Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining navbatdagi ishtirokchisi aniq bo‘ldi. OFK va KONMEBOL vakillari o‘rtasidagi mintaqalararo pley-off bosqichi doirasidagi o‘yin Dohada bo‘lib o‘tdi.
Avstraliya va Peru terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida "kengurular" g‘alaba qozonishdi. Tomonlar 6 martadan zarba berishdi. Avstraliyaliklarning bitta zarbani golga aylantira olishmagan bo‘lsa, Peruning 2ta zarbasi golga aylanmadi.
Shu tariqa, Avstraliya JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu jamoa Mundialda "D" guruhida Daniya, Fransiya va Tunis terma jamoalari qarshi bahslarda ishtirok etadi.