Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 25 30
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 25 27
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Haloskor afrikaliklar: Mane va Salohning “Liverpul”dagi kelajagi noma’lum

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sadio Mane va Muhammad Saloh birgalikda yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. "Liverpul" allaqachon ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi va yana ikkita kubok uchun kurash olib bormoqda. Biroq, ikkala afrikalik ham yozda mersisaydliklar safini tark etishi mumkin. Shu sabab, bugun biz ushbu ikki qora qit’a vakillarining kelajagi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

Sadio Mane ham, Muhammad Saloh ham juda zo‘r mavsum o‘tkazmoqda. Misrlik o‘zining odatiy darajasini saqlab turgan bo‘lsa, senegallik oldingi mavsumlardan biroz yaxshiroq ko‘rsatkichlar qayd etmoqda. Buning evaziga “Liverpul” allaqachon ikkita sovrin – Angliya Liga kubogi va Angliya kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mersisaydliklar APL va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga harakat qilmoqda. To‘rtta sovrinni qo‘lga kiritish haqiqatdan ham katta natija. Ammo gap bu haqida emas. Ajablanarlisi shundaki, ikkala afrikalik ham yozda “qizillar” safini tark etishi mumkin.

Manening ham, Salohning ham shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi. Oldinroq “Liverpul” ular bilan yangi bitim imzolamoqchiligi, ammo buning amalga oshishi noma’lum sabablarga ko‘ra kechikayotgani haqida xabar berilgandi. Bu holat ikkala futbolchining ham ketishi mumkinligi borasida mish-mishlarni keltirib chiqarmoqda. Yozgi transfer oynasi paytida ingliz klubi bu ikki futbolchini sotib, yaxshigina pul ishlab olishlari  mumkin.

Ko‘rinishidan, ketish istagining asosiy sababi individual sovrin bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Futbolchilarning ikkalasi ham “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni istashadi, ammo hozircha ularda bu sovrinni o‘ziniki qilish imkoniyati juda past. Xabarlarga ko‘ra, har ikki futbolchi ham Ispaniya chempionatiga o‘tishni istashmoqda, chunki so‘nggi yillarda aynan "Real" va "Barselona" yetakchilari “Oltin to‘p”ning asosiy da’vogarlari bo‘lib kelmoqda.  

Ikkala afrikalik ham o‘z o‘yinlari orqali “Liverpul”ga sovrin yutishda yordam berishi mumkin, biroq ularning ikkisida ham individual mukofotlarni qo‘lga kiritish imkoniyati deyarli yo‘q. Hatto bu mavsumda ham  afrikaliklarning “OT”ni qo‘lga kiritishi juda past baholanmlqja. Joriy mavsum "Real Madrid" yetakchisi Karim Benzema sovringa asosiy da’vogar hisoblanadi. Fransuz futbolchisining ko‘rsatayotgan o‘yinlariga ortiqcha izoh shart emas. "Liverpul"ga kelsak, Saloh-Mane haqiqatdan ham top futbolchilar, ammo ikki juftlik birgalikda ajoyib o‘yin ko‘rsatishini aytib o‘tish kerak. Biz na Manening, na Salohning o‘yinlari alohida ko‘rsata olmaymiz. Ular birgalikda kuchli o‘yin namoyish etadi.

Mane yaqinda 30 yoshga to‘ldi, Saloh esa iyun oyida 30 yoshini qarshi oladi. Ikkalasining o‘yinida ham tezlik katta ahamiyat kasb etadi, ammo bu yosh sabab bir necha yillardan keyin pasayishi aniq. Ochig‘i, afrikaliklarning ham yuqori saviyada o‘ynash uchun ko‘p vaqt qolmadi. Asosiy muammoga to‘xtalamiz! Nega ular hamon klub bilan yangi shartnoma imzolamadi? Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad va Sadio “Liverpul” bilan uzoq muddatli bitim imzolamoqchi. Biroq, bu “qizillar”ga unchalik ma’qul kelmayapti. Sababi mersisaydliklar ikki yetakchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolab, tavakkal qilishni istamayapti.

Shu bilan birga, "Liverpul" yaqinda ikkita futbolchi sotib oldi. Luis Dias va Diogo Jota qishda 25 yoshini qarshi oldi va bu borada kolumbiyalik futbolchida ham, portugaliyalik futbolchida ham muammo yo‘q. Shu sababdan, “Liverpul” yozda afrikalik yetakchilaridan birini sotib yuborishi ehtimoli bor.

Yaqinda mersisaydliklar ikkala afrikalik bilan ham xayrlashib, ularning o‘rniga Kilian Mbappeni xarid qilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu juda zo‘r transfer bo‘lardi, lekin buning hech qanaqasiga iloji yo‘q.

Boshqa tomondan, Saloh va Maneni sotish haqidagi mish-mishlar qanchalik rost ekanligi katta savol. Ikkalasi ham "Real Madrid" va “Barselona”ning “radari”ga tushganligi xabar qilingandi. Ammo hozir bu klublarda o‘yinchilarga ehtiyoj qolmagandek tuyulmoqda. Agar biror sababga ko‘ra Mbappe Madrid klubiga o‘tmasa ham, afrikaliklarning fransuz futbolchisiga alternativ bo‘lishi ehtimoli kam. "Barselona" esa hozir pul sarflashga unchalik tayyor emasdek ko‘rinmoqda. Agar, Kilianning “Real” safiga o‘tishi amalga oshsa, parijliklar uning o‘rniga  boshqa futbolchi qidirishi. Biroq, ikkala afrikalik ham fransuz klubi o‘tsa,  “Oltin to‘p”dan umidini uzsa ham bo‘ladi.

Umuman olganda, “Liverpul” na Salohni, na Maneni yo‘qotishdan qo‘rqishadi. Sababi, klub bu vaziyatni avvaldan tushunib, uning taraddudini ko‘rib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 23:27, 19.05.2022. O'qildi: 2302 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.