Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Argentina va Portugaliya JCH finalida jahon toji uchun kurashishi mumkin yoxud Mundialning asosiy favoriti kim?

Baho:
+ | -1
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Garchi, klublar yozgi tanaffusga chiqib ketgan bo‘lsa-da, iyunida ko‘plab qiziqarli uchrashuvlar bizni kutib turibdi. Ba’zi bir jamoalar JCH saralash doirasidagi o‘yinlarni o‘tkazayotgan bo‘lsa, ba’zi Yevropa qit’asi vakillari Millatlar ligasida maydonga tushmoqda. Shuningdek, bir qancha terma jamoalar esa bo‘lajak jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida muhim bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Ikki kun oldin Argentina Estoniyani yirik hisobda mag‘lub etdi (5:0). To‘g‘ri, yevropaliklar o‘z qit’asida kuchsiz jamoa hisoblanadi va ushbu o‘yinda Messi jamoadoshlarining g‘alabasi tabiiy holatdir. Ammo, o‘sha bahsdan keyin Argentina Qatarda o‘tadigan JCHning asosiy favoritlaridan biri ekanligini amalda isbotlashdi. Shuningdek, ularni Finalissimada Italiyani mag‘lub etganini ham unutmaslik kerak. Bugun esa biz sizlarga nima uchun Mundialda Argentina asosiy favoritlardan ekanligini tushuntirishga harakat qilamiz.  

Ha, to‘g‘ri aytdingiz. Messining Estoniyaga qarshi o‘yindagi penta-triki hech narsani anglatmaydi. Ushbu o‘yin tufayli argentinaliklar aniq JCHga aylanadi deyishdan ham yiroqmiz.

Noyabr oyida Qatarda Jahon chempionati boshlanadi va jamoalar Mundial oldidan tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘p vaqt yo‘q. Bo‘lajak jahon chempionati qaysidir ma’noda o‘zgacha bo‘ladi. Odatda, katta turnir boshlanishidan oldin barcha jamoalar bir oyga yaqin tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. Bu yil jahon chempionati arafasida tig‘iz taqvim tufayli uzoq tayyorgarlik davri bo‘lmaydi. Terma jamoalarda hozirda faqat iyun oyi bor, ular yana sentyabrda yig‘ilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va tamom. Keyin juda qisqa pauza va Jahon chempionatining boshlanishi. Shu boisdan ham iyun oyidagi xalqaro tanaffus juda muhim.

Biz bugun jahon chempionatida g‘oliblikka asosiy da’vogarlarning barchasini ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Braziliya har doim jiddiy raqib bo‘lib kelgan. Buning uchun "pentakampeonlar"ning so‘nggi Amerika kubogidagi va 2022 yilgi Jahon chempionati saralashdagi o‘yinlarini eslashingiz mumkin. Braziliyaliklar ko‘p jihatdan o‘z yetakchilarining o‘yin mahoratiga tayanadilar. Ba’zida bu o‘zini oqlaydi, ba’zida esa yo‘q. Shu sabab, ularning o‘yini jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun yetarli emasdek tuyulmoqda.

Yevropa jamoalari esa ko‘plab muammolar ichida yuribdi. Jahon reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan Belgiya pastga sho‘ng‘ishda davom etmoqda. Yevro-2020dagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin Martines shogirdlarida o‘yinni tashkil qilish borasida ham, taktika borasida ham kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Qolaversa, yoshi katta futbolchilardan tashkil topgan himoya chizig‘i ham qoniqarli emas.

Fransiya esa tarkib borasida muammoga duchor bo‘lgan. Yo‘q, yo‘q! Futbolchi yetishmovchiligi emas, “uch ranglilar” futbolchi ko‘pligi borasida muammoga duch kelgan. Desham tarkibdagi hammadan maksimal foydalanishga harakat qilib ko‘rmoqda, ammo natijada kutilmagan hisoblar qayd etilmoqda. Biz amaldagi jahon chempionlarini Yevro-2020da Shveysariyaga qanday qilib mag‘lub bo‘lganini ko‘rdik, shuningdek, Millatlar ligasi 1-turi doirasida daniyaliklar ham Mbappe boshchiligidagi jamoani “tiz cho‘ktira” oldi.

Inglizlarda yetakchilar yetishmasligi kuzatilmoqda - Grilish, Reshford, Sterling, Sancho, Maunt turli sabablarga ko‘ra yaxshi formada emas. Natijada, “uch sherlar” kamtarin vengerlarni ham mag‘lub eta olmadi.

Ispanlarning ham tarkibi yaxshi. Ammo ularda hujumkor futbolchilar ko‘p. Ba’zida “qizil furiya”ning himoyasi pand beradi. Shu sababdan Enrike shogirdlari ko‘pincha kulgili gollarni o‘tkazib yuboradi.

Nemislar ham oldingidek kuchli emas, ularda ham qandaydir kamchiliklar bor.

Yevropaliklar ichida gollandlar va daniyaliklarning o‘yinini alohida e’tirof etish mumkin, lekin ularni jahon chempionati g‘olibi sifatida tasavvur qilish qiyin. Balki, yashil qit’a vakillari orasida faqat portugallarni ajoyib formada deyishimiz mumkindir?! Biroq, ularda ham muammo bor: ular ba’zida o‘zlariga ishonmay o‘ynaydilar. Shuningdek, Ronaldu jamoadoshlari yulduzlar kabi harakat qilmaydi.

Bu fonlarda Argentina haqiqatan ham yaqqol ajralib turadi. Lionel Skaloni jamoasida haqiqatdan ham o‘sish kuzatildi. Agar biz o‘tgan yili Amerika kubogini qo‘lga kiritgan va hozirgi jamoani solishtiradigan bo‘lsak, bu ikkovida katta tafovut borligini bilish mumkin. Argentinaliklar ancha dadilroq va kuchliroq o‘ynashmoqda. Janubiy amerikaliklar bosimga asoslangan futbol tashkil qilib, raqiblarini kuchsizlantirishga harakat qilmoqda. Boz ustiga, Skaloni “PSJ”da omadsiz mavsum o‘tkazgan Messini ham qayta kashf qila oldi. Di Mariya ham uyg‘onish davrini boshdan kechirmoqda: maydonga tushadi, gol uradi va assist qayd etadi.

Messi haqida alohida gapirish kerak. U hech qachon terma jamoada so‘nggi ikki yildagidek yorqin, fidokorona o‘ynamagan bo‘lsa kerak. Messi haqiqatdan ham yetakchi.

Albatta, jahon chempionatiga hali olti oy bor. Vaholanki, hozir argentinaliklar kuchli ko‘rinmoqda. Terma jamoada sovrinlar yutishni boshlagan Messining ishtahasi ochilgandek. Endi u JCH sovriniga ham intilmoqda.

Eng qizig‘i, JCH-2022 turnir jadvali shunday tuzilganki, agar Argentina va Portugaliya o‘z guruhlarida g‘alaba qozonsa, finalda to‘qnash kelishlari mumkin. Messi va Ronaldu o‘rtasidagi jahon toji uchun hal qiluvchi o‘yindan ham ajoyibroq narsani tasavvur qilish qiyin, bizningcha.

 

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:00, 09.06.2022. O'qildi: 9947 marta. Fikrlar: 32 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик