Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Turening la’nati. Gvardiola asosan bo‘lajak chempionlarga yutqazadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Pep deyarli har doim bo‘lajak chempionlarga yutqazadi.

Kechagi futbol Gvardiolaga nisbatan yagona tuyg‘uni uyg‘otdi - achinish. Pep o‘zidagi kamchiligi bilan juda zo‘r jamoa tuzdi: futbolchilar ba’zan o‘yinning muhim qismlarida nima qilishni bilishmaydi. “Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi qarama-qarshilikning asosiy ko‘rsatkichi shundaki, ispanlar asosiy vaqtning 192 daqiqasidan 186 daqiqasida hisobda oldinga chiqib ola bilmadi. Ammo ular hali ham vaziyatni nazorat ostida ushlab turishganini his qilishdi va ular qachon to‘xtatish kerakligini juda yaxshi eplashdi. Bu voqea ya’ni tempni tushirish faqat Gvardiola jamoasidan jonlanishni kutganida ro‘y berdi. “Real” futbolchilari hatto ter to‘kishmadi. Imkoniyatidan foydalanib, finalga chiqishdi.

Buyuk Gvardiola oxirgi marta 2011 yilda "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi. Bir yildan so‘ng u klubni tark etib, "Bavariya", keyin esa "Manchester Siti"ni boshqaradi. Shu paytdan boshlab uning jamoalari doimiy ravishda pley-offga chiqishdi, lekin hech qachon kubokni qo‘lga kirita olishmadi. Bundan tashqari ular faqat bir marta finalga chiqishdi. O‘tgan yili «Siti» u yerda «Chelsi»ga yutqazib qo‘ygan (0:1).

Lekin murabbiyning asosiy dardi yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatish. "Real Madrid"ga qadar bu bosqichdagi qarama-qarshiliklarda beshta mag‘lubiyat qayd etilgan bo‘lsa, hozir ular oltitaga yetdi. Ko‘p hollarda Pep bo‘lajak g‘oliblarga yutqazishi qiziq. Bu birinchi marta "Barselona"da, Chempionlar ligasidagi birinchi g‘alabadan so‘ng kataloniyaliklar "Inter"dan mag‘lubiyatga uchrashdi. Finalda esa italyan klubi “Bavariya”ni taslim etgandi.

Ikki yil o‘tib - "Chelsi" bilan ham xuddi shunday voqea. Di Matteoning g‘alabasini eslaysizmi? 2013/2014 yilgi mavsumda Gvardiola allaqachon "Bavariya"da ishlagan va ispanlardan ketma-ket mag‘lubiyatlarni qabul qilgan. Dastlab yarim finalda "Real Madrid"ga yutqazgan. Bir necha hafta o‘tgach, ular finalda "Atletiko Madrid"ni mag‘lub etishdi (4:1). Keyingi mavsumda an’ana takrorlanadi, ammo bu safar "Yuventus"ni hal qiluvchi o‘yinda taslim etgan va oxirgi marta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan "Barselona"ga mahlub bo‘lgandi. Gvardiola ketma-ket uchinchi marta Germaniya superklubi bosh murabbiyi sifatida «Atletiko Madrid»ga mag‘lub bo‘ldi.  Bu safar “ayiqlar” CHLni yuta olishmagan.

Bundan tashqari, Pep chorak finalda ikki marta va 1/8 finalda bir marta nokautga uchradi. Tabiiyki, potensial yomon natijani ichki chempionatdagi g‘alabalar qopladi: masofadan turib Pep tan olingan qirol hisoblanadi. Ammo pley-off o‘yinlaridagi muammolar hech qachon bartaraf etilmagan. Garchi klub rahbarlari Chempionlar ligasida sovrinlarni kutayotgani aniq. Xulosa? Hatto eng buyuk taktik miya ham ba’zida charchoq, omadsizlik va ta’sir qilish qiyin bo‘lgan boshqa omillarga qoqiladi. Shunday ekan, «Manchester Siti» yana bir bor o‘z egalarining Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish orzusini sarobga aylantirdi.

Nima bo‘layotganini boshqa yo‘l bilan tushuntirishga urinishlar bo‘ldi. Agar Pep haqiqatan ham Yaya Turega nisbatan yomon munosabat uchun qasos olgan afrikalik shamanlar tomonidan la’natlangan bo‘lsa-chi? Bu haqiqatdan uzoq bo‘lsa ham bir variant.

Shunga qaramay, 2018 yildan beri (ya’ni la’natning faollashuvi) "Lion", "Tottenxem", "Chelsi”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatlar kuzatildi. Pepni asosiy sovrinsiz daho deb atashda davom etamiz. Demak, u Chempionlar ligasidan boshqa hamma narsani yuta olishini qabul qilish vaqti kelgandir?

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

 

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 00:06, 06.05.2022. O'qildi: 9389 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик