Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yakun: Leoga Parijda ham «non» yo‘q

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropadagi futbol mavsumi laureatlari xususidagi hikoyamizni Fransiya chempionati sharhi bilan davom ettiramiz.

E’tiborlisi, uzoq yillar davomida sermazmun va sermahsul o‘yinlari bilan shuhrat qozongan Lionel Messi nafaqat Liga 1da, hatto «PSJ» doirasida ham sovrindorlar safidan chetda qoldi. Marhamat, Fransiya oliy divizionidagi mavsum qahramonlari bilan tanishing.

** Eng yaxshi to‘purar: Kilian Mbappe («PSJ») - 28ta gol;

** «Gol+pas» tizimida eng sermahsul o‘yinchi: Kilian Mbappe («PSJ») - 45 ochko (28+17);

** Eng yaxshi assistent: Kilian Mbappe («PSJ») - 17 samarali uzatma;

** Eng ko‘p g‘alaba keltirgan gollar muallifi: Kilian Mbappe («PSJ») - 13ta gol.

23 yoshli fransuz o‘z faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o‘tkazdi. Snayperlar poygasida faqat «Monako» vakili Vissam Ben-Yedder tengi yo‘q kasbdoshiga munosib raqobat ko‘rsata oldi. Knyazlik klubi to‘purari 37 uchrashuvda 25 marta raqiblari darvozalarini ishg‘ol etdi.

«Gol+pas» nominasiyasida ham Kilian bilan tenglasha oladigan raqobatchi topilmadi: u eng yaqin ta’qibchisidan naq 15 ochkoga o‘zib ketdi. Hatto samarali uzatmalar bo‘yicha ham Mbappe yaqqol ustunlikni namoyish etdi. Bu masalada tajribali Messi (14) va «Renn» vakili Benjamen Burigo (13) Kilian ko‘rsatkichiga yaqinroq natijani qayd etishdi.

Jamoasini qimmatli 3 ochko bilan ta’minlagan g‘alaba gollarini Kilian boshqa kasbdoshlariga nisbatan ko‘proq amalga oshirdi. Uning ichki chempionat doirasidagi 28 golidan 13tasi «PSJ»ga maydonni g‘olib sifatida tark etish imkoniyatini berdi. Chinakam xaloskorga xos ko‘rsatkich! Bu borada ikkinchi natijani qayd etgan Lyudovik Ajorkning natijasi ham chakki emas: uning Liga 1 doirasidagi 12 golidan 8tasi «Strasburg»ga g‘alaba keltirdi va jamoa mavsumni 5-o‘rinda yakunladi.

** Eng muhim to‘purar: Vissam Ben-Yedder («Monako») - jamoa gollarining 38,5 foizini amalga oshirdi;

** Eng sermahsul zaxira o‘yinchisi: Vissam Ben-Yedder («Monako») - 6ta gol.

Mbappedan boshqa futbolchiga nasib etgan dastlabki yuksak natija. Mavsumning hal qiluvchi bahor bosqichida qayd etilgan «Monako»ning 9 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasida Vissamning hissasi katta bo‘ldi. Knyazlik klubi hisobidagi 65 golning 25tasi - 31 yoshli faxriy hujumchining xizmatlari samarasi. Bu borada keyingi o‘rinni Liga 1 debyutanti - «Klermon» hujumchisi Muhammad Bayo band etdi. «Klermon» gollarining 36,8 foizi aynan unga tegishli.

Bundan tashqari, Ben-Yedder 6 marta zaxiradan maydonga tushganiga qaramasdan, gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Boshlang‘ich tarkibdan chetda qolgan yana 2ta uchrashuvda esa, 2ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Ya’ni, zaxiradan tushgan 8ta o‘yinda 8 ball to‘pladi. Ugo Ekitike («Reyms») va Seru Girassilar («Renn») jamoadoshlari o‘rniga maydonga tushgan o‘yinlarida 4tadan gol urishni uddalashdi.   

** Eng yaxshi darvozabon: Valter Benites («Nissa») - 37ta o‘yinning 14tasi «quruq» (37,8 foiz)

Argentinalik posbon o‘tgan mavsumga nisbatan sezilarli taraqqiyotga erishdi. Ya’ni, joriy mavsum 35ta gol o‘tkazib yubordi (o‘tgan mavsumda 53ta edi), 14 uchrashuvda darvoza daxlsizligini ta’minladi. Lekin bu Valterning rekord ko‘rsatkichi emas: 2018|2019 yillar mavsumida 16ta o‘yinda to‘p o‘tkazmagandi.

** «Temir o‘yinchilar»: Alban Lafon («Nant»), Predrag Raykovich («Reyms»), Aleksandr Nyubel («Monako»), Marko Bizot («Brest»), Joze Fonte («Lill») - mavsumning barcha uchrashuvlarida to‘liq to‘p surdilar.

Mazkur nominasiyada yoppasiga darvozabonlar qayd etilishi o‘ziga xos an’ana. Biroq joriy mavsumda «Lill» himoyachisi Joze Fonte bu an’anani buzdi. Faoliyati yakunlanib borayotgan portugaliyalik futbolchi to‘p surgan vaqti bo‘yicha (3420 daqiqa) rekord o‘rnatib, Chempionshipning 2011|2012 yillar mavsumida «Sautgempton» safida erishgan natijani takrorladi. Darvozabonlar xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, «Monako» vakilidan tashqari, qolgan barcha kiperlar o‘rtamiyona jamoalar vakillaridir.

** Eng yosh o‘yinchi: Matis Tel («Renn») - 16 yosh, 3 oy, 19 kunligida debyutini nishonladi.

Matis Liga 1dagi ilk uchrashuvini 2-tur doirasidagi «Brest»ga qarshi bellashuvda o‘tkazdi. O‘shanda murabbiy unga 5 daqiqa vaqt bergandi. Yigitcha keyinchalik yana 6 marta maydonga tushdi (eng ko‘pi 15 daqiqaga), ammo samarali harakatni amalga oshira olmadi.

** Eng keksa o‘yinchi: Eyzi Kavasima («Strasburg») - 38 yosh, 9 oy, 20 kunligida maydonga tushdi.

Kavasima o‘tgan mavsum 24 uchrashuvda «Strasburg» sharafini ichki chempionatda himoya qilgan bo‘lsa, bu yil faqat bir marta murabbiy unga ehtiyoj sezdi - 20-turda yaponiyalik posbon «Mes»ga qarshi maydonga tushib, darvozasi daxlsizligini ta’minladi, 5ta seyvi bilan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.

Kavasimaning shartnomasi yangi mavsum oxirida nihoyasiga yetadi. Shu sababli, Liga 1ning «bosh bobosi» rolidagi faoliyati davom etadi.

Manba: championat.com,

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:40, 10.06.2022. O'qildi: 10689 marta. Fikrlar: 31 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.