Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 06.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 1:3
      • Kristal Pelas
  • Superliga
      • 06.03.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 1:2
      • Dinamo
      • 06.03.2026 19:15
      • So‘g‘diyona
      • 0:2
      • Nasaf
      • 06.03.2026 19:30
      • Xorazm
      • 1:0
      • OKMK
  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • 2:1
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Udineze
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Rayo Valyekano 26 30
13 Sevilya 26 30
14 Jirona 26 30
15 Valensiya 26 29
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

07/03/26 Osasuna - Malyorka
07/03/26 Levante - Jirona
07/03/26 Atletiko - Real Sosyedad
08/03/26 Atletik Bilbao - Barselona
08/03/26 Vilyarreal - Elche
08/03/26 Xetafe - Betis
08/03/26 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03/26 Valensiya - Alaves
10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«PSJ»ning yutuqlari yaltiroq qog‘oz kabi. Jamoa nima uchun YECHLga asosiy da’vogar emas?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mbappe Leonardoni "PSJ"dan ketishiga sababchi bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi klubga yordam berdi deyish mumkin.

"PSJ"ning hozirgacha erishgan barcha muvaffaqiyatlari shayxlarning ajoyib boyligi bilan bog‘liq.

Xaotik transferlar "PSJ"ga xos xususiyatdir. Xuddi shu bahoni “Chelsi”ning yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgandan keyingi kelajagiga nisbatan ham aytish mumkin. Ya’ni parijlik sarmoyadorlar ancha yillardan beri yulduz o‘yinchilarni jamoaga taklif etish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Leonardodan oldin ham «PSJ» Ben Arfa, Draksler, Guyedesh, Xese, Chupo-Moting, Lassan Diarra, Krixovyak, Buffon va David Luisni jamoaga taklif qilgan, bunday qarorlar ma’nosini tushunish qiyin emas. Birgina Neymarning 222 million yevrolik transferi, uning maoshini hisoblagan holda futbolchi qancha o‘yinlarni o‘tkazib yuborgani va hal qiluvchi janglarda kamdan-kam hollarda qutqarib qoluvchi rolni bajargani klub xo‘jayinlarining boshqaruvchilik siyosatida yaxshi ishlamaganini anglatadi. Bu kabi muvaffaqiyatsizliklardan bir qanchasini sanab o‘tish mumkin.

Leonardo klubning ichki byudjetiga qarab istalgan futbolchini sotib olishi bilan bog‘liq noxush an’anasini davom ettirdi. Braziliyalik funksioner Messining transferi bilan maqtanib, Lionelni qarigan chog‘ida bir klubdan boshqasiga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi va bu ishidan mamnunligini bir necha bor yashirib o‘tirmadi. Ammo "PSJ" bu bilan to‘g‘ri ish qildimi? Klub uchun tarixdagi eng katta moliyaviy yo‘qotish bo‘lmagan, balki erkin agent bo‘lgan futbolchi jamoaga qo‘shildi. Ammo agar argentinalik yetarlicha ishonchni oqlay olmasa, bu butunlay sportdagi omadsizlik bo‘ladi. Afsonaning kiyinish xonasiga ta’siri haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Messida hozir bu xususiyat yo‘q.

Braziliyalik funksioner ishdan bo‘shatildi. Rahbariyat izohlarda haqli ravishda hazillashganidek, Leonardodan rosmana qutuldi. Ammo "PSJ"ning yangi sport direktori Kilian Mbappe atrofida o‘yin qurmasligi ehtimoli katta. Balki Zidanning Parij bosh jamoasi postiga kelmayotganining ham sababi shundadir. Zidan ko‘p yillar davomida parijliklar bosh murabbiyi bo‘lishdan qochdi, chunki u klubda boshqa professional mutaxassislar borligiga shubha qiladi.

Leonardo jamoani qanday qurishni bilmaydi. U klub sobiq murabbiyi Tuxel bilan yaxshi munosabatda emas edi. Tomas Chempionlar ligasi finalidan so‘ng ishdan bo‘shatildi. Nemis "Chelsi" bilan ushbu turnirda g‘alaba qozonganiga qaramay Leonardo yangi murabbiyga ehtiyoj seza boshladi. "PSJ" Pochettinoga yuzlandi. Ular katta sovrinlar uchun kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan murabbiyni jamoaga taklif qilishdi. Lekin natijani ko‘rib turibsiz. "PSJ"ning shu paytgacha yutib kelayotgan kuboklari pul ortidan qo‘lga kiritilgan, Leonardoning yordami bilan emas.

Leonardo hujumchi qidirayotgan edi - u Ikardiga pul tikdi. Darvozabon qidirayotgandi – Donnarumma katta summa evaziga olib kelindi. Biroq Navasning yorqin seyvlari misolida uni o‘tgan mavsumning eng omadsiz transferlaridan biri deyish mumkin. Diallo, Guye va Sarabiya "PSJ"ni kutilganidek kuchli qila olishmadi. Florensi, Rafinya va Danilo ham shular qatorida. O‘tgan yili klub siyosatida to‘laligicha pul hukmronlik qildi. Veynaldum "Barselona"ga bormadi. Ramos "PSJ"ni tanladi, chunki sharoitlar "Real"nikidan yaxshiroq. Milandan kelgan darvozabon Jiji Dollarumma laqabini oldi – buning sababi barchaga tushunarli.

Messi Parijga o‘zidan o‘zi, ushbu shaharga bo‘lgan muhabbati uchun kelgani yo‘q. Leonardo behuda maqtanmoqda. Uning qo‘l ostida Parij klubi nima uchun umuman daromad olmaganini tushunish qiyin emas. Klubsiz qolgan Xese, Kavani, Chupo-Moting, Tiago Silva, Nyanzu va Menye tekinga boshqa jamoalarga yo‘l oldi. Endi navbat Di Mariyaga. "PSJ"da kelasi mavsum Chempionlar ligasi finaliga chiqadigan yaxlit jamoa yo‘q. Ayni holat buni ko‘rsatib turibdi.

Leonardo faqat so‘zda maqtana oladi xolos. Unga o‘xshash funksionerlar kuchli klublarda ham mavjud. Masalan, Vudvordning "Manchester Yunayted"dagi, Paratichining "Tottenxem"dagi xasis siyosatini yaxshi eslaysiz. "Barselona"ning sobiq direktori Abidal ham maqtanishdan boshqa aytarli ishga qo‘l urmagan. «Manchester Yunayted» mana endi moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lib qoldi, ammo turnir jadvalidagi mavqeyini hali ham yaxshilay olgani yo‘q. "Barselona" esa "Real Madrid"dan borgan sari ortda qolib ketmoqda. Biz faqat natija bo‘yicha gapirmayapmiz. Jamoa Yevropa ligasida g‘alaba qozona olmadi va  ayni dam byudjetda 500 millionlik kamomad mavjud. Shunday ekan, zaif sport direktori - bu butun futbol oilasi uchun qayg‘u.

"PSJ"ning vazifasi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish va ular katta yulduzlar bilan qanday ishlashni uncha yaxshi bilmaydigan murabbiyni har safar jamoaga taklif qilaverishadi.

Har qanday rahbar rostan kuchli bo‘lsa, "Liverpul"dagi Edvards kabi hamma narsani o‘z vaqtida tartibga solib turadi. Aksincha, kuchsiz menejer odatda murabbiy topishda qiyinchilikka uchraydi. Pochettino varianti o‘zini oqlamadi, Tuxel keraksiz paytda qo‘yib yuborildi. Kuchli mutaxassis tashqi vositachilarning tizginni burib yuborishiga yo‘l qo‘ymaydi, Messi, Ramos shartnomalari, endi Mbappe bilan bo‘lgan tushunarsiz kelishuv kelajakda klubga albatta ta’sir qilmay qolmaydi. Leonardo bunga yorqin misol.

"PSJ" Leonardosiz u bilan bo‘lgandan ko‘ra yaxshiroq yo‘ldan ketadi. "PSJ"dagi shayxlar o‘z rejalari bo‘yicha hali to‘liq muvaffaqiyatga erisha olishmadi. Bunga sabab ular ko‘pincha noto‘g‘ri odamlarga ishonch bildirishmoqda.

Kiritildi: 16:09, 20.06.2022. O'qildi: 1936 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.