundan biroz oldinroq Chin yurti rahbari Si Szinpin «Manchester Siti» bazasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashgandi. Xullas, bu shunchaki, tasodifiy yurish emas, balki Xitoy va Britaniya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida tashlangan qadam sifatida baholandi. Bundan tashqari, hammasi Xitoy va BAA o‘rtasidagi siyosiy hamkorlikni jadallashtirish jarayoni davriga to‘g‘ri keldi. Abu-Dabi shahzodasi Muhammad ibn Zayd ham Si Szinpin bilan aynan o‘sha yili uchrashgandi.

Silver Lake esa 2019 yili 10 foiz aksiyani 500 mln. dollarga sotib olib, konsorsiumning uchinchi sarmoyadoriga aylandi. AQSHning ushbu xususiy kompaniyasi turli mamlakatlarda duch kelgan sohaga sarmoya kiritadi.

***

BAA CFG orqali qariyb barcha qit’alarda ish olib bormoqda. Birinchi navbatda, Britaniya bilan yaqin munosabatda. Amirliklar dunyo­ning turli hududlaridagi klublarga sarmoya kiritsalarda, «Manchester Siti» 1-raqam maqomida. Angliya jamoasi muvaffaqiyati G‘arbiy Yevropada BAA va CFG nufuzini oshiradi, albatta. Qisqasi, sport natijalari diqqat markazida, lekin Buyuk Britaniya - BAA aloqalari alohida ahamiyatga ega. E’tiborli jihati, shayx Mansur 2008 yili «Manchester Siti»ni xarid qilgach, Britaniyadan BAAga eksport qilinadigan harbiy texnikalarga beriladigan lisenziyalar soni ko‘paydi. Raqamlarda aytsak, Britaniya shu davr ichida jami 9003ta lisenziya taqdim etdi. Muhimi, 2011-2019 yillar oralig‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 11,7 mlrd. funtdan 18,9 milliard­ga ko‘tarildi. O‘zaro hamkorlikdagi ijobiy siljishlar BAAning Angliya futbolidagi faolligi bilan bir vaqtda kuzatilgani tasodif emas, albatta. Futbol - Britaniya uchun muhim ahamiyatga ega sport turi. Pandemiya davrida aksariyat o‘yin­lar bo‘sh tribunalar ostida o‘tkazilgan bo‘lsada, APL mavsum-2019/2020ni 7,6 mlrd. funtga teng foyda bilan yakunladi. 2019 yili Angliyaning yuqori 4ta ligasi (APL, Chempionship, 1 va 2-ligalar) o‘yinlari  jami 33 mln. muxlis to‘pladi. Shu nuqtai nazardan ham amirliklarning ingliz futboliga qiziqishlari tabiiy.

***

CFG AQSH, Avstraliya va Yaponiya klublarini xarid qilgach, BAAdan ushbu mamlakatlarga ham eksport hajmi sezilarli darajada oshdi. Biroq Boliviya va Urugvaydagi vaziyat o‘zgacha. Agar COVID epidemiyasidan avvalgi davr­ga qarasak, bu mamlakatlarning eksportdagi ulushi tobora oshib borayotgandi. Nima bo‘lganda ham, CFG qaysi mamlakat klubiga sarmoya kiritsa, BAAning iqtisodiy holatiga manfaat keltirmoqda. CFG - BAAning boshqa mamlakatlarga muloyimlik bilan ta’sir o‘tkazish namunasi. Aynan shu kompaniya orqali mamlakatning ijtimoiy hayotiga kirib boriladi, bunda harbiy yoki siyosiy bosim shart emas. Klublar muvaffaqiyati CFG nufuzini oshirib, BAAga nisbatan ishonchni oshirishiga shubha yo‘q.

BAAning mazkur uslubini futbol olami va xalqaro munosabatlarda namuna o‘rnida ko‘rsatish mumkin. Har holda, ulkan biznes loyiha klublarni rivojlantirish barobarida siyosiy munosabatlar va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ehtimol, yaqin yillarda CFG tarkibi turli hududlardagi yangi klublar hisobiga yanada kengayar...

CFG tasarrufidagi klublar

«Manchester Siti» (Angliya) - 2013 yildan

«Nyu-York Siti» (AQSH) - 2013 yildan

«Melburn Siti» (Avstraliya) - 2014 yildan

«Yokogama F-Marinos» (Yaponiya) - 2014 yildan

«Montevideo Siti Torke» (Urugvay) - 2017 yildan

«Jirona» (Ispaniya) - 2017 yildan

«Sichuan Szenyu» (Xitoy) - 2019 yildan

«Mumbay Siti» (Hindiston) - 2019 yildan

«Trua» (Fransiya) - 2020 yildan

«Lommel» (Belgiya) - 2020 yildan

«Bolivar» ( Boliviya) - 2020 yildan

CFG sarmoyasi bilan ma’lum yutuqlarga erishgan klublar

«Manchester Siti» - 5ta chempionlik, 11ta kubok (superkuboklar bilan), CHL finali

«Manchester Siti» (ayollar) - 1ta chempionlik va 6ta kubok

«Nyu-York Siti» - 1ta chempionlik

«Melburn Siti» - 1ta chempionlik va 1ta kubok

«Melburn Siti» (ayollar) - 4ta chempionlik, 2ta kubok

«Yokogama F-Marinos» - 1ta chempionlik

«Montevideo Siti Torke» - Oliy divizion yo‘llanmasi

«Mumbay Siti» - 1ta chempionlik va 1ta kubok

«Trua» - Oliy divizion yo‘llanmasi

 

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 10:30, 04.05.2022. O'qildi: 2573 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик