Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Bazel" orqali katta futbolga kirib kelgan to‘rt yulduz

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

Shveysariya futboli klublar miqyosida ko‘p narsasi bilan maqtana olmaydi. Ammo “Bazel” yevrokuboklardagi ishtiroki tufayli ko‘plab muxlislarga yaxshi tanish. Jamoa mutaxassis va skautlarning ham sevimli klublaridan hisoblanadi. Ular yevrofutbolga ko‘plab nomlarni yetishtirib chiqargan. Quyida “Bazel” orqali katta futbolda nom qozongan 4 yulduz bilan tanishib olishingiz mumkin.

Muhammad SALOH

Bazelda: 2012-2014, 78 o‘yin, 20 gol, 2 sovrin

Bazelga kelgan: “Mokavlun”dan (Misr), transfer summasi (transfermarkt.de ma’lumotlariga ko‘ra) - 2,5 million yevro

"Bazel"ni tark etdi: "Chelsi"ga 16,5 million yevroga

Saloh Qohiraning Mokavluni tarbiyalanuvchisi bo‘lib, uning birinchi jamoasida 2010 yilda debyut qilgan. 2012 yil fevral oyidagi dahshatli voqealar iqtidorli hujumchining Shveysariyaga ketishiga sabab bo‘ldi: Port Saiddagi stadionda mahalliy "Al-Masri" klubi va Qohiraning “Al-Ahli” jamoasi o‘rtasidagi o‘yinda ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi, natijada 73 kishining o‘limi. Shundan so‘ng Misr futbol associaciyasi mavsumning qolgan qismini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

“Bazel” ushbu pauzadan unumli foydalanib, mart oyida “Fir’avnlar” yoshlar jamoasini o‘rtoqlik uchrashuviga taklif qildi. 19 yoshli Saloh ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va dubl qayd etdi (o‘yin mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi - 4:3). Shundan so‘ng "Bazel" Muhammadga klub bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun bir hafta taklif qildi va 2012 yilning 10 aprelida Saloh “qizil-ko‘k” bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi.

Aynan "Bazel" bilan Muhammad yevrokuboklarda ham qatnashgan - 2013 yilning mart oyida shveysariyaliklar Yevropa ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida "Zenit"ga qarshi o‘ynagan. O‘shanda Saloh "Zenit"ga gol ura olmagandi. Ammo “Bazel” keyingi bosqichga yo‘l olgan.

Keyinchalik Saloh va uning jamoasi - "Tottenxem" bilan chorak finalda va "Chelsi" bilan yarim finalda ustun keladi. Taxminlarga ko‘ra, Yevropa ligasining o‘sha o‘yinlarida Roman Abramovichning klubi misrlik futbolchiga qiziqib qolgan va 2014 yil yanvar oyida Saloh "ko‘klar" futbolchisiga aylandi. “Bazel”ning hujumchini sotishdan olgan foydasi rekord darajadagi 14 million yevroni tashkil qildi.

Granit JAKA

Bazelda: 2002-2012, 61 o‘yin, 2 gol, 3 sovrin

Bazelga keldi: klub tarbiyalanuvchisi

"Bazel"ni tark etdi: "Borussiya Myonxengladbax"ga 8,5 million evro

Jaka oilasi Granit tug‘ilishidan ikki yil oldin Kosovodan Bazelga ko‘chib o‘tgan.

U Konkordiya maktabida futbol o‘ynashni boshladi, keyin shaharning asosiy jamoasiga o‘tdi, ikki mavsumni Bazel yoshlar jamoasida, 2010 yildan esa asosiy jamoada paydo bo‘ldi. Yarim himoyachi Myonxengladbaxning "Borussiya"si bilan besh yillik shartnoma imzoladi, u ikki mavsum "qizil-ko‘klar"da o‘ynadi va Otmar Xitsfeldning o‘zidan "yosh Shvaynshtayger" laqabini oldi.

Endilikda Jaka Shveysariya terma jamoasi sardori va eng muhim futbolchisi hisoblanadi.

Ivan RAKITICH

Bazelda: 2002-2007, 46 o‘yin, 11 gol, 1 kubok

Bazelga keldi: klub tarbiyalanuvchisi

"Bazel"ni tark etgan: "Shalke" 5 million yevro

Rakitich Shveysariyada - 13,5 ming aholiga ega Reynfelden shahrida tug‘ilgan. Fuqarolar urushi paytida uning oilasi Xorvatiyadan qochib kelgan. Keyin Rakitichi Melin shahriga ko‘chib o‘tdi va u erda Melin-Riburg klubida Ivan futbol o‘ynay boshladi.

U 2002 yilda, 14 yoshida Bazel maktabiga kirgan. Oradan uch yil o‘tib yarim himoyachi "qizil-ko‘klar"ning asosiy jamoasiga jalb qilindi va 17 yoshida, 2005 yil 29 avgustda u UYEFA kubogi doirasida Bosniyaning "Shiroki Briyeg" klubiga qarshi o‘yinda debyut qildi.

Keyingi, 2006/07 yilgi mavsumda 18 yoshli Rakitich "Bazel"da nafaqat asosiy o‘yinchi, balki jamoaning ikkinchi to‘purari bo‘ldi - 33 o‘yinda 11 gol. Ivan ham Shveysariya chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi unvoniga sazovor bo‘ldi.

2007 yilning iyunida Rakitich "Shalke" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Oradan uch oy o‘tib, Shveysariyaning barcha yoshdagi terma jamoalarida to‘p surgan yarim himoyachi Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilichning taklifini qabul qilib, Xorvatiya milliy terma jamoasida debyutini o‘tkazdi.

Jerdan SHAQIRI

Bazelda: 2001-2012, 130 ta o‘yin, 23 ta gol, 5 ta sovrin

Bazelga keldi: klub tarbiyalanuvchisi

"Bazel"ni tark etdi: "Bavariya"ga 11,8 million yevro

Shaqiri Kosovoning Gnjilane shahrida tug‘ilgan, u yerdan 1992 yilda ota-onasi bir yoshli Jerdan va uning uch aka-uka va opa-singillari bilan Shveysariyaga ko‘chib kelgan.

U Augusta shahrida futbol o‘ynashni boshladi (Shaqiri oilasi Fransiya va Germaniya chegaralaridan unchalik uzoq bo‘lmagan Bazel kantonidagi xuddi shu nomdagi shaharchada joylashdi) va sakkiz yoshida uni Bazel bolalar jamoasiga taklif qilishdi.  2009 yil 2 yanvarda 17 yoshli yarim himoyachi klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi va o‘sha yilning 12 iyulida u “Bazel" jamoasida debyut qildi.

Shaqirining "Bavariya" bilan to‘rt yillik shartnomasi 2012 yilning fevralida imzolanadi va u yozdan Myunxen superklubida o‘ynay boshlaydi. Futbolchining 11,8 million yevroga sotilishi o‘sha paytdagi “Bazel” uchun rekord bo‘lgandi.

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:00, 07.05.2022. O'qildi: 4326 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик