Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Paxtakor 4 9
4 Lokomotiv 4 7
5 Nasaf 4 7
6 Bunyodkor 4 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 4 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo
4-тур Neftchi 3-1 Lokomotiv
4-тур Nasaf 0-1 Surxon
4-тур So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

02/04/26 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04/26 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«MYU» va «Liverpul» talashgan futbolchilar beshligi. Ronaldu, Mane va boshqalar…

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» 22 yoshli urugvaylik futbolchi Darvin Nunyesni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy kurash olib bormoqda.

«Benfika»ning urugvaylik hujumchisi uchun kurashda mersisaydliklar g‘alaba qozonishi ehtimoli yuqori bo‘lsa-da, biroq o‘tmishda «MYU» bu borada yetakchi bo‘lgan.

Roberto Firmino

Braziliyalik hujumchi 2015-yilning yozida «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishga tayyor edi – «Qizil iblislar» «Xoffenxaym» bilan 13,1 million funt sterling evaziga kelishib olgan edi. O‘sha mavsumda Firmino 10 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan va, hatto, Manchesterda tibbiy ko‘rikdan o‘tish kuni ham belgilangan edi. Roberto 2015-yilgi Amerika kubogidan so‘ng Chilidan Angliyaga uchib ketishi kerak edi.

Biroq, «Yunayted» vakillari barcha hujjatlarni tayyorlanayotganda, «Liverpul» tomoni ishga kirishdi. Bosh direktor Yan Eyre agent Bobbi bilan uchrashdi va transfer summasini ikki baravar oshirdi. Firmino Angliyaga uchib keldi, lekin Manchesterga emas. U Klopp qo‘l ostida o‘zini har tomonlama ko‘rsata oldi va YECHL, APL, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Angliya kubogi, Liga kubogi hamda UEFA superkubogida zafar quchishgvha muvaffaq bo‘ldi.

Memfis Depay

Gollandiyalik futbolchi «Liverpul»da ham to‘p tepishi mumkin edi. «PSV» sport direktori Marsel Brands shunday degan edi: «Depay uchun kurashda «PSJ» va «Liverpul» haqiqatdan ham bir qadam oldinda edi, ular aniq takliflar bildirishdi. «Yunayted» bizga faqat ularning qiziqishlari haqida ma’lum qildi xolos.

Ammo tez orada Daniel Starrijning jarohati vaziyatni hal qildi. «Enfild» zudlik bilan markaziy hujumchini qidira boshladi va Depay varianti unutildi. «Manchester Yunayted» Memfisga shartnoma taklif qildi».

Sadio Mane

Firmino transferidan bir yil o‘tib, «Manchester Yunayted»ga o‘tishga «juda yaqin» bo‘lgan Sadio Mane xuddi shunday qarorga keldi. Joze Mourinyo «Qizil iblislar» boshqaruviga keldi va senegallik futbolchini shunchaki Depayning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rdi.

«Aytishim kerakki, men «Manchester Yunayted»ga o‘tishga juda yaqin turgandim. U yerda shartnomam bor edi. Men hamma shartlarga rozi bo‘ldim, bu uchun barcha narsa tayyor edi. Lekin Yurgen Klopp meni ishontira oldi va men «Enfild»ga o‘tdim», – deya eslaydi Mane.

Fil Jons

«Liverpul»ning 2010-yillardagi bosh murabbiyi Kenni Dalglish bir necha oy davomida «Blekbern» himoyachisini kuzatib bordi va, hatto, uning uyiga kelib, «Liverpul» jamoasiga o‘tishga ishontirdi, chunki raqobat jiddiy edi.

«Menga bir nechta klublardan takliflar bo‘lgan edi: «Liverpul» «Siti», «Chelsi»,«Liverpul», «Arsenal» va «Everton». Ser Aleks Fergyuson men bilan oxirgi marta gaplashgan odam edi. Men agentim bilan suhbatlashib, «MYU» bilan shartnoma imzolashni xohlashimni aytdim».

Ortga nazar tashlab, Jonsning jarohatlari va memlarga sabab bo‘lgan harakatlarini inobatga olsak, «Liverpul» rasmiylari o‘shanda futbolchini boy berganiga afsuslanmasa kerak.

Krishtianu Ronaldu

Ser Aleks Fergyuson 2003-yilgi mashhur o‘rtoqlik uchrashuvida Ronalduning nimalarga qodirligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi. O‘shanda «Manchester Yunayted» futbolchilarining o‘zlari Fergyusonni yosh portugaliyalikni qo‘lga kiritishga undagan. Biroq undan avval «Liverpul» Krish tez orada «Enfild»ga o‘tishi haqida kelishib olgan edi.

«Qizillar» bosh murabbiyi yordamchisi Fil Tompson bir yil oldin Lissabonda bo‘lgan va o‘sha paytda 4 million funt sterling miqdoridagi shartnoma muhokama qilinayotgan, «Sporting»ni esa bu summa qoniqtirar edi. O‘sha yillarda «Liverpul» bosh murabbiyi Jerar Ullier Ronalduning o‘yinini allaqachon kuzatib borgan, keyin esa rahbariyatdan noxush xabar olgan – Fergi Krishga 7-raqamni va’da qilgan va uni «ilib ketgan».

«Biz mashg‘ulot maydonchasida tushlik qilayotgan edik, birdan «Sky Sports»da «Manchester Yunayted» Krishtianu Ronalduni 12,2 million funtga sotib olgani haqidagi maqola paydo bo‘ldi. Jerrard va men ovqatdan bo‘g‘ilib qolishimizga sal qoldi. Esimda, Stiv o‘rnidan sakrab turib ketgan va nima bo‘lganini tushuna olmagan edi», – deydi Tompson.

Ser Aleks Fergyuson murabbiylikka saylangan kezlarda «Liverpul» Angliya chempionatining haqiqiy yetakchisi edi. Shu sababdan manchesterliklar «Enfild» egalariga dushman sifatida qaragan. Hozirda ikki jamoaning raqobati haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas, biroq «MYU» chempionlik poygasiga qaytishi uchun top-klublar e’tiboridagi futbolchilar xizmatiga muhtoj ekanini unutmaslikka majbur.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 19:09, 10.06.2022. O'qildi: 7139 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Нефтчи Alisher Odilov 2
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
9 Насаф Sharof Muhitdinov 2
10 Андижон Martin Boakye 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик