Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 07.02.2026 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Piza
      • 07.02.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Napoli
      • 08.02.2026 00:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Torino
      • 08.02.2026 16:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Parma
      • 08.02.2026 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Udineze
      • 08.02.2026 22:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 07.02.2026 01:00
      • Lids
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 07.02.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Tottenhem
      • 07.02.2026 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Aston Villa
      • 07.02.2026 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Sanderlend
      • 07.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vest Xem
      • 07.02.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Everton
      • 07.02.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Chelsi
      • 07.02.2026 22:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brentford
      • 08.02.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 08.02.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 07.02.2026 01:00
      • Selta
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 07.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Malyorka
      • 07.02.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Jirona
      • 08.02.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Elche
      • 08.02.2026 18:00
      • Alaves
      • -:-
      • Xetafe
      • 08.02.2026 20:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Levante
      • 08.02.2026 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Betis
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 07.02.2026 17:00
      • Indoneziya
      • -:-
      • Eron
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 23 55
2 Milan 23 50
3 Napoli 23 46
4 Yuventus 23 45
5 Roma 23 43
6 Komo 23 41
7 Atalanta 23 36
8 Lasio 23 32
9 Udineze 23 32
10 Bolonya 23 30
11 Sassuolo 23 29
12 Kalyari 23 28
13 Torino 23 26
14 Jenoa 23 23
15 Cremonese 23 23
16 Parma 23 23
17 Lechche 23 18
18 Fiorentina 23 17
19 Piza 23 14
20 Verona 23 14

O'tgan o'yinlar.

23-тур Lasio 3-2 Jenoa
23-тур Piza 1-3 Sassuolo
23-тур Napoli 2-1 Fiorentina
23-тур Kalyari 4-0 Verona
23-тур Torino 1-0 Lechche
23-тур Komo 0-0 Atalanta
23-тур Cremonese 0-2 Inter
23-тур Parma 1-4 Yuventus
23-тур Udineze 1-0 Roma
23-тур Bolonya 0-3 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

07/02/26 Verona - Piza
07/02/26 Jenoa - Napoli
08/02/26 Fiorentina - Torino
08/02/26 Bolonya - Parma
08/02/26 Lechche - Udineze
08/02/26 Sassuolo - Inter
09/02/26 Yuventus - Lasio
09/02/26 Atalanta - Cremonese
10/02/26 Roma - Kalyari
19/02/26 Milan - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi yoxud Leoda Benzemani mag‘lub etishning bir yo‘li bor. Qanday?

Baho:
+1 | -2
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Frans futbol - Oltin to‘p
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 Keling, Leo bu ro‘yxatdan nega joy olganligi va sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati bor yoki yo‘q ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Eslatib o‘tamiz, avval nomzodlar bir kalendar yili yakunlariga ko‘ra tanlab olingan bo‘lsa, endi Yevropa futbolidagi mavsum yakunlariga ko‘ra aniqlanadi. Ya’ni, eng yaxshilarni sentyabr-oktyabr oylari bilib olamiz.

Ikkinchidan, 2022 yildan boshlab “France Football” nashri jurnalistlar uchun ovoz berishlari kerak bo‘lgan qat’iy mezonlarni joriy qildi.

Qo‘llanmadagi to‘rtta asosiy band bor:

  1. Shaxsiy ko‘rsatkichlar va kuchli raqiblarga qarshi o‘yinni hisobga olish.
  2. Mavsumdagi rekordlar va individual yutuqlarni hisobga olish.
  3. O‘yinchining halol o‘yin tamoyillariga sodiqligini hisobga olish.
  4. O‘yinchining karyerasidagi oldingi yutuqlarini inobatga olmaslik.

Endi shu mezonlarga ko‘ra Messi va “Oltin to‘p – 2022” uchun asosiy da’vogar – “Real” hujumchisi Karim Benzemani solishtiramiz.

 

Individual ko‘rsatkichlar va kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlar

Benzema bu mavsumni yuqori darajada o‘tkazdi: La Ligada 27 gol + 12 golli uzatma (32 o‘yin), Ispaniya Superkubogining ikkita o‘yinida 2 ta gol va bitta golli uzatma, Chempionlar ligasi doirasidagi 12 uchrashuvda 15 ta gol va 2 ta golli uzatma. Jami - mavsumdagi 46 ta o‘yinda 44 ta gol va 15 ta golli uzatma. U o‘rtacha har bir o‘yinga 1,28 ta golda ishtirok etgan.

Messining statistikasi oddiyroq: Fransiya chempionatida argentinalik futbolchi 26 o‘yinda 6 ta gol va 15 ta golli uzatma muallifiga aylandi, Chempionlar ligasida esa 7 ta o‘yinda 5 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Leo Fransiya kubogida maydonga tushdi, lekin hech qanday foydali harakatlari bilan ajralib turmadi. Jami - 34 ta o‘yinda 11 ta gol va 15 ta golli uzatma. O‘rtacha - har bir o‘yinda 0,76 ta golda ishtirok etgan.

Yana bir muhim ko‘rsatkich - kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar. Jumladan, "Real Madrid" va "PSJ"ning milliy chempionatlaridagi kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlari (ya’ni, La Ligada 2-dan 4-o‘rinni va Liga 1da ikkinchi/uchinchi o‘rinlar), shuningdek, Chempionlar Ligasining barcha pley-off o‘yinlari kiradi.

Shunday qilib, Benzema uchun asosiy raqiblar: "Barselona" (ikki marta La Ligada va bir marta Superkubokda), "Atletiko", "Sevilya" (har ikki jamoa bilan ham La Ligada ikkitadan o‘yin), "PSJ", "Chelsi" va "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-offi, “Liverpul” bilan Chempionlar Ligasi finali va “Atletik” bilan Ispaniya Superkubogi finali.

Milliy chempionatda Benzema “Barselona” darvozasiga gol ura olmadi: u birinchi o‘yinda samarali harakat qayd etmadi, ikkinchi bahsni esa o‘tkazib yubordi. Ammo Superkubokda Karim “Barsa” darvozasini ishg‘ol qila oldi: Benzema Ter Shtegen darvozasiga gol urdi va Vinisiusning goliga assist berdi. Qolaversa, "Atletik"ga qarshi Superkubok finalida ham Benzema o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Benzemaning "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi statistikasi: bitta o‘yinda 1 ta gol (fransuz "Vanda Metropolitano"da mag‘lub bo‘lgan uchrashuvni o‘tkazib yubordi). "Sevilya"ga qarshi statistika: har ikki o‘yinda ham bittadan gol. Chempionlar ligasi pley-offi va finali - 7 ta o‘yinda 10 ta gol va 1 ta golli uzatma. Karim hisobidagi jami: 15 ta gol va 2 ta golli uzatma.

Messi quyidagi natijalarni qayd etgan: Liga 1da "Marsel" va "Monako" bilan ikkita o‘yin va Chempionlar Ligasi pley-offida "Real"ga qarshi ikkita o‘yin. Bu yerda biz Chempionlar ligasi guruhida "Manchester Siti" bilan ikkita uchrashuvni ham hisobga olamiz. Argentinalik “Monako”ga qarshi 1 ta uchrashuvni gripp tufayli o‘tkazib yuborgan. Qolgan yettita o‘yinda Messi 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Shu tariqa, u top jamoalarga qarshi 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Birinchi mezon doirasida Benzema yirik hisobda g‘alaba qozondi - 2:0 Karim foydasiga.

 

Rekordlar va individual yutuqlar

Benzema o‘tgan mavsum bir qancha rekordlarni yangiladi. Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan “Malyorka”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan Karim faoliyatidagi gollari sonini 413 taga yetkazdi va Fransiya futboli tarixidagi eng sermahsul futbolchiga aylandi. Ilgari Tyerri Anri faoliyati davomida 411 ta golga mualliflik qilgan va bu borada rekordchi edi.

Qolaversa, bungacha hech kim Chempionlar ligasining pley-off bosqichida mehmonda raqib darvozasiga 5 ta gol ura olmagan - Benzema buni uddasidan chiqdi. Karim 34 yosh-u 80 kunligida “PSJ” darvozasiga 3 ta gol urib, Chempionlar ligasining eng keksa xet-trik muallifiga aylandi.

Messi ham bir nechta rekordlarni qayd etdi, ammo juda oddiy natijalar. Argentinalik futbolchi Fransiya chempionatida ikki marta bir o‘yinda 3 tadan golli uzatma amalga oshirgan: bu “Sent-Etyen” va “Klermon”ga (6:1) qarshi o‘yinlarda qayd etildi. Ilgari hech kim bunday natijaga erishmagan.

Leo chempionat davomida 11 marta darvoza to‘sinini nishonga olgan - bu Fransiya chempionatining so‘nggi 13 yildagi rekordidir.

Messi yaqinda Argentina - Estoniya o‘yinidagi penta-trikini qayd etdi. Bir uchrashuvda 5 ta gol urish rekord emas, ammo shuni ta’kidlash mumkinki, Messi faoliyatida ikkinchi marta penta-trikka erishdi. O‘z navbatida Benzema hech qachon bir o‘yinda 4 ta gol urishni ham uddalamagan.

Shaxsiy yutuqlar haqida gap ketganda, Finalissima - Yevro g‘olibi va Amerika kubogi g‘olibi o‘rtasidagi yangi Superkubokni ham eslatib o‘tishimiz kerak. Messi Italiyaga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va Argentinaga kubokni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Roberto Manchini boshchiligidagi italiyaliklar “albiselesta”ga yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi – 0:3.

Aytgancha, keling, qo‘lga kiritilgan sovrinlar ro‘yxatiga qaraylik Mavsum oxiriga kelib, Benzema bir qancha sovrinlarni o‘ziniki qildi: Ispaniya chempionatining oltini, Ispaniya Superkubogidagi g‘alaba + Chempionlar ligasi bosh sovrini. Messi uchun hammasi oddiyroq: “PSJ” bilan Fransiya chempionati, Argentina bilan Finalissima.

Ikkinchi mezon bo‘yicha ham Benzema g‘alaba qozonadi. Birinchi kriteriya bilan birga hisob – 3:0 Karim foydasiga.

 

Barqarorlik va halol o‘yin

Futbolchining chempionatdagi barqarorligi yana bir muhim ko‘rsatkichdir. Bu borada ham Benzema ajoyib harakat qilmoqda: La Ligada Benzema faqat bir marta ikki o‘yindan iborat golsiz seriyani qayd etdi. Oktyabr oyida Karim "Barselona" va "Osasuna" darvozasiga yo‘l topa olmadi. Qolgan barcha vaziyatlarda Benzemaning golsiz seriyasi 90 daqiqadan ortiq davom etmadi.

Messi bu borada ham orqada. Afsonaviy argentinalik Parijga kelgan zahoti omadsiz o‘yinlar namoyish etdi. Uning Fransiya chempionatida “quruq seriyasi” 5 ta o‘yin davom etdi. Afsuski, so‘nggi yillarda argentinalik oldingi kabi o‘yin ko‘rsatmayapti. Endi Lionelning bor e’tiborini faqat Argentina o‘yinlariga qaratsa kerak, ammo klub darajasida biz Messining top-o‘yinlarini tobora kamroq ko‘ra boshlasak kerak.

Benzema va Valbuena

Halol o‘yin tamoyillariga ko‘ra, Messi Benzemani mag‘lub etishi mumkin. Bu argentinalikning yagona ustunligi. Hamma Karim bilan bog‘liq dahshatli janjalni eslaydi, u futbolchi Matye Valbuenaning shaxsiy videolari bilan bog‘liq holat. O‘tgan yilning noyabr oyida (bu 2021/22 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi) Versal sudi Benzemani Valbuenani shantaj qilishda aybdor deb topdi va uni bir yillik shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Shuningdek 75 000 yevro jarima to‘lashga ham majbur qildi.

Shundan so‘ng darhol Karimning advokatlari apellyasiya berish niyati borligini ma’lum qildi. Biroq, iyun oyi boshida, Benzema kutilmaganda hukmga rozi bo‘ldi.

Qanday bo‘lmasin, lekin Benzema uchun ovoz berishni istagan jurnalistlar dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida sudlangan jinoyatchini tanlayotganini tushunishadi. Balki, taklif etilgan ayrim mutaxassislar nazarida, bu bir (muhim!) salbiy fakt Benzemaning maydonda qilgan barcha ijobiy natijalaridan ustun bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, uchinchi mezon doirasida biz durang qayd etamiz: Karim uchun 0,5 va Lionel uchun 0,5.

Umumiy natija: Benzema uchun 3,5, Messi uchun 0,5 ochko.

Argentinalik futbolchining boshqa “Oltin to‘p” olish imkoniyati yo‘q, ko‘plab mutaxassislar buni ta’kidlashmoqda.

Shunday ekan, "Real Madrid" muxlislari xavotirlanishga hojat yo‘q. Bu yil "Oltin to‘p" yana "Santyago Bernabeu"ga keladi.

Mahmudov Jamshidbek tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:32, 12.06.2022. O'qildi: 29509 marta. Fikrlar: 348 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 13
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 8
4 Комо Anastasios Duvikas 8
5 Ювентус Kenan Yildiz 8
6 Верона Gift Orban 8
7 Милан Rafael Leau 7
8 Удинезе Kinan Devis 7
9 Интер Xakan Chalxanoglu 7
10 Болонья Rikkardo Orsolini 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.