Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gennadiy Krasniskiy klubi a’zosi Zohid Abdullayev katta futboldan ketyapti. Xayrlashuv uchrashuviga Tojikiston klubi keladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Metallurg” futbol klubi faxri, fidoyisi, gvardiyachisi, to‘purari Zohid Abdullayev butsasini “mixga osishga” qaror qildi.

“Gennadiy Krasniskiy klubi a’zosi” – Zohid Abdullayevning O‘zbekiston chempionatlaridagi statistikasi:

O‘zbekiston chempionatlaridagi o‘yinlari soni – 315 ta (“Metallurg”da – 289, “Nasaf”da – 22 ta, “Neftchi”da – 4 ta)

Chempionatdagi gollari soni – 95 ta (“Metallurg” tarkibida – 90 ta, “Nasaf”da 5 ta)

O‘zbekiston kubogidagi gollari – 15 ta

Zohid Abdullayev o‘yinlari va gollarining milliy chempionatdagi taqsimoti

2007 yil:  21 ta o‘yin, 7 ta gol
2008 yil:  25 ta o‘yin, 5 ta gol
2009 yil:  20 ta o‘yin, 6 ta gol
2010 yil:  25 ta o‘yin, 7 ta gol
2011 yil:  25 ta o‘yin, 7 ta gol
2012 yil:  20 ta o‘yin, 9 ta gol
2013 yil:  22 ta o‘yin 4 ta gol
2014 yil:  10 ta o‘yin, 2 ta gol
2015 yil:  12 ta o‘yin, 1 ta gol
2016 yil:  28 ta o‘yin, 18 ta gol
2017 yil:  27 ta o‘yin, 12 ta gol
2018 yil:  26 ta o‘yin, 7 ta gol
2019 yil:  19 ta o‘yin, 5 ta gol
2020 yil:  22 ta o‘yin, 1 ta gol
2021 yil:  22 ta o‘yin, 3 ta gol
2022 yil: 2 ta o‘yin...

Zohid Abdullayevning xayrlashuv uchrashuviga xorij jamoasi keladi

Bekobod futbolining yorqin yulduzi – Zohid Abdullayevning xayrlashuv uchrashuvi muddati va raqib jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Shu yilning 11 iyun sanasida Bekobodga Tojikiston Respublikasining nomdor klublaridan biri – “Xo‘jand” tashrif buyuradi. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilmoqda.

“Xo‘jand” jamoasiga 1976 yilda asos solingan. Klubning asosiy vazifasi mamlakat bosh jamoasi “Pomir” (Dushanbe)ga iqtidorli o‘yinchilarni yetishtirib berish bo‘lgan. Tojikiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, tabiiyki, unda qatnashayotgan klublarning ham maqsad vazifalari o‘zgardi. “Xo‘jand” futbol klubi Tojiksiton milliy chempionatining eng kuchli klublaridan biriga aylandi. Bugungi kunda undanda ko‘proq sovrindor bo‘lgan bitta jamoa bor – bu “Regar TadAZ” (Tursunzoda). Tursunzodaliklar milliy chempionatlarda 16 marta sovrindor bo‘lgan (7 oltin, 7 kumush, 2 bronza). Xo‘jandliklar esa shohsupaga 14 marta ko‘tarilgan – 9 ta kumush, 5 ta bronza. Ayni paytdagi eng kuchli klub, mamlakatning o‘n karra chempioni – “Istiqlol” (Dushanbe) shohsupaga 12 marta chiqqan (10 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza).

“Xo‘jand” jamoasini so‘nggi uch mavsumda serbiyalik Nikola Lazarevich maydonga boshlab tushdi. Bu yildan Lazarevich “Qizilqum” (Navoiy) ruliga o‘tgach, “Xo‘jand” FKga Rustam Xo‘jayev bosh murabbiy etib tayinlandi. 2022 yilgi mavsum juda muvaffaqiyatli o‘tayapti deb bo‘lmaydi. 8 ta uchrashuvning 2 tasida xo‘jandliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, 2 tasida imkoniyatni boy berishdi. 4 ta o‘yinda raqiblar bilan ochkolarni bo‘lib olishdi. 10 ochko jamg‘argan "Xo‘jand" 10 ta jamoa orasida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa tarkibida bir qator legioner o‘yinchilar bor. Belorusdan 2 nafar (Andrey Levkoves, Ignatiy Sidor), Rossiyadan 1 nafar (Sergey Skanyan), O‘zbekistondan 3 nafar (Shohruh Mahmudhojiyev, Samandar Ochilov, Firdavs Abdusalimov). Jamoa yutuqlari orasida 4 marta Tojikiston Respublikasi kubogini qo‘lga kiritganligini ham ta’kidlab o‘tish mumkin. Bu yil mavsum arafasida xo‘jandliklar mamlakat Superkubogi uchun “Istiqlol”ga qarshi maydonga chiqdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 05:39, 04.06.2022. O'qildi: 2535 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик