Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Li Xan Bom: «JCH – chinakam yulduzga aylanish maydoni»

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Bugun Daniyada «Midtyulland» klubi sharafini himoya qilayotgan Li Xan Bom Janubiy Koreya milliy jamoasidan o‘zi uchun juda qulay vaqtda chaqiruv oldi. Binobarin, mamlakat bosh jamoasining bir qator yulduz himoyachilari ayni payt xalqaro faoliyatga nuqta qo‘yishni o‘ylamoqdalar. Tabiiyki, bunday pallada yoshlarga ko‘proq imkoniyat beriladi. Shu ma’noda aytsak, markaziy himoyada to‘p suruvchi Li Xan Bom jamoa yetakchilari o‘rnini egallash uchun ideal imkoniyatga ega. Umuman olganda, hozir J.Koreyada aynan Li Xan mudofaa markazida jamoa­ning amaldagi yetakchi himoyachisi Kim Min Chje («Bavariya»)ga munosib sherik bo‘lishini kutishmoqda. Aytish kerak, «Seul»ning sobiq himoyachisi J.Koreya milliy jamoasining sentyabr oyida AQSH va Meksika termalariga qarshi kechgan 2ta o‘yinida ham ishtirok etdi. U shuningdek, o‘tgan oy Seulda Paragvay termasi bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Umidli himoyachi bundan 6 yil oldin U-17 toifasidagi JCHda orttirgan tajribasidan foydalangan holda, kattalar o‘rtasidagi bo‘lajak mundialda ham nimalarga qodirligini namoyon etish niyatida, albatta. 23 yoshli futbolchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida aynan JCH-2026da qatnashishga intilishi, klub va milliy jamoa o‘rtasidagi mas’uliyatni muvozanatda ushlash kabi masalalar yuzasidan fikr yuritdi.

- Li Xan, shu kunlarda Qatar mezbonligida o‘tayotgan U-17 toifasidagi JCH o‘zining avj pallasiga kirdi. Siz esa 2019 yili ushbu yosh toifasidagi mundialda ishtirok etgansiz va unda J.Koreya termasi chorak finalga chiqqandi. Aytingchi, Braziliyada tashkillashtirilgan o‘sha musobaqadan qanday taassurotlar qolgan?

- To‘g‘risi, turnirning o‘zidan ko‘ra, murabbiy Kim Jong Su qo‘l ostida kechgan qiziqarli mashg‘ulotlarni ko‘proq eslayman. Chunonchi, u ishlab chiqqan ajoyib dastur barchamizga birdek yoqqan va foydali bo‘lgan edi. Braziliyaga yo‘l olishdan avval musobaqaga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rganimiz yodimda. Shuni hisobga olsak, yurishni chorak finaldayoq to‘xtatganimizdan hafsalam pir bo‘lgandi, to‘g‘risi. Agar loaqal yarim finalga chiqqanimizda, mundialdagi ishtirokdan ko‘nglimiz to‘lardi... O‘sha payt J.Koreyada o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olardik va «K»-liga o‘rinbosar jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida muntazam g‘alaba qozonardik. Xullas, o‘z salohiyatimizga nisbatan ishonch juda yuqori edi. Afsuski, kichik mundialda o‘zimiz kutgan darajada yuqori natija ko‘rsatolmagandik.

- «Midtyulland»dagi klubdoshingiz Cho Guye Sun 2022 yili o‘tkazilgan Qatar mundialida Janubiy Koreya termasining chin yulduziga aylangandi. Xo‘sh, kelasi yilgi JCHda ishtirok etish shaxsan siz uchun nimani anglatadi?

- Guye Sun misolidan ham ko‘rinib turibdiki, jahon chempionati - istalgan futbolchi uchun chinakam yulduz darajasiga chiqish imkoniyatini taqdim etadigan katta turnir. O‘ylashimcha, milliy jamoalar o‘rtasidagi mundial qayerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, mezbon mamlakatda chinakam bayramona muhit hukm suradi. Bu esa futbolchi sifatida o‘sish uchun qo‘shimcha impuls bag‘ishlaydi. Axir JCHda dunyoning eng yaxshi futbolchilariga qarshi to‘p surib, katta tajriba orttirish mumkin. Shunday ekan, yaqinlashib kelayotgan JCH-2026ga iloji boricha yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish harakatidaman.

- Oxirgi 2 oy ichida AQSH, Meksika va Paragvay termalariga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashdingiz. Taassurotlar qanday?

- Ochig‘ini aytaman, Parag­vay jamoasi bilan bo‘lgan bahsda  o‘z harakatlarimdan ko‘nglim to‘lmadi, garchi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsakda. AQSH termasiga qarshi uchrashuvda esa yaxlit kuch sifatida juda sifatli himoyalandik hamda pressing­dan unumli foydalanish asnosida  2:0 hisobida haqli g‘alabaga erishdik. Meksikaliklar bilan bo‘lgan o‘yin- (2:2)ga to‘xtalsam, raqib tinmay darvozamiz tomon katta xafv soldi, himoyamizni yorib o‘tishda ajoyib texnik qobiliyatga ega hujumkor ijrochilariga tayandi. Umumiy kartina bo‘yicha olsak, taassurotlar yomon emas. Hozirgi asosiy maqsadim bitta - bosh murabbiy tomonidan bo‘lajak mundial uchun tuziladigan yakuniy ro‘yxatdan joy olish. Buning uchun e’tiborni yo‘qotmasdan qattiq ishlashim kerakligini yaxshi bilaman. Albatta, mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham bor imkoniyatimni ishga solaman.

- Daniya chempionatiga moslashish yo‘lida ma’lum vaqt sarfladingiz va nihoyat, joriy mavsum «Midtyulland»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandingiz. Aytingchi, klub darajasidagi mavqeingiz va J.Koreya termasida tutgan o‘rningiz o‘rtasida qanday farq bor?

- Terma jamoamiz murabbiylari mendan talab qilayotgan ishlar «Midtyulland»dagi vazifalarimga juda o‘xshash, ammo ba’zi nozik nyuanslar ham mavjud, baribir. Masalan, J.Koreya termasidagi ustozimiz Xon Myon Bo himoyachilardan raqibga imkon qadar ochiq zona qoldirmaslikni talab qiladi. Jamoa hujumga chiqqan pallada esa, himoyachilar yanada tajovuzkorroq harakatlanishlari kerak, shuning­dek, oldingi chiziqqa effektli uzatmalar berishimiz muhim. Ha, klubda ham o‘yin strategiyasi deyarli shunday. Bitta farqi - raqiblar hujumchilarini personal tarzda qo‘riqlaymiz. Ya’ni o‘zimizga biriktirilgan futbolchini maydonning istalgan nuqtasida ta’­qib qilishimiz shart.

- J.Koreya termasida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapsiz. Xo‘sh, o‘z o‘rningizni raqobatchilarga berib qo‘ymaslik uchun avvalo, nimalarga e’tibor qaratasiz?

- Terma jamoa va klubda bir xil saviyada o‘yin namoyish etish o‘ylaganimdan ham ancha qiyin ekan. Jamoamizda bu missiyani uzoq vaqtdan beri muvaffaqiyatli uddalab kelayotgan tajribali futbolchilar bor. Aynan ulardan o‘rnak olgan holda, har ikki frontda muvozanatni saqlab qolishga intilyapman. Bunda futbolchining mentaliteti va jismoniy zo‘riqishlarni yengib o‘tish fazilati nihoyatda muhim. Shuningdek, ruhan kuchli bo‘lish talab etiladi. Raqobat masalasiga kelsak, bunga hamisha ijobiy qarash kerak. Zero, futbolchi aynan sog‘lom raqobat ta’sirida yanada o‘sish uchun katta turtki oladi.

- Xo‘sh, JCH-2026da ishtirok etish imkoniyatini oshirish uchun qaysi jihatlar ustida ko‘proq ishlashingiz kerak?

- Hozir 23 yoshdaman va o‘zlashtirishim zarur jihatlar hali juda ko‘p. Qolaversa, futbolda ko‘nikma juda muhim. Masalan, joriy mavsum YELda «Nottingem Forest»dek kuchli raqibga qarshi bahsda aslida nimalarga qodirligimni sinab ko‘rdim. Men uchun chindan ham, esda qolarli o‘yin, u katta tajriba maktabi vazifasini ham o‘tadi. O‘ylaymanki, safarda individual tomondan kuchli futbolchilarga ega ingliz jamoasidan ustun kelishimizni ko‘pchilik kutmagandi. Amalda sheriklarimiz kamchiliklarini to‘ldirish asnosida o‘zimiz uchun muhim ayrim yangi jihatlarni kashf etdik. Lekin tan olish kerak, o‘sha o‘yinda ma’lum kamchiliklarimiz ham yaqqol ko‘zga tashlandi. O‘zimga kelsak, harakatlarimga ozgina tajovuzkorlik yetishmayapti. Ayniqsa, milliy jamoa mashg‘ulotlarida. Murabbiylar bejiz menga markaziy himoyachi qat’i­yatli bo‘lishi kerakligini uqtirishmayapti. Demak, mundial startiga qadar tajovuzkorlik darajasini oshirishim zarur. Ha, o‘ylashimcha, o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishga erishdim. Endi shu ruhda davom etishim kerak.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:47, 26.11.2025. O'qildi: 1142 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик