Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osimxenning shubhali transferi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Aftidan, «Lill» hujumchi Viktor Osimxenni 71 mln. evaziga «Napoli»ga sotayotganda firib ishlatgan ko‘rinadi.

Sud vakillari va iqtisodiy polisiya klub ofisi va bazasida tintuv o‘tkazishdi.

*** Prokuratura nigeriyalik forvardning narxi oshirilgani, bu esa «Lill» uchun nomaqbul moliyaviy oqibatlarni» keltirib chiqarganini ta’kidladi.

*** Tintuv jarayonida klub aktivlaridan «maqsadsiz foydalanilishi» bo‘yicha shubhali hujjatlar aniqlangan. «Aktivlardan maqsadsiz foydalanilishi bilan bog‘liq dastlabki ochiq tekshiruvlar doirasida seshanba kuni klub ofisida olib borilgan tintuvlar jarayonida aniqlangan hujjatlarni o‘rganish asnosida surishtiruv ishlari davom ettiriladi», - deyiladi bayonotda.

*** L~Equipe ma’lumotiga ko‘ra, «Lill» Osimxen uchun belgilangan 71 million yevrodan faqat 36 millionini qo‘lga kiritgan. O‘z navbatida, Fransiya klubi futbolchi sotilgan pallada yana to‘rt futbolchi - Orestis Karnezis hamda «Napoli» yoshlar jamoasining uch a’zosi: Klaudio Mansi, Chiro Palmyeri va Luiji Liguori uchun 20 million sarflagan. Ushbu uchovlon o‘sha payt Italiyaning uchinchi divizionidan yuqorida to‘p surishmagan - «Lill»da ham birorta o‘yinda maydonga tushishmagan. 35 yoshli Karnezis zaxiraga «mixlandi» va kubok bahslarida atigi bitta o‘yin o‘tkazgan (lekin u hozircha «Lill» tarkibida qolyapti).

*** To‘g‘ri, «Lill»ning hozirgi rahbariyati kelishuvda firib ishlatilishi bilan bog‘liq ayblovlarni inkor etmoqda. «Klub avvalgi rahbariyat tomonidan imzolangan bir nechta shartnomalar jabr­diydasiga aylandi», - de­yiladi klub bayo­notida.

«Lill» bo‘lib o‘tgan voqea­lar aybdori sifatida tal­qin qilinayotgan, hozircha nomi oshkor etilmayotgan shaxs bo‘­yicha shikoyat yo‘llagan. Katta ehtimol, gap klubning sobiq xo‘jayini Jerar Lopes haqida bormoqda. Ushbu funksioner Osimxenning transferi amalga oshishi hamono klubdan qutulib, «Bordo»ga o‘tib ketgan (to‘g‘ri, u yerda ishlari yurishmadi - klub elitani tark etdi).

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:30, 12.06.2022. O'qildi: 3676 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.