Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yengilmas "Bavariya", irodali "Leypsig" va mavsum kashfiyotiga aylangan Nkunku: Bundesligada mavsum yakunlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundesligada mavsum yakunladi. Odatdagidek, hech qanday kutilmagan hodisa bo‘lmadi - "Bavariya" yana muddatidan oldin chempion bo‘ldi. Myunxen klubi ketma-ket 10-marta bosh sovrinni o‘ziniki qilib oldi. Germaniya chempionatida "nemis mashinasi"ning gegemonligiga mana necha yildirki chek qo‘yilgani yo‘q. Lekin bu bilan Bundesliga top chempionat emas deyishdan yiroqmiz. Keling, Germaniya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi natijalarini sarhisob qilamiz.

Chempion: “Bavariya”.

Chempionlar ligasiga yo‘l olgan klublar: “Bavariya”, “Borussiya” Dortmund, “Bayer”, “RB Leypsig”.

Yevropa ligasiga yo‘l olgan klublar: “Union” Berlin, “Frayburg”.

Konferensiyalar ligasi yo‘l olgan klub: “Kyoln”.

Quyi ligaga tushib ketgan klublar: “Groyter”, “Arminiya”. "Gerta" pley-offda “Gamburg”ga qarshi o‘ynaydi.

Bundesligaga chiqqan klublar: “Shalke”, “Verder”.

 

Mavsumning eng yaxshi to‘purari

To‘purarlik poygasida ham o‘zgarish bo‘lmadi. Robert Levandovski ketma-ket 5-marta Bundesliganing eng yaxshi goleadorlik unvonini qo‘lga kiritdi. "Bavariya" forvardi bir mavsumda 35 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Polshalikning eng yaqin ta’qibchilari Patrik Shik (“Bayer”, 24 gol) va Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”, 22 gol) edi.

Shuningdek, Levandovski Gerd Myullerning rekordini takrorlab, yettinchi marta Bundesliganing eng yaxshi to‘purari nomiga sazovor bo‘ldi. Robert Germaniyadagi cho‘qqilarni zabt etishda davom etadimi, hali ham katta savol. Xoland "Manchester Siti"ga o‘tdi, shuning uchun polyakning raqiblari bittaga kamaydi. Biroq Levandovskining "Bavariya"ni tark etishni istayotgani haqida mish-mishlar bor, klub uni qo‘yib yuborishni istamayapti.

Mavsumning eng yaxshi assistenti

"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller ketma-ket uchinchi mavsum Bundesliganing eng yaxshi assistenti sovriniga ega chiqdi - 18. Boshqa klub a’zolaridan oxirgi marta 2018/19 yilgi mavsumda Jeydon Sancho ushbu nomga sazovor bo‘lgandi. Shundan keyin hech qaysi futbolchi Myullerni ortda qoldira olmayapti. “RB Leypsig” yarim himoyachisi Kristian Nkunku 13 golli uzatma bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

 

Kuchli uchlikni Marko Roys (“Borussiya Dortmund”) va Mussa Diabi (“Bayer”) yakunladi. Har ikki futbolchida ham 12tadan golli uzatma bor. Levandovskidan farqli o‘laroq, Myuller "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi. Aytgancha, Tomas 11-marta mamlakat chempioni bo‘lib, musobaqa rekordini o‘rnatdi.

Eng yaxshi “gol+pas” tizimi bo‘yicha

Yana Levandovski. “Bavariya” forvardi 38 ochko (35+3) jamg‘arib, gol+pas tizimi bo‘yicha mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni Kristofer Nkunku (33 ochko, 20+13) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Erling Xoland (29 ochko, 22+7) yakunladi.

Albatta, agar norvegiyalik futbolchining jarohati bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaganida, vaziyat biroz boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Ammo baribir, to‘purarlar poygasida Robertni ortda qoldirishi dargumon. Bundan tashqari, bir mavsumda 35 ta gol Polsha terma jamoasi hujumchisining faoliyatidagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir (2020/21 yilgi mavsum 41 gol urgan).

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni

Bu unvonni Yan Zommerga berish adolatdan bo‘lardi. Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi darvozaboni joriy mavsumda 131 ta seyv amalga oshirdi.  Bu Bundesligadagi eng yaxshi natija hisoblanadi. “Arminiya” kiperi Stefan Ortega shveysariyaliklardan biroz ortda qoldi – 128 ta seyv. “Bayer” darvozaboni Lukash Gradeski 119 ta seyv bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Zommer butun mavsum davomida qo‘lidan kelganicha jamoasiga yordam berdi. Ammo "Borussiya M" mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunladi va Bundesligada 10-o‘rinni egalladi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Kristofer Nkunku mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Fransuz bunga loyiq harakat qilganini ham aytib o‘tish kerak. Mavsum futbolchi uchun juda omadli bo‘ldi. Kristofer Bundesligada 34 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.  OAV xabariga ko‘ra, futbolchiga ko‘plab top-klublar qiziqish bildirmoqda.

Kristoferning “Leypsig” bilan shartnomasi yana 2 yilga amal qiladi. "Buqalar" yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo bu hozircha amalga oshgani yo‘q. Klub uni o‘z safida saqlab qola olishi katta savol. Nkunku aniq zarbalar, gollar va golli uzatmalar bo‘yicha Bundesliganing eng yaxshi 10 futbolchisidan biri. Bunday futbolchiga talab katta bo‘lishi tayin.

Mavsumning eng yaxshi klubi

Bu unvonga “Leypsig” har tomonlama loyiq. “Buqalar” mavsumning birinchi yarmini omadsiz o‘tkazishdi. Dekabr oyida klub Bundesliga turnir jadvalida 11-o‘rinda edi. Ularda Yevropa musobaqasiga qatnashish imkoni juda kam edi. Ammo “Leypsig” umidsizlikka tushmadi. Yuqori o‘rinlarni egallash uchun  rahbariyat Jessi Marshni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Domeniko Tedeskoni tayinlashdi. Shundan keyin “buqalar”ning o‘yinida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘ldi.

“Leypsig” yangi murabbiy bilan birga Yevropa ligasining yarim finali va Germaniya kubogi finaliga qadar yetib bordi. Bundan tashqari, sakslar Bundesligada 4-o‘rinni egallab, keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. "Buqalar" asosiy o‘yinchilarni saqlab qolishlari kerak, chunki muxlislar kelasi mavsumda ham ulardan ajoyib o‘yinlar kutmoqda.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:25, 21.05.2022. O'qildi: 2025 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик