Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yoshligida to‘yib ovqat yemagan, 17 yoshida futboldan ketmoqchi bo‘lgan hujumchi: “Liverpul” 100 million yevroni kimga sarfladi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tez orada "Liverpul" o‘z tarixidagi eng qimmat transferini e’lon qilishi kerak. "Benfika" rahbariyati allaqachon hujumchi Darvin Nunyesni ingliz klubiga 75+25 million yevro evaziga o‘tishi tasdiqladi. Faqat "Liverpul" rasman ma’lum qilishi kerak. Urugvayning chekka hududidan kelgan, 22 yoshigacha juda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan va dunyodagi eng yaxshi ligasida o‘ynamoqchi bo‘lgan yigitcha bilan tanishish vaqti keldi, chamamizda.

Cho‘qqiga olib boradigan qiyin yo‘l: Nunyes to‘yib ovqatlanmagan, mamlakatning eng qashshoq mahallasida yashagan va akasi tufayli professional futbolchi bo‘lgan

Artigas Urugvayning eng qashshoq hududi hisoblanadi. U mamlakat shimolida - Argentina va Braziliya bilan chegaradosh bo‘lgan nuqtada joylashgan. Bu yerda yashash juda qiyin. Mahalliy aholi asosan dehqonchilik bilan kun ko‘radi. Ko‘pincha, u yerda toshqinlar sabab uylar vayron bo‘lib ham turadi.

Darvin Nunyes aynan shunday sharoitda katta bo‘lgan. "Liverpul" o‘z tarixidagi rekord summani to‘laydigan yigitchaning faoliyati shu joydan boshlangan. Darvinning otasi qurilishda kuniga 8-9 soat ishlagan bo‘lsa, onasi xizmatkor, ba’zida esa ko‘chada yig‘ilgan shishalarni sotish bilan shug‘ullangan. Darvinning o‘zi katta akasi Junior bilan birga uy ishlarida yordam bergan va futbol o‘ynagan.

"Men ota-onamni bolaligimda men uchun qilgan barcha ishlari uchun yaxshi ko‘raman. Yegulik yetishmasa, onam bizga o‘zinikini berib, o‘zi hech narsa yemagan paytlar ham bo‘lgan. Ba’zan och uxlagan holatlar ham kuzatilgan, lekin ko‘pincha onam menga va akamga oxirgi ovqatini berib, o‘zi och qolgan. Men unga doim zo‘r futbolchi bo‘lganimda, unga yangi uy sotib olishimni aytardim”.

Shu darajaga yetdiki, Darvinni maktabdagi sinfdoshlari va o‘qituvchilari ovqatlantirardi. Kambag‘al ispan oilasidan bo‘lgan yigitchaga futbol ijtimoiy yuksalish uchun deyarli yagona imkoniyat bo‘lgan. Darvin va uning akasi xuddi shu yo‘ldan borishdi. Avvaliga, ular mahalliy "La Luz" klubi akademiyasida o‘ynashni boshlagan. Keyinchalik, yosh futbolchilarni poytaxt “Penyarol” skautlari payqab qolishdi.

Junior Nunyes Darvindan ham ko‘proq iste’dodli hisoblangan, ammo aka o‘z faoliyatini 17 yoshida tugatishga qaror qildi. Sababi, ularning ota-onasi Artigasda yordamga muhtoj edi. Junior ukasiga har qanday holatda ham futbolni tashlab qo‘ymaslikni, o‘zining ham orzusini amalga oshirishini, professional futbolchi bo‘lib, oilaga yordam berishini so‘radi.

Keyinchalik, Darvin ikkilanib qoldi. U katta shaharda o‘zini yolg‘iz his qildi. Ammo “Penyarol” skautlari bolaning iste’dodini ko‘rishdi, shuning uchun unga ko‘proq imkon bermoqchi ekanigini ma’lum qildi.

Darvin jarohatlar tufayli 1,5 yil o‘tkazib yuborgan, futbolni tashlamoqchi bo‘lgan va muvaffaqiyatsizlikdan qattiq xavotirda edi

Ammo hammasi tez tugashi mumkin edi. 16 yoshida Darvin oyog‘idan jiddiy jarohat oldi va olti oy davomida futboldan chetda qoldi. Uzoq vaqt tiklanishdan so‘ng u “Penyarol” safiga qaytdi va asosiy jamoa murabbiyi unga kattalar safida debyut qilish imkoniyatini berishga qaror qildi. Debyut “Atletiko River Pleyt”ga qarshi o‘yinda bo‘ldi. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Ammo o‘yindan so‘ng Nunyes maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etdi. Sababi, tizzasi yana chidab bo‘lmas darajada og‘ridi. Uning jarohati qaytalangan edi. Keyinchalik Darvin o‘sha paytda futbolni tark etish haqida o‘ylaganini, lekin uning akasi bunga qarshi chiqqanini aytdi.

“Mening akam — mening qahramonim. U menga futbolni kelajagim uchun tark etganini aytdi. U men uchun karyerasidan voz kechgan”, — deydi Nunyes

Nunyes ikki jarohatidan qutulishi uchun jami bir yarim yil vaqt ketdi. Ammo u taslim bo‘lmadi, safga qaytishi bilan yana asosiy tarkibda o‘ynadi va gol urishni boshladi. 2018 yilda “Penyarol” bilan mamlakat chempionligi va Urugvay kubogida, 2019 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi Janubiy Amerika chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shunday keyin Nunyes Ispaniya ikkinchi divizionida o‘ynaydigan "Almeriya" klubi skautlarining e’tiborini tortdi. Ispanlar futbolchi uchun 13 million yevro to‘ladi. Nunyes Segundaning 30 o‘yinida 16 ta gol urdi va Portugaliya chempionatiga yo‘l oldi.

"Benfika"dagi birinchi mavsum  ajoyib o‘tdi. Darvin 43 o‘yinda 12 gol va 13 assist muallifiga aylandi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, u ko‘plab tanqidlar ostida qoldi. Sababi esa urugvaylik forvard klubda borini berib o‘ynamagan.

Biroq, 2021/22 yilgi mavsum unda katta o‘sish kuzatildi — 28 o‘yinida 26 gol va 4 assist, Chempionlar ligasining 10 o‘yinida 6 gol (jumladan, "Barselona" va "Liverpul" darvozasiga dubl).

Darvin "Liverpul"ga nega kerak?

Nunyes o‘z o‘yinlari bilan transfer bozorida eng ko‘p muhokama qilingan futbolchilardan biri hisoblanadi. “Liverpul” Darvinning tezkorligi va ko‘p qirrali ekanligini tezda payqadi. Bu Yurgen Kloppning qarshi hujum taktikasi uchun mukammal futbolchi bo‘ladi. Bundan tashqari urugvaylik markaziy hujumchi jamoaning old chiziqdagi kamchiligini yopa oladi. Sababi, o‘tgan mavsum “qizillar”ning hujum markazida bir qancha muammolar bo‘lgan.

Asosiysi, Darvinning xarakteri bo‘lib, bu “Liverpul”ning transfer siyosatidagi muhim omil. Muvaffaqiyatlarga qaramay, Nunyes kamtarinligini yo‘qotmagan.

"Biz do‘konga bordik, Darvin mobil telefon sotib olmoqchi edi. U juda oddiy telefonni tanladi. Men undan nega yaxshisini olmoqchi emasligini, puli borligini so‘radim. U javob berdi: "Yo‘q, menga shu bo‘ladi. Bu telefondan odamlarga qo‘ng‘iroq qilsam yetadi", — deb eslaydi “Almeriya” yordamchi murabbiy David Badia

Kiritildi: 20:40, 13.06.2022. O'qildi: 10179 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик