Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 07.02.2026 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Piza
      • 07.02.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Napoli
      • 08.02.2026 00:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Torino
      • 08.02.2026 16:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Parma
      • 08.02.2026 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Udineze
      • 08.02.2026 22:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 07.02.2026 01:00
      • Lids
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 07.02.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Tottenhem
      • 07.02.2026 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Aston Villa
      • 07.02.2026 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Sanderlend
      • 07.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vest Xem
      • 07.02.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Everton
      • 07.02.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Chelsi
      • 07.02.2026 22:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brentford
      • 08.02.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 08.02.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 07.02.2026 01:00
      • Selta
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 07.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Malyorka
      • 07.02.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Jirona
      • 08.02.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Elche
      • 08.02.2026 18:00
      • Alaves
      • -:-
      • Xetafe
      • 08.02.2026 20:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Levante
      • 08.02.2026 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Betis
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 07.02.2026 17:00
      • Indoneziya
      • -:-
      • Eron
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 23 55
2 Milan 23 50
3 Napoli 23 46
4 Yuventus 23 45
5 Roma 23 43
6 Komo 23 41
7 Atalanta 23 36
8 Lasio 23 32
9 Udineze 23 32
10 Bolonya 23 30
11 Sassuolo 23 29
12 Kalyari 23 28
13 Torino 23 26
14 Jenoa 23 23
15 Cremonese 23 23
16 Parma 23 23
17 Lechche 23 18
18 Fiorentina 23 17
19 Piza 23 14
20 Verona 23 14

O'tgan o'yinlar.

23-тур Lasio 3-2 Jenoa
23-тур Piza 1-3 Sassuolo
23-тур Napoli 2-1 Fiorentina
23-тур Kalyari 4-0 Verona
23-тур Torino 1-0 Lechche
23-тур Komo 0-0 Atalanta
23-тур Cremonese 0-2 Inter
23-тур Parma 1-4 Yuventus
23-тур Udineze 1-0 Roma
23-тур Bolonya 0-3 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

07/02/26 Verona - Piza
07/02/26 Jenoa - Napoli
08/02/26 Fiorentina - Torino
08/02/26 Bolonya - Parma
08/02/26 Lechche - Udineze
08/02/26 Sassuolo - Inter
09/02/26 Yuventus - Lasio
09/02/26 Atalanta - Cremonese
10/02/26 Roma - Kalyari
19/02/26 Milan - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappe, Mbappe va yana Mbappe. Fransiya chempionati yakunlari haqida qisqacha

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fransiya chempionatining so‘nggi mavsumi ham odatdagi kabi o‘tdi. “PSJ” muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Oltin medal uchun kurash keskin bo‘lmagan bo‘lsa-da, Liga 1 ham voqealarga boy bo‘ldi. Quyida shu haqida biroz to‘xtalamiz!

Chempion: “PSJ”
Chempionlar ligasi: “PSJ”, “Marsel”, “Monako” (“Monako” saralashda qatnashadi)
Yevropa ligasi: “Renn”
Konferensiyalar ligasi: “Nissa”
Elitani tark etganlar: “Sent-Etyen”, “Mets”, “Bordo”
Liga 1ga chiqqanlar: “Tuluza”, “Ayachcho”, “Oser”

Mavsumning eng yaxshi to‘purari

Kilian Mbappe qatorasiga to‘rtinchi marta Liga 1ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. “PSJ” hujumchisi yakuniga yetgan mavsumda 28 ta gol urdi. Fransiyalik futbolchini to‘purarlar poygasida ketma-ket 3 yildan beri "Monako" hujumchisi Vissam Ben-Yedder ta’qib qilmoqda. Bu safar uning hisobida 25 ta gol bor. Mussa Dembele (“Lion”) va Martin Terye (“Renn”) kuchli uchlikni yakunlashdi. Har ikki futbolchi 21tadan gol urishga erishdi. Mbappe “PSJ” va butun liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib qolmoqda. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Fransuz 2018/19 yilgi mavsumda bu yilgiga qaraganda ko‘proq gol urgan (33).

Mavsumning eng yaxshi assistenti

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham Mbappega teng keladigani yo‘q. “PSJ” hujumchisi 17 ta golli uzatmani amalga oshirib, Liga 1ning eng yaxshi assistentiga ham aylandi. Kilian ortida uning jamoadoshi Lionel Messi turibdi. Argentinalik futbolchi 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kuchli uchlikni “Renn” yarim himoyachisi Benjamin Burijo 12 ta golli uzatma bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, Mbappe bu borada faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Fransiyalik futbolchi hech qachon bunchalik ko‘p golli uzatmani amalga oshirmagan edi.

“Gol+pas” tizimi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich

Oldingi natijalarni hisobga olsak, “gol+pas” tizimidagi eng yaxshi futbolchi ham Mbappe ekanligi mantiqan to‘g‘ri keladi. Hujumchi mavsum davomida 45 ochko (28+17) to‘pladi. Fransuz eng yaqin ta’qibchisi Ben-Yedderdan sezilarli darajada oldinda. "Monako" hujumchisi hisobida 30 ochko bor (25+5). Dastlabki uchtalikni Dembeleni yopdi. "Lion" forvardi 25 ochko (21+4) to‘pladi. Mbappe asosiy statistik ma’lumotlar bo‘yicha Liga 1ning mutlaq yetakchisi. Shunday ekan, parijliklar uchun shunday futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolish muhim edi. Bundan tashqari, Kilian Chempionlar ligasi o‘yinlarida 6 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirganini ham unutmaslik kerak.

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni

Valter Benites haqli ravishda mavsumning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olinadi. "Nissa" darvozaboni "quruq" o‘yinlar soni bo‘yicha Liga 1 peshqadami bo‘lib turibdi - 14. Argentinalik o‘z jamoasiga Konferensiyalar ligasiga yo‘llanma olishiga yordam berdi, bu “Nissa” uchun yaxshi natija. Fransiya chempionatidagi “quruq” o‘yinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Mats Sels egalladi. “Strasburg” darvozaboni 13 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uchinchi o‘rinni Aleksandr Nyubel (“Monako”) va Predrag Raykovich (“Reyms”) bo‘lishdi. Har ikki darvozabon hisobida 11tadan "quruq" o‘yin bor.

Mavsum omadsizligi

Bu nomga "Sent-Etyen"ni loyiq deyish mumkin. Fransiyaning 10 karra chempioni uchun ikkinchi ligaga tushib ketishi — falokat. “Yashillar” 18 yil ichida birinchi marta elitani tark etishdi. Ayniqsa, 3 yil avval “Sent-Etyen”ning yevrokuboklarda ishtirok etganini hisobga olsak, klub uchun bu katta zarba. O‘tgan mavsumda "yashillar" yomon mavsum o‘tkazdi, ammo oxirigacha ular Liga 1da qolish uchun kurash olib bordi. "Sent-Etyen" pley-off o‘ynadi va unda "Oser"ga qarshi bahs olib bordi. Har ikki o‘yin ham durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa omad yashil rangli jamoadan yuz o‘girdi. Natijada Fransiyaning eng titulli klublaridan biri ikkinchi ligada tushib ketdi.

Mavsum transferlari

Albatta, mavsumning asosiy transferlari Serxio Ramos va Lionel Messining “PSJ”ga o‘tgani bo‘ldi. Qolaversa, ikkala futbolchi ham Parijga erkin agent sifatida kelgan. Bir necha yil oldin ispan va argentinalik futbolchini bir jamoada tasavvur etib bo‘lmasdi, ammo shunga qaramay, ularning yo‘llari Fransiya poytaxtida kesishdi. Ramosning transferini muvaffaqiyatsiz deyish mumkin. Butun mavsum davomida "Real Madrid"ning sobiq sardori barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i 13 ta o‘yin o‘tkazdi. Ispaniyalik futbolchi mavsumning asosiy qismini jarohatlardan forig‘ bo‘lish bilan o‘tkazdi. Messi bilan ham hammasi unchalik yaxshi emas. Bir tomondan Liga 1da urilgan 6 ta gol bunday futbolchi uchun zaif ko‘rsatkich bo‘lsa, shu bilan birga, argentinalik futbolchi 14 ta golli uzatma berib, Liga 1da ikkinchi eng yaxshi assistentga aylandi. Parijda Leoga ishonch bildirishmoqda, lekin klub Ramos bilan xayrlashishi mumkin.

Mavsumning asosiy yangiliklari

Mavsumning asosiy yangiligi — Mbappening “PSJ”da qolish qarori. Bir yildan ortiq davom etgan transfer ertagi mavsum yakunida yakunlandi. Ko‘pchilik Kilianni "Real"ga o‘tishiga ishongan edi, ammo u "PSJ"da qolishga qaror qilgani ko‘pchilikni ajablantirdi. Fransuzni tanlovi hali uzoq vaqt muhokama qilinadi va ko‘p narsa Parij klubining Yevropa arenasidagi natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Mbappe allaqachon Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi ekanligini ko‘rsatdi, ammo bu uning uchun eng yuqori cho‘qqi bo‘ladimi? Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish parijliklar uchun ham, Kilianning o‘zi uchun ham birinchi raqamli maqsad bo‘lib qolmoqda. Bunga erishish mumkinmi, bu katta savol. "PSJ" har mavsumni yangi loyiha bilan boshlaydi, ammo hozircha bu o‘zini oqlamayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:12, 09.06.2022. O'qildi: 1940 marta. Fikrlar: 21 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 13
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 8
4 Комо Anastasios Duvikas 8
5 Ювентус Kenan Yildiz 8
6 Верона Gift Orban 8
7 Милан Rafael Leau 7
8 Удинезе Kinan Devis 7
9 Интер Xakan Chalxanoglu 7
10 Болонья Rikkardo Orsolini 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.